2.1 O’zbekiston cho’l mintaqasining tuproq-iqlim sharoitlari Hudud iqlimi qishning sovuq bo’lishi va yozning jaziramaissiq bo’lishi bilan tafsiflanadi. Eng sovuq oylar yanvar va fevral oylari xisoblanadi. Yanvarning o’rtacha ko’p yillik harorat -28 gradusni tashkil etadi. Bahor oylari cho’l sharoiti bilan deyarli bir hil bo’ladi. Aprel oyida harorat +20,5 gradus gacha ko’tariladi. Bahorgi so’ngi sovuqlar mart oyining oxirgi, ba’zan aprel hattoki mart oyi o’rtalariga to’g’ri keladi. Yoz oylarida jazirama issiq ko’p bo’ladi. Yuqori harorat iyul oyiga to’g’ri keladi. O’rtacha +28,5 ni tashkil etadi. Yozda haroratning sutkalik o’zgarishi amplitudasi 12-24 gradus ga teng bo’ladi. Harorat o’zgarishining yuqori amplitudasi oy, mavsum va yil davomida ham kuzatiladi. Hududdayoz mavsumi birmuncha qurg’oqchil bo’ladi. Kuzgi birinchi sovuqning tushishi oktyabr 2- dekadasiga to’g’ri keladi. Havo haroratining oylar bo’yicha o’zgarib borishi ma’lum tendensiya asosida sodir bo’ladi. Hudud yog’ungarchilik miqdori oylar bo’yicha tekis taqsimlangan. Atmasfera yog’inlarning asosiy qismi qish va bahor oylariga tushadi. Yoz mavsumida deyarli yog’ingarchilik bo’lmaydi. Hattoki ko’p yillik kuzatish natijasida aniqlanganki iyul-avgust oylarida yog’ingarchilik miqdori 260 mm ni tashkil etadi. Lekin bu miqdor yog’ingarchili ko’p bo’lgan yillarda 360mm gacha yetishi yog’ingarchilik kam bo’lgan yillarda 150 mm gacha tushishi kuzatilgan. Havoning nisbiy namligi havo harorati va yog’ingarchilikning oylar bo’yicha taqsimlashga bog’liq holda o’zgaradi. Shuning hisobiga olgan holda havoning nisbiy namligi 47-65% atrofida bo’ladi. Kuz davride esa bu ko’rsatgich 0% ni tashkil etadi, yoz oylarida nisbiy namlik minial darajaga tushadi va 30-32%ni tashkil etadi. Hududning o’rtacha ko’p yillik nisbiy namlik 56% ga teng. Shamol rejimi hududda asosan janubiy g’arb va shimoliy sharq tamonlardan esadi. Bu tomonlardan esadigan shamollar miqdori yillik shamol esishining 67-70% ni tashkil etadi. Shamol nisbatan sharq va janub tamonlardan kam esadi uning miqdori atiga 5-6 % ni tashkil etadi. Cho’l mintaqasi tuproqlarining asosiy xususiyatlari – ulardagi gumus miqtorining kumligi yuqori karbonatligi, sho’rlanishning keng tarqalganligi, joylarda sho’rxok va gipslashganligidir.