1.Multimediali trafik
Multimediyali trafik deganda insonning sezgi organlari qabul qilib oladigan turli xil axborotlarni о‘z ichiga olgan ma’lumotlarning raqamli oqimi (odatda tovushli va/yoki videoaxborot) tushuniladi.
Ma’lumotlarning multimediyali oqimlari uzoqlashtirilgan interaktiv
xizmatlarni taqdim etish maqsadida telekommunikatsiya tarmoqlari bо‘yicha uzatiladi. Tarmoq foydalanuvchilariga taqdim etiladigan multimediya xizmatlarining bugungi kunda eng kо‘p tarqalganlari videotelefoniya, multimediyali ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish hisoblanadi.
Taqdim etiladigan xizmatlarning turiga bog‘liq holda multimediyali trafikning ikki asosiy turi ajratiladi:
Foydalanuvchilar о‘rtasida real vaqt miqyosida axborotni uzatish uchun multimediyali xizmatlarni taqdim etadigan real vaqt trafigi.
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmog‘ining an’anaviy taqsimlangan xizmatlari bilan tashkil etiladigan oddiy ma’lumotlar trafigi, jumladan, elektron pochta, fayllarni uzatish, virtual terminal, ma’lumotlar bazasiga uzoqlashtirilgan kirish va boshqalar.
Real vaqt trafigini qо‘llab-quvvatlovchi xizmatlarga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: IP-telefoniya, yuqori sifatli tovush, videotelefoniya, videokonferens aloqa, masofadan turib tibbiy xizmat kо‘rsatish (diagnostika, monitoring, konsultatsiya), videomonitoring, keng eshittirishli video, raqamli televideniye, radio va televizion dasturlarni olib kо‘rsatish.
Multimediali xizmatlarning turlari, taqdim etish va ishlash tamoyillari
Multimedia xizmatlarini ikkita vaziyatda qarab chiqish mumkin: abonentlarga aloqa xizmati; aloqa operatori xizmati.
Abonent nuqtai nazaridan aloqaning multimedia xizmatlari, tarmoqning spetsifik multimediali foydalanuvchi ilovalarini ishlab turishini ta’minlash imkoniyatini beradi. Aslida abonent uchun qaysi tarmoq bazasida multimedia xizmatlari taqdim etilishi farqsiz ya’ni xizmat tarmoqning texnologik platformasiga bog‘liq emas.
Multimediali foydalanuvchi ilovalari, aloqaning bir seansi doirasida abonentga ma’lumotli muhitni taqdim etuvchi va audiovizual ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida bir nechta “birliklar”ini taqdim etishni bir vaqtda qo‘llab- quvvatlovchi ilovalardan iborat. Multimediali ilovalarga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: xujjatlar bilan birgalikda ishlash, masofadan ta’lim, telemeditsina va boshqalar.
Aloqa operatori multimedia aloqa xizmatlarini, abonentlar (abonentlar guruxi) orasida tarmoq infrastrukturasi doirasida tarkibini va qo‘llaniladigan uskuna imkoniyatlarini hisobga olgan holda ikki yoki undan ko‘p “birliklar” kombinatsiyasining audiovizual ma’lumotlari (ya’ni video, ovoz, matn)ni ko‘chirish kabi qaraydi. SHunday qilib, u yoki bu multimedia xizmatlarini taqdim etish imkoniyati, tarmoqning to‘liq texnologik platformasiga bog‘liq.
Aloqa soxasidagi Evropa standartlashtirish instituti (ETSI) “keng polosali multimediali xizmatlar” tushunchasini kiritgan. “Keng polosali multimediali xizmatlar”deganda shunday aloqa xizmati tushuniladiki, bunda xizmatlarni taqdim etish keng polosali aloqa tarmoqlari bazasida amalga oshadi. Bunday tarmoqlar, real vaqt rejimida uzluksiz oqimlar ko‘rinishidagi paketlar/yacheykalarda axborotlarni ko‘chirishni ta’minlash qobiliyatiga ega.
Multimediali aloqa xizmatlariningtasniflari va ilovalarini turli ko‘rish nuqtalarida va turli me’zonlarni qo‘llash bilan ishlab chiqish mumkin. B-ISDN aloqa operatoriko‘rish nuqtasida aks etuvchi tasnifga misol sifatida, ITU-T I.211 tasiyasini keltirish mumkin. Bunday yondashish shundan iboratki, abonentlarga aloqa xizmatlari B-ISDNning ma’lum bir xizmatlari yordamida taqdim etiladi.
Tavsiyaga binoan, abonentning terminal uskunalari orasidagi aloqa usullariga bog‘liq holda va foydalanuvchi ilovalari imkoniyatlariga mos holda interaktiv va taqsimlangan xizmatlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘z navbatida bir qancha xizmat sinflarini biriktiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |