personal kompyuter, videoproektor va interaktiv doska.
Bunda kompyuterga ham videoproektor qurilmasi ham elektron interaktiv doska ulanadi.Dastlab maxsus kAbel yordamida interaktiv doska kompyuter USB portiga ulanadi. So‘ngra videoproektor qurilmasi kompyuterga ulanib interaktiv doskaga moslanadi
-jio|yr"f?^232 nopT ni^aHnyi
USB
npoeKTop
Bunda ma’lumotlarning siklik aylanishi hosil bo‘ladi. Elektron doskadan boshqaruv komandalari kompyuterga kelib tushadi. Kompyuter o‘z navbatida ko‘rsatilgan amalni
bajarib videoproektor qurilmasiga uzatadi. Videoproektor qurilmasi esa kompyuter xotirasidagi o‘zgarishni elektron doskada tasvirlaydi
Elektron doska uskunalar paneli
Har bir elektron interaktiv doska foydalanuvchiga qulayliklar yaratish uchun o‘zining uskunalar paneliga ega hisoblanadi. Uskunalar panelidan foydalanish uchun avvalo elektron doska dasturini ishga tushirish lozim.
Buning uchun ish stolidagi elektron doska dasturi yorlig‘iga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan ikki marta bosing
Kirish oynasidan Voyti tugmasini bosing
Shundan so‘ng elektron doska dasturi ishga tushirilib ekranda uning uskunalar paneli paydo bo‘ladi
Uskunala panelini zarur bo‘lgan hollarda xalaqit bermaslik uchun yig‘ib qo‘yish yoki aksincha foydalanish uchun ochish mumkin.
Uskunalar paneli yig‘ish uchun uning sarlavha satriga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan ikki marta bosing
Uskunalar paneli ochish uchun esa uning sarlavha satriga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan yana qayta bosing bosing
Yon tomondagi ko‘rsatkichli tugmalarni bosish orqali panelni osongina bir tomondan ikkinchi tomonga joylashtirish mumkin.
Bundan tashqari panelni uning sarlavha satridan sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tutgan holda ekranning extiyoriy joyiga joylashtirish mumkin.
SHunday qilib elektron doska uskunalar panelini o‘zingizga qulay joyga joylashtirib olishingiz mumkin.
Boshqarish rejimi
Elektron doskaning ruchkasidan kompyuter sichqonchasi kabi boshqaruv amallarini bajarishda foydalanish mumkin, masalan dasturni ishga tushirish yoki yopish va x.k.
Buning uchun ruchka yordamida uskunalar panelidagi sichqoncha belgili tugmani bosing. SHundan so‘ng ruchka boshqaruv rejimiga o‘tadi.
Ushbu darsimizda dasturlarni ishga tushirish, papkalarni ochish va yopish amallarini ko‘rib chiqamiz
Ruchka bilan Pusk tugmasini bosing
Paydo bo‘lgan menyu bo‘limlaridan Bloknot dasturini tanlang
Dasturni yopish uchun Zakrit tugmasini bosing
Ruchka bilan Moi dokumenti papkasiga ikki marta bosish orqali papkani oching
Ro‘yxatdan, hujjat fayliga ruchka bilan ikki marta bosing
Hujjat va papkani yopish uchun ruchka bilan ularning yopish tugmalarini bosing
Shunday qilib ruchka yordamida barcha amallarni bajarish va jarayonlarni boshqarish mumkin.
Oynali rejim
Elektron doskada biror materialni yoritish va amalga oshirilgan xarakatlami saqlab qo‘yish uchun dastlab doska dasturini faollashtirish va unda yangi bo‘sh oyna ochish lozim.
Buning uchun ruchka yordamida uskunalar panelidan Okonniy rejim tugmasini bosing. Shundan so‘ng elektron doska dasturi faollashib unda yangi bo‘sh oyna paydo bo‘ladi. Endi ruchka yordamida chizish va yozish mumkin. Dastlabki rejimga qaytish uchun ruchka yordamida dastur uskunalar panelidan sichqoncha belgili tugmani bosing. SHu tariqa keltirilgan tugmalar yordamida rejimlarni almashtirish mumkin.
To‘lik ekranli rejim
Biror material bilan ishlash jarayonida faqatgina elektron doska uskunalar panelidan foydalanish uchun to‘lik ekranli bo‘sh oyna yarating Buning uchun ruchka yordamida elektron doska uskunalar panelidan Polnoekranniy rejim tugmasini bosing. Shundan so‘ng ekranda bo‘sh sahifa paydo bo‘ladi va Siz ish jarayoningizni boshlashingiz mumkin. Dastlabki rejimga qaytish uchun ruchka yordamida uskunalar panelidan sichqoncha belgili tugmani bosing Shunday tartibda yangi sahifalar ochish va unga ma’lumotlarni kiritish mumkin
Nazorat uchun savollar
Multimediya nima?
Multimediyaning imkoniyatlari, amaliy dasturlari?
Multimediyaning apparat, instrumental va dasturiy vositalarini nimalar tashkil etadi?
Elektron doska xaqida ma’lumot?
Elktron doskaning imkoniyatlari
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |