Sistema, struktura, element. - Sistema, struktura, element.
- Bular falsafaning muhim kategoriyalaridan bo’lib hisoblanadi. Sistema – grekcha so’z bo’lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. - Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi.
- Xususan, bu elementlarning funktsional faoliyatini, ahamiyatiga ko’ra turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini o’rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o’quv qo’lanmalaridan farqli o’laroq, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va voqelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko’rsatilgan «alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur. - Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o’quv qo’lanmalaridan farqli o’laroq, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va voqelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko’rsatilgan «alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |