Amerikalik biznesmenlar
Amerikalik tadbirkorlarning asosiy maqsadi har bir tadbirning ma’lum bir miqdorda foyda keltirishiga qaratilgan. Ya’ni, bekorga mehnat va vaqt sarfiga yo’l qo’yilmaydi, so’z berildimi, uni bajarish shartdir, har qanday ishni yaxshi va har tomonlama puxta o’ylab amalga oshiriladi, chuqur tahlil, mas’uliyatlarning aniq bo’linishi, bajaruvchanlik madaniyatiga katta ahamiyat beriladi, ishni ertaga bugundan ko’ra yaxshiroq bajarishga intilish, mayda-chuyda detallarga ham kattae’tibor berish, kadrlarning va ishlab chiqarishning mutaxasislashuviga diqqatni qaratish, aniqlik va shaffoflik hamda konstruktivizmga intilish ularning ish uslubidir.
Ular bilan ishlash uchun Amerikaliklarning o’zaro aloqalariga e’tibor bering. Ular yaxshi iqtisodiy ma’lumot olganliklari uchun o’zlarini har qanday davlat iqtisodiyotini va biznesini juda yaxshi biladilar deb hisoblaydilar. Kontraktlar tuzayotganda ular bu bilan bog’liq hamma mayda-chuyda narsalarni Sizga aytmaydilar, lekin baribir Sizdan ishning mohiyatini tushunishni hamda amerikacha tadbirkorlik faoliyatini yuritishingizni kutadilar. Agarda uchrashuvlar paytida Siz muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan to’liq ma’lumotga ega bo’lmasangiz, uni bilganday qilib ko’rsating va tegishli savol-javoblar orqali tezlik bilan ishning mohiyatini tushunib olishga harakat qiling (induktsiya va deduktsiya usuli). Maktublar yozganda yoki muloqot qilayotganda albatta Sizni ular bilan birinchi bor tanishtirgan tashkilotlar yoki shaxslar nomini ko’rsatib o’ting. Agar bu shaxslar oldindan Sizni amerikalik tadbirkor tanishtirib qo’ysalar (telefon, faks yoki e-mail orqali) nur ustiga a’lo bo’ladi. Muhokama chog’ida qarama-qarshi tomon diqqat-e’tiborini o’z korxonangizning boshqa firmalardan farqli bo’lgan alohida ijobiy xususiyatlariga qaratsangiz, bu Sizga bir qadar yordam berishi mumkin. Agarda Sizning takliflaringiz ularning asosiy maqsadi bilan muvofiq bo’lsa, ular albatta bunga qiziqib qoladilar. Amerikalik hamkorni qidirayotganda Sizning fikringizcha ishlash maqsadga muvofiq bo’lgan 12-16 ta firmani tanlab oling. Katta va juda ham mashxur firmalarni tanlamang, chunki Sizga o’xshaganlardan juda ko’pchiligi ularga takliflar bilan chiqadilar va Sizning taklifingiz nazardan chetda qolishi ehtimoldan holi emas. Ular xaqida iloji boricha ko’proq ma’lumot yig’ing. Muammo bo’yicha biror-bir odamning ismini bilib oling va u bilan muloqot qilib bo’lganingizdan so’ng, keyingi muloqotlarda uning nomiga ishora qiling. Muhokama yoki uchrashuvdan oldin Siz nimani istayapsiz va natija qanday bo’lishi kerakligini aniqlab oling. Muloqotni shunday
uyushtiringki, unda Sizning asosiy muammolaringiz muhokama qilinsin va Sizning imkoniyatlaringizga urg’u berilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |