Muloqot jarayoni va uning maqsadi Muloqot va uning xususiyatlari Samarali muloqotga xavf soluvchi toʻsiqlar


Muloqotning tashqi va ichki shakllari mavjud



Download 140,29 Kb.
bet2/9
Sana13.07.2022
Hajmi140,29 Kb.
#784553
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu. Biznes muloqot va nutqiy faoliyat

Muloqotning tashqi va ichki shakllari mavjud. Tashkilotdagi xodimlar tashkilotdan tashqaridagi shaxslar bilan muloqotlari tashqi muloqot deb ataladi. Bu shaxslar mijozlar yoki xaridorlar, dilerlar yoki distribyutorlar, axborot vositalari xodimlari, hukumat, omma va shu kabilar tashqi muloqot namunalaridir. Tashqi muloqotga tashkilot tashqarisida boshqa kompaniyalar, hukumat bilan, umumiy omma va hokazolar bilan sodir boʻladigan nutqiy faoliyat kiritiladi.
Insonlar tashkilot ichida bir-birlari bilan muloqot qilishlari ichki muloqot hisoblanadi. Bu bir jamoada ishlash va umumiy maqsadlarni anglab yetish uchun qilinadi. Muloqot rasmiy yoki norasmiy boʻlishi mumkin. Ichki muloqot yuzma-yuz va yozma muloqotni oʻz ichiga oladi. Xabar, hisobot, ofis buyruqlari, aylanma farmoyish, faks, videokonferensiya, yigʻilish va shu kabilar ichki muloqot namunalaridir. Ichki muloqot deganda, kompaniya ichida sodir boʻluvchi nutqiy faoliyat tushuniladi.
Muloqot tizimining eng zarur xususiyatlarining batafsil ro‘yxati taklifini kiritish juda qiyin. Bu vaziyatning muayyan ehtiyojlariga bogʻliq boʻladi. Quyidagi yoʻriqnomalar yoki prinsiplar samarali muloqotga erishish uchun rioya qilinishi mumkin:
1. Xabarning aniqligi: muloqotning bosh prinsipi aniqlikdir. Xabar iloji boricha aniq boʻlishi shart. Unga noaniqlik o‘rmalab kirmasligi kerak. Xabar soʽzlovchining ham, tinglovchining ham ongida aniq ta’riflanganda to‘gʻri yetkazib beriladi.
2. Tezlik: muloqotning yaxshi tizimi xabarning tez yetkazilishini kafolatlashi shart. Xabarni belgilangan joyga yetkazilishiga ketadigan vaqt va muloqot tizimining tezligi xabar uzatishning shoshilinchligi asosida hisoblanishi kerak. Agar xabar oʽz vaqtida yetkazilmasa, bu tashkilot uchun muammo keltirib chiqarishi mumkin.
3. Ikki tomonlama jarayon: muloqot jo‘natuvchiga qabul qiluvchidan reaksiyani ta’minlovchi 2 tomonlama jarayondir. Reaksiya deb har qanday muloqotning samarasiga tegishli ma’lumotni yetkazilishiga aytiladi.
4. Ishonchlilik: muloqot ishonch asosida boshlanadi. Bu muhit ekspert
tomonidan unumdorlik bilan yaratiladi. Qabul qiluvchi jo‘natuvchiga ishonishi kerak. U manbaning predmet boʻyicha qobiliyati xususida yuqori fikrda boʻlishi shart.
5. Toʻliqlilik: har qanday muloqot muvofiqligi uchun toʻliq boʻlishi shart. Xabarlarning toʻliq boʻlmasligi tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi, xabarni
oluvchini taxminlarda qoldirib, harakat yoki faoliyatning kechiktirilishini keltirib chiqaradi.
6. Mazmun: xabar uni oluvchi uchun ma’noli boʻlishi shart, uning baholash tizimiga mos boʻlishi shart. U uchun ahamiyatga ega boʻlishi shart. Umuman olganda, odamlar narsalar yoki predmetlarni ular uchun katta mukofotlar istiqboli uchun tanlaydilar. Mazmun tinglovchilarning javobini aniqlaydi.
7. Aniqlik: muloqot vositasi xabarlarning yetkazilishi, aniqlikni kafolatlashi
kerak. Jo‘natuvchi tomonidan har qanday vosita tanlansa ham, yuborilishini xohlagan muayyan ma’lumot aniq boʻlishi kerak.
8. Qobiliyat: muloqotda tinglovchilarning qobiliyatlari hisobga olinishi shart. Muloqot tinglovchilar tomonidan eng kam miqdorda urinish talab qilinganda eng samarali hisoblanadi. Bu o‘qish qobiliyati va tinglovchining bilimi kabi omillarni oʽz ichiga oladi.
9. Iqtisod: muloqot tizimi iloji boricha tejamkor boʻlishi kerak. Ammo tizimning yaroqliligi tejamkorlikka erishishda qurbonlik qilinadi.
10. Maxfiylik: muloqot tizimi maxfiylikni kafolatlashi kerak va ma’lumot chiqib ketishi kerak emas. Xabarlar maxfiy xususiyatga ega boʻlganda, muhimroq boʻladi.

Download 140,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish