O’yin tafsiloti.
Ixtiyoriy ravishda o’yinda ishtirok qilish uchun 10 talabani doska oldiga chiqishini so’rab
o’qituvchi talabalarga murojaat qiladi. Ularga aylana shaklida yonma-yon turishlari kerakligi
aytiladi. Aylananing diametri 2 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Ana shu aylanaga o’qituvchi
gugurt cho’pi, skrepka, yoki boshka narsani (biz gugurt cho’pini tanladik) sochib tashlaydi.
Doskaga o’yinda qatnashayotgan talabalarning ismi yoziladi. O’yin 1 minutdan 2 raund
bo’lishini tushuntirasiz.
Erga o’qituvchi gugurt cho’plarni sochib tashlab, talabalarga birinchi raundda erdan olgan
gugurt cho’pi uchun 0,1 ball, ikkinchi raundda esa 0,2 ball berishni alohida ta’kidlanadi. Gugurt
cho’plarni har bir raundda alohida topshiriladi.
O’yinning shartlari hammaga tushunarlimi yoki yo’qligini yana bir so’raysiz. Avvaliga
talabalar o’zaro kelishishga harakat qilishi mumkin. Ikkinchi raundda teramiz deb. Lekin baribir
biron talaba gugurt cho’pini terishni boshlaydi. Unda qolganlar ham yoppasiga terishga
tushadilar, natijada birinchi raunddayoq gugurt cho’plar terib bo’linadi.
Yordamchi talaba doskaga har bir talabani tergan skrepkasi miqdorini yozib qo’yadi.
2. Navbatdagi raundda skoch bilan polni 10 ta kvadrat bo’lakka bo’linadi. Xar bir talaba
o’z kvadrati yonida tursin.
Talabalarga har kim faqat o’z kvadratidagi gugurt cho’pini terishi mumkin.
Boshqalarnikini olish mumkin emas deb tushuntirasiz. O’qituvchi gugurt cho’pini hamma
kvadratlarga tushadigan qilib sochadi. Agar gugurt cho’plari lentani ustiga tushgan bo’lsa uni
kvadratlarga olib tashlanadi. Shart xuddi birinchidagidek. O’yin ikki raundda bo’ladi. Birinchi
raundda har bir gugurt cho’pi uchun 0,1 ball, ikkinchisida 0,2 ball beriladi.
3. Bunda birinchi raundda poldan bir dona ham gugurt cho’pini ko’tarilmasligi aniq.
Sababi, ikkinchi raundda talabalar avvalgiga, bir-biridan qizg’anib, shoshib terganiga
o’xshamagan holda shoshmay erdan gugurt cho’plarni terishadi. Raund tugagach talabalar tergan
gugurt cho’plar miqdori va ballar doskaga yoziladi.
Talabalar 1 - o’yin 2- o’yin
dona dona ball dona dona ball
Odiljon 10 0 1,0 0 10 2,0
Olimjon 8 0 0,8 0 9 1,8
Erkinjon 9 0 0,9 0 10 2,0
Nuriddin 8 0 0,8 0 7 1,4
Xusniddin 5 0 0,5 0 4 0,8
Azmiddin 4 0 0,4 0 6 1,2
Abduxalim 3 0 0,3 0 4 0,8
Abduxamid 6 0 0,6 0 6 1,2
Abduxolik 6 0 0,6 0 2 0,4
Anvar 7 0 0,7 0 2 0,4
O’qituvchi talabalarni o’yinda qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirib, hammalarini
o’tirishga taklif etadi. So’ngra o’qituvchi talabalarga savol bilan murojaat qiladi. Jamiyatni
maqsadi o’z cheklangan resurslaridan samarali foydalanish. O’yinimiz bo’yicha eng ko’p foyda
olish uchun gugurt cho’plarni qachon terishni boshlash kerak (ya’ni resurslarni samarali
joylashtirish uchun)?
Do'stlaringiz bilan baham: |