Informatsion vazifa axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir. Regulyativ vazifa muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan to'g'ri munosabatni tashkil qilishdan iborat.
Signal vazifasining ko'magida biz boiib o'tayotgan katta aha-miyatga ega voqealar, hodisalar haqidagi signalni qabul qilamiz va uzatamiz.
Nazorat vazifasi ko'magida axborotni qabul qilish va tarqatish jarayoni nazorat qilinadi.
Tarbiya qilish vazifasi muloqot orqali shaxsni shakllantirish jarayoni bo'lib, nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining muloqotidagi psixologik xususiyatlar:
muloqotning kasbiy yo'nalganligi;
muloqotda psixologik to'siqlarning mavjudligi; 6)jinoyatchilarning maxsus tili va tatuirovkalarning ahamiyati
hamda xususiyatlarini bilish zarurligi.
Ichki ishlar organlari xodimining faoliyatida bo'Iadigan muloqotning muhim xususiyatlaridan biri uning kasbiy yo'nalganligidir. Zero-ki, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari jinoyat qilgan shaxslarni, guvohlar va jabrlanuvchilarni aniqlash maqsadida boshqa shaxslar bilan muloqotda bo'ladilar. Organ xodimlari haqiqatni ochib tashlashga harakat qilsalar, aksincha, jinoyatchilar jinoyatni yashirish-ga, yolg'on ma'lumot berishga, jinoiy javobgarlikdan qutulishga harakat qilishadi.
Tergovchi protsessual qonunlarning normalari asosida harakat qi-ladi. Shaxsga nisbatan bo'lgan salbiy munosabatiga qaramasdan, xo-dim muloqot qilishga majbur.
Muloqotning uzoq davom etishida ziddiyatli holatlar tez-tez uch-rab turadi. Har qanday muloqotning biron-bir maqsadi bo'ladi. Mulo-qotga kirishgan har bir shaxs, uning yakuniy holatiga qarab turlicha xulosa chiqarishi mumkin. Huquqni muhofaza qilish organlari xodi-mida muloqotga kirishish, jinoyat sodir bo'lgandan so'ng boshlanadi.
Muloqot jarayonida obyektning maxsus tomonlarining borligi ham muhim hisoblanadi. Shuni aytish joizki, ko'p hollarda bunday shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir. Muloqot jarayonida har xil psixologik to'siqlar mavjud. Ko'proq ular sun'iy ravishda vujudga keladi
Muloqot jarayonida quyidagi psixologik to'siqlar mavjud:
motivatsion to'siqlar;
aqliy (intellektual) to'siqlar;
emotsional to'siqlar;
tarbiyaviy jarayondagi to'siqlar.
Motivatsion to'siqlar shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh
brtishi, muomalani to'g'ri, aniq ko'rinishda olib borilishini xohlamas-Hgi jarayonida namoyon bo'ladi.
Aqliy to'siqlar shaxsning xodimga nisbatan bilim doirasining kcngligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va huquqiy savodxonligi nia/munan boy bo'lgan taqdirda yuzaga keladi.
Emotsional to 'siqlar muloqotga kirishuvchilarning psixologik va i inotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo'rquv, r.abiylashish, xo'rlanish va boshqalar).
Tarbiyaviy jarayonlardagi to'siqlar huquqni muhofaza qilish or-■ftnlari xodimlari «tarbiyasi qiyin» o'smirlar, nosog'lom oilalar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib borilayotgan vaqtda uchraydi.
3. kasbiy muloqot va psixologik aloqa o'rnatish
Kasbiy muomala har bir huquqni muhofaza qilish organlari xo-dlmi faoliyatida muhim o'rin egallaydi. Shuning uchun ham muoma-Ituiing har bir turi faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim muomala-ntng qonuniyatlariga suyangan holda, shaxslararo munosabatga kiri-ihadi. Bu muloqot jarayonida xodimning har bir bilish sifati (xotira, dlqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xo-tliinning mantiqiy fikrlashiga, o'tmishdagi vaziyat bilan bog'lashiga, P'zaro solishtirish va qiyoslash malakasiga, obyekt va sharoitni rau-i immal tarzda idrok etishiga yordam beradi.
Muloqot turlarining keng ravishda amalga tatbiq qilinishi muloqot i H.iyonida insonning holatiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Xohlagan ax-borotni muloqot jarayonida to'liq ravishda berish, uning to'g'ri yetib horgunligi haqidagi signal qoniqish holatini vujudga keltiradi va miiloqotjarayonini faollashtiradi.
I lar bir muloqotning bir nechta maqsadi bo'ladi:
' - zlddiyatli holatlar muloqotda, ya'ni ikkala tomonning qiziqish-lari bir joydan chiqmasligi natijada muloqotda formallik, yuzakilik vujudga keladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimi odamlar bilan muloqot qilishi uchun quyidagi ijtimoiy-psixologik fazilatlarga ega bo'lishi kerak:
notanish shaxslar bilan tez fursat ichida aloqa o'rnata olish va ularga ma'qul bo'lish;
boshqa shaxslar gapini eshita bilish qobiliyatiga ega bo'lish;
muloqot jarayonida shaxs bilan psixologik to'siqlarni bartaraf etish qobiliyati.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining shaxslar bilan psixologik aloqa o'rnatishi o'ziga xos psixologik xususiyatga egadir. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari psixologik aloqa o'rnatishning samarasi sifatida fuqarolarning hamjihatligi va hamkorligida namoyon bo'ladi. Aloqa o'rnatishning ijobiy yakunlanishi bo'lajak muloqotning samarali bo'lishiga zamin yaratadi. Aloqa o'rnatish subyektning muloqotga kirishishi, uning tayyorgarlik darajasi, anglash xususiyati, ma'lumotning qayta ishlanishi va ishonchli ma'lumotlarni ayriboshlash natijasida namoyon bo'ladi.
Psixologik aloqa o'rnatishning bir necha bosqichlarini ko'rib o'ti-shimiz mumkin:
bo'lajak rnuloqotni bashorat qilish;
aloqani yengillashtiruvchi tashqi omillarni yaratish;
tashqi kommunikativ sifatlarning namoyon bo'lishi; 4):umumiy va neytral qiziqish doiralarini aniqlash;