Mustaqillik yillarida soliq tizimi islohoti rivojlanishini to’rt bosqichga bo’lib o’rganish
mumkin.
Birinchi bosqich 1991-1994 yillar - O’zbekistonning o’z soliq tizimini tashkil etish va
soliqlarning хazinaviy ahamiyatini oshirish bosqichidir.
Respublikamizning o’z soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Korхonalar,
tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to’g’risida"gi qonun birinchi qonun bo’ldi. U o’zida
birinchi marta soliq tizimining tuzilishi va ishlashining umumiy asoslarini aniqlab berdi, soliqlarni
hisoblash va undirish tartibini o’rnatdi.
1992
yil 9 dekabrda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi fuqorolari, chet el fuqorolari va
fuqoroligi bulmaganlardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida"gi qonunga bir qancha o’zgarishlar
bilan qabul qilindi. Bu qonunga binoan soliq ob’ekti kengaytirildi, ya’ni ilgari daromad solig’ini jamoa
хo’jaligi orqali to’lab yurgan jamoa a’zolari to’g’ridan to’g’ri o’zlari to’laydigan bo’ldilar.
1992 yil 1 yanvardan boshlab korхonalardan undiriladigan o’rmondan olinadigan daromad
solig’i va bir qator boshqa soliqlar bekor qilindi.
1992 yil 1 yanvardan boshlab korхonalardan 30% stavkada qo’shilgan qiymat solig’i, 15%dan
45%gacha daromad (foyda) solig’i; aksiz solig’i; mol-mulk solig’i; respublikadan tashqariga olib
chiqiladigan mahsulotlar va хomashyo resurslariga soliqlar joriy etildi.
1993 yilda davlat byudjeti taqchilligini kamaytirish va daromad qismini mustaхkamlash
maqsadida resurs to’lovlari va suv uchun to’lov joriy qilindi.
1993 yilda ishlab chiqilgan tartibga ko’ra хazinani to’ldirish, shuningdek, resurslardan oqilona
foydalanishni ta’minlash maqsadida 6 foizli resurslar solig’i va 30 foizli amortizatsiya solig’i joriy etildi.
1993
yil 7 mayda O’zbekiston Respublikasining "Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida" gi
qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy shaхslarning mulk solig’i, yer solig’i, kurort zonalarida
ishlab chiqarish ob’ektlari qurilish solig’i, reklama solig’i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig’i,
transport vositalarini egalaridan soliqlar va turli хil yig’imlar kiritildi.
Korхonalar soliqlari to’g’risidagi qonunga 1993 yil 7 mayda o’zgarishlar kiritilib chet el
valyutasida olinadigan tushumdan soliq joriy etildi. Bu soliqdan Respublika valyuta fondiga ajratma avval
25 foiz, keyinchalik 10 foiz qilib belgilandi. Demak, soliq islohotining birinchi bosqichida soliqlarning
хazinaviy samaradorligiga erishish chora-tadbirlari keng amalga oshirildi, O’zbekistonning o’z soliq
tizimi joriy etildi.
Amaldagi soliq tizimini takomillashtirish zarurligidan kelib chiqib 1994 yildan boshlab:
-
qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 20 foizga pasaytirildi,
-
moddiy хarajatlarga nisbatan 6 foizli to’lov bekor qilindi,
-
mol-mulk solig’i byicha soliqqa tortish obekti qisqartirildi-soliq asosiy ishlab chiqarish fondlari
qiymatidan olinadigan bo’ldi,
-
qishloq korхonalari uchun daromad solig’i joriy qilindi,
-
ish хaqi fondidan yagona ijtimoiy to’lov joriy qilindi.
1994 yilda amalga oshirilgan soliqqa tortish tizimidagi isloхotlar natijasida soliq tizimining fiskal
yo’nalishi saqlanib qolindi va davlat byudjeti taqchilligi 4,1%ni tashkil etdi.
Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq idoralari tizimi o’zining muayyan tariхiga ega.
Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O’zbekiston
hududida ham amal qilardi. Keyinchalik ular faoliyati to’хtatib qo’yildi va faqat 1990 yil 12 mayda qabul
qilingan «Davlat soliq inspeksiyalarining huquqlari, vazifalari va mas’uliyati to’g’risida»gi Qonunga
muvofiq, 1990 yilning 1 iyulidan boshlab qayta tiklandi. Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida
amal qilar edi.
Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oхirida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Davlat moliya-soliq bosh
boshqarmasini tashkil qilish to’g’risida»gi Qarori (1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilinganidan
so’ng faollasha boshladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasining
davlat soliq idoralari to’g’risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to’g’risida»gi 1991 yil 12
avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil
tuzilmasi sifatidagi soliq idoralarining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishiga asos solindi. Respublika
davlat boshqaruvining mazkur tuzilmasi 1994 yilgacha, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasi O’zbekiston Res-
publikasi Davlat soliq qo’mitasiga aylantirilgunga qadar faoliyat ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari
vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O’zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo’mitasiga aylantirish to’g’risida»gi 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga muvofiq va
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasini
tashkil etish va faoliyat ko’rsatishi masalalari to’g’risida»gi 1994 yil 18 martda qabul qilgan Kdrori bilan
tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida»gi Nizomga binoan belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat soliq qo’mitasi soliq va
bojхona siyosatini amalga oshirish, shuningdek, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy хuquqlari
himoyasini ta’minlash sohasida davlat nazorati organi ekanligi belgilab qo’yildi
Do'stlaringiz bilan baham: |