Jamiyat — axborot aylanadigan va almashinadigan makon. Undagi har qanday munosabatlarning o‘ziga xos kommunikatsion ko‘rinishlari mavjud. Shuningdek, jumalistika kommunikatsiyasining obyektini jurnalistlar, noshirlar, muassislar, mulk egalari, ommaviy auditoriya, jurnalistik ijod mahsuli bo`lgan matnli materiallar, OAV tahririyatlari, axborot agentliklari, televideniye, radio umumiy ma’noda, jamiyat, uning ommaviy axborot vositalaridek muhim bir ijtimoiy instituti tashkil qiladi. - Jamiyat — axborot aylanadigan va almashinadigan makon. Undagi har qanday munosabatlarning o‘ziga xos kommunikatsion ko‘rinishlari mavjud. Shuningdek, jumalistika kommunikatsiyasining obyektini jurnalistlar, noshirlar, muassislar, mulk egalari, ommaviy auditoriya, jurnalistik ijod mahsuli bo`lgan matnli materiallar, OAV tahririyatlari, axborot agentliklari, televideniye, radio umumiy ma’noda, jamiyat, uning ommaviy axborot vositalaridek muhim bir ijtimoiy instituti tashkil qiladi.
Jurnalist axborotni olish, qayta ishlash va uzatish jarayonida: - birinchidan, shaxs ruhiyatiga nazar tashlash orqali uning tashqi sharoit hamda ichki o‘y-xayollar ta’sirida holatida kechgan o‘zgarishni kuzatadi;
- ikkinchidan, o‘quvchi uchun qiziqarli bo`lgan kutilmagan voqeani topib, uni hayotdagi real odam faoliyati timsolida jurnalistik asarning qahramoniga aylantiradi;
- uchinchidan, shaxs ruhiyatida kechgan xush va noxush ( qo‘rquv, fobiya, vahima kabi) his-tuyg‘ularning sabablarini aniqlaydi va hokazo.
- Jurnalistika ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydigan, ta’bir joiz bo‘lsa, axborotlar bilan ta’sir ko‘rsatadigan, boshqaradigan, nazorat qiladigan vositadir. Jumalistika boshqa sohalar singari fanning biror-bir tarmog‘ini ajratib olib o‘rganish maqsadini o‘z oldiga qo‘yolmaydi. Boshqa kasblardan farqli jihati ham uning keng ko‘lamni qamraganida, murakkabligida.
- Jurnalist faoliyati davomida qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak, degan savol bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda quyidagicha javoblar olingan:
- o‘ziga mos sohaga ixtisoslashishi;
- mavzu, muammo, savollari tayin bo`lishi;
- so‘z va axborot hamda odamlar bilan ishlay olish ko‘nikmasiga ega bolishi;
- fikrini shakllantira olishi;
- o‘zi faoliyat olib boradigan hududning ijtimoiy muammolarini bilishi,
- auditoriya uchun qiziqarli mavzulami topa olishi va yoza olishi;
- materialni tayyorlashda tilni puxta egallagan bo`lishi,
- axborotni to‘g‘ri yo‘naltirishi va aniq, ravon bayon etishi;
- umumlashtirishni bilishi;
- murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni va tendensiyalarni tahlil qilishi va ulami aniqlashni uddalashi;
- muomala psixologiyasini farqlay olishi, muloqotga kirishuvchan bo`lishi talab etiladi.
Ёмон тинглаш - Jurnalistika amaliyotidan ma’lumki, muloqot chog‘ida jurnalistlar ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi. Bular quyidagilar:
- ko‘p savol berish va suhbatdoshni eshita bilmaslik;
- oldindan javobi o‘ziga ma’lum bo‘lgan savolni berish;
- hamma biladigan narsalar haqida so‘rash;
- o‘zi ko‘proq gapirishi;
- suhbatdoshining fikrini tez-tez bo‘lib qo‘yishi;
- o‘zini o‘ta bilimdon tutishi;
- berayotgan savollarida mantiqning, izchillikning yo‘qligi.
- Mana shularning barchasi televideniye va radioda kommunikatsiya metodlariga kiradi. Kommunikatsiya vositalari bir qancha bo`lib, televideniye va radio ular orasida juda muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |