Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni o‘lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
Bolalarga shartli o‘lchovlarni o‘rgatishdan oldin o‘lchovning aniq chiqishiga yordam beradigan quyidagi qoidalarni tushintirish lozim:
Hap doim o‘lchovni eng chekkadan boshlash kerakligi haqida.
O‘lchovning oxirini belgilab qo‘yish kerakligi haqida.
Predmetning uzunligini o‘lchash vaqtida o‘lchov chapdan o‘nga qarab, eni bilan bo‘yini o‘lchagan vaqt o‘lchov yuqoridan pastga qapab olinishi haqida.
Keyingi o‘lchovni oxirgi belgi qo‘yilgan joydan boshlash kerakligi haqida.
O‘lchov olayotgan vaqtda albatta uning sonini sanash kerakligi haqida.
Bolalarni uzinlikni o‘lchashga o‘rgatish vaqtida o‘lchovni soniga qarab, tasmalarning uzunligini o‘lchash yoki chiziqchalarda ramka chizishni taklif qilinadi.
Kundalik hayotda olib borgan maxsus mashg‘ulotlar davomida bolalarni uzunlik o‘lchashni, turli usullarini o‘rganib oladilar. Enini o‘lchashga o‘rgatish vaqtida bolalarga o‘lchovni predmetning kundalangiga qarab qo‘yganligini tushintirishning o‘zi kifoya. Predmetning uzunligi va enini o‘lchash vaqtida olgan ko‘nikmalarini balandlikni o‘lchash vaqtida qo‘llaydilar, shuning uchun bu o‘lchovni olishda qiynalmadilar va birinchi mashg‘ulotdayoq o‘lchovni to‘g‘ri ola boshlaydilar.
Tajriba va kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, 6— 7 yoshli bolalar uzunlikni o‘lchashni to‘la egallash qobiliyatiga egadirlar.
Turli narsalarni o‘lchay olishga o‘rgatish bolaning aqliy taraqqiyotiga katta ta’sir qiladi. Shuning uchun bog‘chaning katta tayyorlov gruppalarida olib borgan ta’lim-tarbiyalari natijasida ularga uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash, suyuqliklarning sig‘imini o‘lchash va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishtirib borish kerak. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish
Tushuncha - bu predmetlar va hodisalarni ba’zi bir muhitni alomatlariga ko‘ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son, miqdor, kesma, to‘g‘ri chiziq va hokazo. Alomat (belgi) esa predmet yoki hodisalarning birbiriga o‘xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir. Predmetlar deganda ob’ektlar nazarda tutiladi. Odatda, ob’ektlar ma’lum muhim va muhim bo‘lmagan xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu ob’ektga tegishli va bu xossasiz ob’ekt mavjud bo‘la olmaydigan xossalarga aytiladi. Ob’ektning mavjudligiga ta’sir qilmaydigan xossalar muhim bo‘lmagan xossalar hisoblanadi. Ob’ekt nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari mavjud bo‘lsa, u holda bu ob’ekt haqida tushuncha mavjud deyiladi. Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga ega bo‘ladi. Ob’ektning barcha muhim xossalari birgalikda tushunchaning mazmunini tashkil etadi. Bir xil muhim xossalarga ega bo‘lgan ob’ektlar to‘plami tushuncha hajmini tashkil etadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha bilan nomlanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar to‘plami ham ekan. Matematik tushunchalar o‘z navbatida insoniyat to‘plagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi, lekin real ob’ektlarning ko‘pgina xossalaridan ko‘z yumgan holda ularni ideallashtirish natijasida hosil bo‘ladi. Matematik tushunchalarni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikani o‘rgatishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o‘z navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o‘rganish kabi vazifalarni bajarish orqali yechiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |