Javoblar.
Absolyut yondashuvchilar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishida
iqtisodchilar kasbiy mahoratining o’sishi kabi ichki omillarning
ahamiyatiga urg’u berishgan. 1950-yillardan oldin iqtisodiyot nazariyasining ko’plab nufuzli tarixchilari nisbiy yondashuvni yoqlab chiqishdi. Bizning fikrimizcha, na absolyut yondashuv na nisbiy yondashuvga to’liq ishonish qiyin. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi faniga yangi iqtisodiy nazariyalar olib keluvchi tashqi va ichki omillarning bir-biriga o’zaro ta‘sirining dinamik (doimiy o’zgaruvchi) jarayoni sifatida qarash zarur. Ayrim hollarda bu rivojlanishlar fan ichidagi qarama-qarshiliklar natijasi sifatida tushuntirilishi mumkin, boshqa joylarda esa o’sha davrning iqtisodiy va siyosiy muammolarini yaxshilab o’rganib chiqish muhimroq, deb ta‘kidlanadi. Ayrim hollarda yangi nazariyalarni keltirib chiqaruvchi omillar shu qadar chalkashib ketadiki, nazariyaning yuzaga kelishida qaysi nazariya (nisbiymi yoki absolyutmi) muhimroq ekanligini aytish qiyin.
Iqtisodchilar har xilligini tushunishning bir yo’li iqtisodiy ta‘limotlar tarixining bir segmentini ko’rib chiqishdir. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi bu o’zgarishlar tarixiydir va bir vaqtlar noortodoksal bo’lgan fikrlar boshqa bir davrga kelib asosiy ortodoksal fikrga aylanadi.
Misol uchun, noortodoksal bo’lgan Maltus, Tugan-Baranovski va
Marksning fikrlari Keyns nazariyasida qisman aks ettirilgan. Bu
o’zgarishlar sodir bo’lishiga sabab ba‘zi iqtisodchilarning noortodoksal
fikrlarni qabul qilishni xohlashlari, keyin esa uni to’g’riligiga
boshqalarni ham ishontirishlari sabab bo’lgan. Shunday tarzda ularning
fikrlari asosiy ortodoksal yo’nalishga qo’shilib ketadi.
Noortodoksal maktablar fanning evolutsiyasi tarixida muhim rol
o’ynaydi. Ular asosiy oqimni tanqid qilishda nuqson, nomuvofiqliklarni
ko’rsatib, ularning sof va benuqson bo’lishiga yordam beradi. Noortodoksal tushuncha va asosiy ortodoksal maktab rivojining o’zaro
ta‘sirini Alfred Marshallning iqtisodiy rivojlanishi misolida ko’rish
mumkin. U tarixiy maktab iqtisodchilari va abstrakt nazariyachilar
qarashlariga qarshi chiqib neoklassik iqtisodiy yo’nalishga asos soldi.
Lekin Marshall nazariyasi XIX asr oxirida yashagan Amerika
iqtisodchilari uchun o’ta rasmiy va abstrakt nazariya edi. 1885-yilda
tashkil topgan Amerika Iqtisodiyot Asotsiatsiyasi asosan nemis tarixiy
maktabi tarafdorlari tomonidan nazorat qilinar edi. Tarixiy-institutsional metodologik yo’nalish tarafdorlari va iqtisodiyotning kelajagi abstract matematik tahlil modellarida, deb ta‘kidlovchilar o’rtasida ochiqcha qarama-qarshilik mavjud edi. Ularning qarama-qarshiligi hozirgi kun iqtisodiyotining shakllanishida muhim rol o’ynagan. Amerika universitetlarida tarixiy-institutsional yo’nalishning ahamiyati yigirmanchi asrning birinchi yarmi davomida pasayib bordi, neoklassik iqtisod esa (avval Marshall nazariyasi, keyinchalik Valras nazariyasi) aksincha, Amerikada asosiy oqimga aylandi.
The Gossen qonunlari, nemis iqtisodchisi Hermann Gossen (1810-1858) tomonidan yaratilgan, marginal foyda, marginal sotib olish qiymati va tanqislikning pasayishi bilan bog'liq bo'lgan uchta tegishli iqtisodiy qonunlardir. Gossen birinchi bo'lib odamlarning xatti-harakatlarini umumiy kuzatishlarga asoslanib, kamayib boruvchi marginal foyda qonuni yoki Gossenning birinchi qonunini tushuntirdi.
Ushbu qonun bir xil lazzatlanish miqdori qoniqish hosil bo'lguncha, ushbu lazzatlanishda to'xtovsiz rivojlanib borgan sari doimiy ravishda kamayib borishini tasdiqlaydi. Ikkinchi qonun, teng marginal foyda qonuni, cheklangan resurslarga ega bo'lgan, ammo cheklanmagan ehtiyojlarga ega bo'lgan iste'molchilarning xatti-harakatlarini tushuntiradi.Iqtisodiyotning asosiy muammosi shundaki, inson istaklari cheklanmagan, ammo odamlarning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun etarli resurslar mavjud emas. Shuning uchun, oqilona shaxs maksimal darajada qoniqish uchun mavjud bo'lgan kam manbalarni optimallashtirishga harakat qiladi.Gossenning uchinchi qonuni Ushbu qonun tanqislik iqtisodiy qiymat mavjud bo'lishi uchun zarur shart ekanligini ko'rsatadi. Ya'ni, mahsulot o'z talabi o'z taklifidan oshib ketgandagina qiymatga ega bo'ladi. Gossenning mantig'idan foydalangan holda, iste'mol qilish bilan birga marginal foyda
kamayib borishi sababli, mahsulot faqat mavjud bo'lgan to'yinganlikni hosil qilish uchun zarur bo'lganidan kamroq bo'lsa, ijobiy marginal foyda yoki "qiymat" ga ega bo'lishi mumkin. Aks holda, istak to'yadi va shuning uchun uning qiymati nolga teng bo'ladi. Gossenning qiymat haqidagi bahslari avvalgi ikkita qonunga asoslanadi. Unga ko'ra, qiymat nisbiy atamadir. Bu ob'ekt va sub'ekt o'rtasidagi munosabatlarga bog'liq.Miqdor oshishi bilan har bir qo'shilgan birlik qiymati nolga aylanguncha kamayadi.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanini o’rganishning asosiy sabablaridan
biri yaxshi iqtisodchi bo’lishdir. O’tmishning va hozirning eng muhim
iqtisodchilari o’z fanlari nazariyasi tarixi bilan yaqindan tanish
bo’lganlar. Iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o’qish nazariy va mantiqiy
qobilyatlarni oshiradi, farazlarni xulosaga bog’lashga imkon beradi, o’z
fikridan farqli bo’lgan tizimli mantiq asosida ishlashni o’rgatadi.
O’tmish g’oyalarini o’rganishning yana bir sababi yangi g’oyalarni
shakllantirishdir. Oldingi iqtisodiy nazariyalarni o’rganish ko’pincha
yangi g’oyalarni yaratishga undaydi. Ba‘zan nazariyalar o’tmishda
yo’qolib ketadi va kelajakka yetib bormaydi yoki ular ma‘lum
vaziyatlargagina bog’liq bo’lib qolishadi.
1891-yilda “Siyosiy iqtisodning ko’lami va metodologiyasi” deb nomlangan asarini nashr etdi. Bu asarida u iqtisodiyotning uchta tarmog’ini: ilmiy tarmoqni o’z ichiga olgan “pozitiv iqtisod”, jamiyatning qanday maqsadlarga erishish kerakligi haqidagi; “normativ iqtisod”, ijobiy iqtisodiyot tarmog’iga tegishli bo’lgan maqsadlari normativ tarmoq tomonidan aniqlanadigan tarmoqlardan yana biri “Iqtisod san‘atini bir-biridan aniq ajratib ko’rsatadi. Keyns “pozitiv iqtisodning muhokamasida, iqtisodiyot va iqtisodiy fan siyosiy iqtisoddan ko’ra afzal, chunki bu nomlar iqtisodiyotning ilmiy xarakteriga urg’u beradi”, degan fikri bilan ma‘qullaydi.
Tarixiy xotirasiz kelajak yoq", degan edi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, akademik I.A.Karimov. Har qanday tarixni organish avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: "Moziyga qarab ish tutish xayrlidir". Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixini organish kata nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot tarixi (xalq xojaligi tarixi) va iqtisodiy ta'limotlar tarixi iqtisodiyot fanining
faktologiya va metodologiya asoslarini ta'minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Ayniqsa hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga joshqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot togrisida imkoni boricha koproq bilishga intilmoqdalar.
Xosh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini organishda nimadan boshlamoq kerak, degan savol tugilishi tabiiy. Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani
kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini tola hal etishda otgan asr iqtisodchilaridan barcha
savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo, otgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak
togrisida togri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Aniqrogi, velosipedni qayta kashf qilishga hojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Talaba: IStamburiyev Abduaziz
Do'stlaringiz bilan baham: |