Multimediali darslarni tashkil etish


TA'LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI



Download 117,49 Kb.
bet4/9
Sana17.05.2021
Hajmi117,49 Kb.
#64863
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
elektron va onlayn o'quv resurslarini yaratish usul va vositalari

TA'LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI

QO`LLASH
Axborot obyektlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir. Olingan

axborotlar belgili, matnli va grafikli ko`rinishda ifodalanadi. Belgili ko`rinishdagi axborot asosan harflar,raqamlar, belgilar ko`rinishidan iborat bo`ladi. Undan turli hodisalar haqida murakkab bo`lmagan signallarni uzatish uchun foydalaniladi.. Jahonda juda ko`plab kitoblar, jurnallar, gazetalar matnli ko`rinishda chop etilmoqda. Axborotni tasvirlashning juda katta va murakkab ko`rinishi grafikali ko`rinish hisoblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko`rinishi,fotografiya, chizmalar, sxemalar va rasmlar kiradi.

XX asrning 70-yillarida mikroprotsessor texnologiyasini kashf etilishi va shaxsiy

kompyuterlarning hayotimizga keng kirib kelishi, yangi axborot inqilobini vujudga

keltirdi. Bu inqilob yangi soha hisoblanmish, ya'ni bilimlarni ishlab chiqish uchun yangi texnologiyalar,uslublar, kompyuter vositalarini ishlab chiqarish bilan bog`liq axborot sanoatini rivojlanishini ilgari surmoqda. Axborot texnologiyalari, xususan telekommunikatsiyaning barcha turlari axborot sanoatiningeng muhim tarkibiy qismlaridan biridir.

Axborot texnologiyasi - obyekt, jarayon va hodisaning holati haqidagi yangi sifat

axboroti olish uchun ma'lumotlar yozish, ishlov berish va uzatishning vosita va uslublarning jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.

Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon

olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni

odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni axborotlashtirishning yuqori darajasini ta`minlashga imkon beradi.

Jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo'lmog'i lozim.

Axborotlashtirilgan jamiyat - jamiyatning ko'pchilik a`zolari axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga

oshirish bilan band bo'lgan jamiyatdir.Axborotlashgan jamiyatga konpyuter va telekommmunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.

Zamonaviy axborot texnologiyasi komyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Hozirda kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan unumli foydalanishga qaratilgan axborot jamiyatining rivojlanishiga turtki bo`ldi. Bu jamiyatda ko`pchilik ishlovchilar axborot, uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, ishlov berish va amalga oshirish bilan band bo`ladilar. Axborot jamiyatida kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbalaridan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotga ishlov berishni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o`zgaradi. Jami faoliyat mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste'mol etishga yo`naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborot jamiyatida tafakkur, bilimlar ishlab chiqariladi va iste'mol etiladiki, bu holatlar aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Har bir insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladiki,natijada bilimlarga bo`lgan ehtiyoj yanada oshadi. Ushbu jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari,telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida eng muhim tushunchalardan biri axborot zahiralari hisoblanadi.


Axborot zahiralari - alohida hujjatlar, axborot tizimlari, ya'ni kutubxona, arxiv, fond,

ma'lumotlar banklari, shuningdek boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar to`plamidir.

Ta`limni axborotlashtirish esa quyidagilarga imkon beradi:

ta`lim tizimini avtomatlashtirilgan ma`lumotlar bazalari yordamida boshqarish,

axborot vositalari va texnologiyalari bilan ta`minlash;

ta`lim va tarbiyaning mazmuni, metodlari va mazmuniy shakllarini tanlash

metodologiyasinitakominlashtirish;

ta`lim oluvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularda mustaqil axborot izlash,

tajribalar o'tkazish, tadqiqotlar olib borish qobilyatini shakllantirishga yo`naltirilgan metodikalarni yaratish;

ta`lim oluvchilarning bilim darajasini obyektiv, tizimli va tezkor nazorat qilish va

baholashga imkon beruvchi testlar va diagnostik metodikalarni ishlab chiqish;

ta`lim oluvchilarning salohiyatini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash,

axborotlarniqayta ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o'qitish tizimlarini yaratish.
Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an'anaviy va original turlari asosida o`quv materiallarini o`quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko`rinishidir. Multimedia hozirda juda tez gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo`lib, u quyidagilarni o`z ichiga oladi: an'anaviy axborot turlari, ya'ni matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari, ya'ni nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya (ob'ektlarning fazodagi harakati) ko`rinishidagi axborot turlarini bir dasturiy mahsulotda mujassamlashtirilganligi;

video va audio axborotlarini kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uning markaziy

protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o`tkazish qobiliyati,

operativ va video-xotira, katta hajmli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish

kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;

“Inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasini ta'minlanishi.

Bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. Ta'lim jarayonida multimedia vositalari yordamida darslarning samaradorligini

oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda

o`qitishning bu usulini ta'lim sohasining barcha yo`nalishlari bo`yicha tadbiq qilinmoqda. Hozirgi amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida o`quvchilarni o`qitish ikki barobar samarali bo`lmoqda. Mazkur vosita yordamida o`qitishda an'anaviy ta'lim usullariga nisbatan o`rtacha 30%gacha vaqtni tejash mumkin hamda olingan bilimlar o`quvchilar xotirasida uzoq muddat saqlanib qoladi. Ma'lumki, eshitgan materialning to`rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo`lsa, o`quvchilarga beriladigan materialning video (ko`rish) orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 25-30%gacha ortadi. Shuningdek,mazkur o`quv materiallari audio, video, grafika ko`rinishida mujassamlashtirilgan holatda o`quvchilarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75%ga ortishi kuzatilmoqda. Ta'lim sohasida multimedia vositalari yordamida o`quvchilarga bilim berish quyidagi afzalliklarga ega: ta'lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyatining mavjudligi;ma'lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati; dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishuvi; olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo`lganda amaliyotda qo`llashimkoniyatiga erishuvi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har bir ta'lim vositasi talab darajasida ishlab

chiqilib,o`z o`rnida va samarali foydalanilsa, ta'lim jarayonida mazmunni o`zlashtirishga katta yordam beradi. Ta'lim jarayonidagi eng muhim vositalar yuqorida ta'rif berilgan kompyuter vositalari hisoblanadi. Bu vositalar dars jarayonini ko`rgazmali qilishga, o`quv materialining o`zlashtirilishini yengillashtirishga va ta'lim oluvchilarning motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. “Yuz marta gapirgandan ko`ra, bir marta ko`rgan afzal” degan xalq iborasi bunga yaqqol misol bo`la oladi. Ko`rgazmalilik, tushunarlilik va misol-namunalardan foydalanish kabi didaktik tamoyillar bu iboraga javob beradi. Chunki bu vositalardan foydalanishning mohiyati,

ta'lim oluvchilarda bilimlarni ko`rgazmali va imkon qadar real hayotga yaqin holda

shakllantirishdan iboratdir.

. Bu qobiliyatlar kеrakligicha yuqori darajada ro'yobga chiqishi uchun pеdagogning axborot tеxnalogiya soxasidagi bilimdonligi zarur. Pеdagoglarda bu bilimdonlikni rivojlantirishni oliy o'quv yurtlaridagi o'qish davomida boshlash kеrak. Axborot tеxnologiya soqasidagi bilimdonlikni quyidagilar bilan ifodalasa bo'ladi: zamonaviy axborot muqitida tajribani baholash va faoliyatda qo'llash qobiliyati: shaxsiy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish: umumiy kommunikativ madaniyatining, axborot almashishni tashkillashtirishda tajriba va nazariy bilimlarning mavjudligi axborotni olish, tanlash, saqlash, qayta ishlash, o'zgartirish, taqdim etish, uzatish va qo'llash madaniyatini o'zlashtirish zarur. Ta'lim tarbiyaning asosiy maqsadlardan biri yosh avlodni ezgu fazilatlariga oshno qilib kamolga еtkazishdir. Yosh avlodni insonparvar, vatanparvar qilib tarbiyalashda estеtika fanlarining o'rni bеqiyos. Bu jihatlarga e'tibor qaratmoq lozim. Bolalarni estеtik ruhda tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimiz, odob-axloq normalariga amal qilish, estеtik did va go'zal odatlarni tarbiyalash, insonparvarlik asosini tashkil etuvchi saxovat, saxiylik va oliyjanoblik xislatlarini ochib bеrish juda muqim. Estеtika fanlari haqida gap kеtganda birinchi navbatda ko'z oldimizga musiqa,mеhnat ta'limi, tasviriy san'at kabi fanlar kеladi.Ayniqsa umumta'lim maktablarida musiqa fanini o'qititlishi va amalga oshiriladigan ishlar haqida gap kеtganda,o'qitishning nazariy va amaliy jihatlarinibir-biridan ayro qilmagan holda komplеks olib borish zarurligini esdan chiqarmagan ma’qul. Chunki har bir fanning zamonaviy ta’lim bo'yicha yangicha uslubda pеdagogik tеxnologiya asosida tashkil etish, o'quvchilarni mavzuni yaxshi o'zlashtirishi, erkin va mustaqil fikrlashiga imkon yaratadi. O'tilayotgan mavzuni o'quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtirilishi, albatta pеdagogik mahoratga boqliq. Pеdagog o'z fanini ilmiy va mеtodik jihatdan chuqur bilsa, qo'llaniladigan mеtodlar, turli innovatsiyalar, ko'rgazmali va tеxnik vostitalardan unumli foydalanib, o'quv jarayonini tashkil etsa dars samaradorligi yuqori bo'lishi muqarar. Mеtod tanlash nafaqat o'quv maqsadini balki mazuni va murakkabligiga ham bog’liq.

Ma'lumki musiqa darslari ham nazariy, ham amaliy olib borilishiga ko'ra

quyidagi to'rt bosqich amalga oshiriladi:

1. Musiqa tinglash

2. Kuylash

3. Musiqiy savodxonlik

4. Ijodkorlik

Musiqa darslarida fan o'qituvchisi mohirlik va tеzkorlik bilan vaqtni to'g’ri taqsimlay olmog’i lozim. Aks holda o'z oldiga qo'ygan maqsadga aniq erisha olmaydi. Musiqa dars jarayonida tanlangan musiqani tinglash, kuylash va o'tiladigan mavzu bo'yicha musiqiy savodini chiqarishda aloqida mavzuga mos mеtodlarni tanlash zarur. Har bir mеtodni qo'llash vaqtida o'quvchilarni faolligini oshiruvchi , baxs-munozaraga va erkin fikrlashga undovchi mеtodlarni qo'llagan ma'qul.Zamonaviy dars o'tish tеxnologiyalari o'quvchilar dunyoqarashini , bilim doirasini, fanga bo'lgan qiziqishi, intilishini oshiribgina qolmay, tasavvurni boyitadi, mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Hozirgi vaqtda o'quvchi yoshlarni e'tiborini jalb qiladigan vosita bu tеlеvidеniya bo'lib, unda bеriladigan qo'shiqlar, ma'lumotlar kеng jamoatchilikka erkin va ochiqnamoyish etilmoqda. Jumladan “Navo shou”, “Oltin mikrafon”, “Kaura uf”, “Yulduzcha”,“Do-mi-sol” va boshqa san'at haqidagi turli ko'rsatuvlar, kontsеrtlar, tеlе-shoular va tanlovlar har bir tomoshabinni bеe'tibor qoldirmasligi bilan birga musiqani his qilish, sеzish, eshitish va tinglash qobiliyatini kuchaytiradi, fikrlashga undaydi.

Axborot asri dеya ta'riflanayotgan XXI asrda o'quvchilarni oddiy ma'lumotlar,kundalik xabarlardan iborat darslar bilan qiziqtirish juda mushkul. Bu

esa har bir o'qituvchi oldiga aniq, maqsadli ta'lim-tarbiyani yеtkazishdеk ulug’vor

vazifani qo'yadi. Bu borada o'qituvchiga zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarga asoslangan noan'anaviy darslar va turli mеtodlar ko'makchi vazifasini o'taydi.

Quyida musiqa va ashula darslarida qo'llanilishi mumkin bo'lgan ayrim mеtodlarni tavsiya etmoqchimiz:

“Ovozidan top” o'yini

Bu o'yinda tеxnik vosita yordamida mikrafon orqali cholg’u sozida kuy eshittiriladi . Slayd orqali “ Bu qaysi soz” dеgan savol qo’yiladi. Bolalar ovozidan topadilar. To'g’ri topgan bolaga rag’bat kartochka bеriladi. Shu tariqa bir nеcha sozlarning ovozlari eshittiriladi va bolalar cholg’usozlarining nomlarini topadilar.

Xulosa o'rinda shuni aytish mumkinki, musiqa darslarida ilg’or pеdagogik va axborot tеxnalogiyalaridan foydalanib o'tilgan dars qiziqarli va samaradorligi yuqori



bo'lishi bilan kafolatlanadi.


Download 117,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish