Taqrizchi
FarDU HFX kafedrasi mudiri: _____________ PhD V. R. Rasulov
Muqimiy nomidagi Qo‘qon Davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar (fizika va astronomiya) o‘qitish metodikasi magistranti Mahkamova Namunaxon Xursanbek qizining “Al va KHK larda fizikaning “Qattiq jismlarning xossalari” bo‘limidagi mavzularni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ichki
TAQRIZ
N.Mahkamovaning “Al va KHK larda fizikaning “Qattiq jismlarning xossalari” bo‘limidagi mavzularni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi Al va KHK larda fizikani o‘qitishda dolzarb masalalaridan birining tadqiqiga bag‘ishlangan.
Dissertatsiya kirish, asosiy qism, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Tadqiqotning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilish darajasi, maqsadi va vazifalari, ob’ekti va manbalari, ilmiy yangiligi, himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar, nazariy va amaliy ahamiyati, metodologik asoslari, tuzilishi haqida ma’lumot berilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Al va KHK larda qattiq jismlarning xossalari bobini o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar” deb atalgan. Ushbu bob ishning ilmiy yangilik jihatlarini aks ettirish jihatidan muhim bo‘lib, unda hozirgi darslarda ATlarini qo‘llashning ba’zi masalalari, darslarda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar, qattiq jismlarning xossalari bo‘limining dasturi va darslarda qo‘llaniladigan didaktik materiallariga bag‘ishlangan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Qattiq jismlarning xossalari” bobidagi mavzularni o‘qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish metodikasi deb nomlanib, unda qattiq jismlarning tuzilishi, amorf va kristall jismlar, qattiq jismlarning mexanik xossalari: elastiklik, qattiq jismning issiqlik xossalari, qattiq jismning issiqlikdan kengayishi, qattiq jismning erish va qotishi va masalalar yechish va Yung modulini aniqlash laboratoriya ishi ochib berilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi Al va KHK larda qattiq jismlarning xossalari bobini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish bo‘yicha tavsiya va hulosalar ochib berilgan.
Ish so‘ngida tadqiqot mohiyatini ixcham, aniq va ilmiy shaklda aks ettiruvchi umumlashma yakunlarga kelinib, ular dissertatsiyaning «Xulosa» qismida qayd etilgan.
Umuman olganda, mazkur dissertatsiya muallifning mavzuga aloqador adabiyotlarni sinchkovlik o‘rganganligidan, yuqori ilmiy salohiyatidan dalolat qiladi.
Magistrant N.Mahkamovaning “Al va KHK larda fizikaning “Qattiq jismlarning xossalari” bo‘limidagi mavzularni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish” mavzusidagi dissertatsiyasi DTSning magistrlik dissertatsiyasiga qo’yilgan talablarga to‘liq javob beradi va uni davlat attestatsiya komissiyasida himoya qilish uchun tavsiya qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |