Asosiy bo’limning kirish gapi (Men bu voqea-hodisaga o’z ko’zqarashimni shunday bildirgim keladiki,... Men shu masala bo’yicha o’z fikrimni aytgim keladi.) Ko’tarilgan masalaga, fikrga bog’liq muammoli savol qo’yadi.
Muammoli savolni muhokama qiladi, o’z munosabatini isbotlaydigan 2-3 dalil keltiradi, uni misollar bilan isbotlaydi.
Muammoli savolga bog’liq shaxsiy munosabatini bildiradi. (Yuqorida aytilganday, men ... ... qo’llayman, chunki bunga bir qator sabablar bor:... Shu tomonini qo’llashning ko’pgina o’zgachaliklari bor.Ular...Eng yaxshisi... ) O’z ko’zqarashlarini isbotlash uchun 2-3 dalil (fakt) keltiradi, uni misollar bilan oydinlashtiradi.
Birinchidan, /eng avval... Birinchi navbatda ... ... boshlash / eng boshidan,
Ikkinchidan, uchinchidan, so’zimning oxirida, eng oxirgisi, biroq asosiysi
Fikrni umumlashtiruvchi gap
Muammoli savolga bog’liq qarama-qarshi fikr (1-2 jumla) keltiradi.
(Ayrim odamlar ... ... deb hisoblaydi, biroq ular ... ... tushunmaydi/ular ... ... e’tibor bermaydi. Ayrim odamlar ... ... ... deb aytadi. Men ular bilan kelishmayman. Men bunday fikrga qarshiman, sababi ... , ... degan fikrni hozir ko’pchilik ma’qullaydi. Shunga qaramasdan, men... ...deb o’ylayman. Yuqoridagi fikrdan boshqa... men ... ... deb hisoblayman.) O’zining shu fikrga qarshi e’tirozini tushuntirib, sababini izohlaydi. (biroq, yuqoridagi dalillar qaytarilmasligi kerak.)
Fikrni umumlashtiruvchi gap
Dalillar – talaba tomonidan aytilgan fikrni isbotlash uchun keltiriladigan ko’chirma (maqol, stitata, hikmatli so’z, rivoyat, she’riy parchalar va h.k.). Qo’yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi
kerak.
Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma’lumotlarni keltirish jarayonida
qo’yilayotgan masalaga talabaning shaxsiy munosabatini bildiruvchi, shuning bilan birga, menimcha, mening fikrimcha, birinchidan, ikkinchidan, shu kabi, demak, biroq, unday bo’lsa kabi kirish so’zlardan foydalanish o’rinli bo’ladi.
Xulosa – mavzu bo’yicha chiqariladigan yakuniy jumlalar bo’lib, unda yangi fikr-mulohazalar bildirilmaydi, balki dalillarga suyangan holda yakun chiqarilib, uni echish yo’llari ko’rsatiladi. Essening yakuniy qismida asosiy qismda berilgan muammoning echimi tasdiqlanadi va mazmunning mohiyati
ochiladi, ya’ni «Esse boshida ko’tarilgan masala bo’yicha nima deyish mumkin?» degan savolga aniq va tushunarli javob tarzida yozilishi kerak.
Xulosa qismida quyidagi kirish so’zlardan foydalaniladi: men shunday xulosaga keldimki.., qisqasi, asosiy fikrim shuki.., xulosa qilib aytganda... va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |