MUNADARIJA
Kirish
1 bob. “Engil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlantirish” muammosining nazariy va amaliy asoslari
1.1. Muammoni ilmiy metodik, pedagogik, psixologik adabiyotlarda yoritilishi
1.2. Dizartriyali bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar
II bob. Yengil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlanganlik darajasini eksprimental o‘rganish
2.1. Yengil dizartriyali bolalar nutqini tekshirish metodikasi
2.2. Dizartriyali bolalar monologik nutqini tekshirish natijalari
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar
III Bob. Yengil dizartriyali bolalarda monologik nutqni rivojlantirish
3.1. Yengil dizartriyali bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning tamoyillari, vazifalari, tashkil etilishi va mazmuni
3.2. Yengil dizartriyali bolalarning monolog nutqini rivojlantirish bo'yicha korreksion-logopedik ishlarning mazmuni
3.3. Ta’limiy eksperimentning natijalarini tahlil qilish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
Muammoning ishlanganlik darajasi: bolalarni har tomonlama tarbiyalashda nutqning o‘rni‚ muloqot madaniyati, nutqni rivojlantirish masalalari Markaziy Osiyo mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino‚ Abu Nasr Farobiy‚ Abu Rayhon Beruniy‚ Alisher Navoiy‚ Yusuf Xos Xojib kabi mutafakkirlar‚ Abdulla Avloniy‚ Fitrat‚ Mahmudxo‘ja Behbudiy [10,50,48,51] kabi jadidchilarning asarlarida alohida ta’kidlangan.
Dizartriyadagi maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni ritmik tashkil etishni to'g'rilash uchun logopediya texnologiyalarini joriy etish masalasi Yu.O.Filatova1, N.N.Goncharova2, va E.V.Prokopenko3 dizartriyali bo'lgan bolalarning og'zaki monologik nutqini shakllantirishning umumiy kontekstida prosodikani rivojlantirish masalasi S.G.Shcherbak4 tomonidan ko'rib chiqilgan.
Dizartriyani tasniflash, logopedik tekshirish va korreksion ish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha A.Kussmaul, M.E.Xvatsev, K.A.Semenova, O.V.Pravdina, L.A.Danilova, Ye.M.Mastyukova, Ye.F.Arxipova, Ye.N.Vinarskaya va boshqa olimlar tadqiqot ishlarini o‘tkazganlar. Dizartriyaning yengil shakllari va ularni funksional dislaliyadan farqlash usullari Ye.F.Sobotviya, A.F.Chernopolskaya, R.N.Martinova ishlarida yoritib berilgan. Yengil dizartriyali bolalarda nutqining fonetik–fonematik tomonidan rivojlanmaganligi va bunday kamchiliklarni bartaraf etish tizimi M.V.Ippolitova, L.V.Lopatina, N.V.Serebryakova va boshqa olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
G. Gutsman, O. V. Pravdina asarlarida,L. V. Melekova, O. A. Tokareva, I. I. Danchenko, R. I. Martynovalarning ilmiy asarlarida yengil dizartriya o'z ko'rinishlarida murakkab dislaliaga juda o'xshashligini ta’kidlaydilar va maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlarida diagnostika, differentsiatsiya, o‘qitish hamda tarbiyalash‚ monologik nutqini rivojlantirish kabilar nazariy jihatdan yoritilgan. X.Bobomirzaev‚ U.Rajabovlarning [51] dissertatsiyalarida tayyorlov guruhi bolalarini xalq og‘zaki ijodini o‘rganish asosida tarbiyalash va monologik nutqini rivojlantirish muammolari pedagogik jihatdan ishlab chiqilgan.5
Yuqorida aytib o‘tilganlardan ma’lum bo‘lishicha, dizartriyali bolalar monologik nutqini ilmiy jihatdan O‘zbekistonda o‘rganilgan maxsus ishlar yo‘q. Aynan shu mavzuni dolzarb deb olishimizga, shu toifa bolalarning nutqiy nuqsonlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot ishlari, metodik tavsiyanomalar, nutqiy nuqson tuzilishini hisobga olgan holda korreksion – logopedik ish tizimining yo‘qligi sabab bo‘ldi. Shuning uchun biz maktabgacha tarbiya yoshidagi dizartriyali bolalar nutqining lug‘at tomonini mukammal tashxis qilish metodlarini va korreksion ish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus tadqiqot o‘tkazishni dolzarb masala deb bildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |