Muhokama qilinib o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/389
Sana30.12.2021
Hajmi2,43 Mb.
#97407
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   389
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

Venchur korxonalar – bu kichik biznesning bir turi bо‗lib, ular: 
- ilmiy muhandislik ishlarini bajarish; 
- yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yara tish; 
- ishlab chiqarishni boshqarish; 
- tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chi qish va amaliyotga joriy etish; 
 -  yirik  firmalar  va  davlat  ijara  kontrakti  buyurtmalarini  bajarish  kabi  ishlarni  amalga 
oshiradilar. 
Bu  vazifalarni  ular  davlat  va  yirik  firmalar  buyurtmasiga  binoan  kontrakt-bitimlar  asosida 
bajarishadi. Venchur  korxonalar texnikaning  yangi  yо‗nalishlarida faollik kо‗rsatadi va bu bilan fan-
texnika taraqqiyotiga о‗z hissasini qо‗shadi. 
Ijara  korxona  –  bu  mol-mulkni  yollash  bо‗yicha  mulk  egasi  bilan  tadbirkor  о‗rtasidagi  iqtisodiy 
munosabat. 
Ijara shartnomasiga asosan bir tomon (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijarachi) ma‘lum tо‗lov 
evaziga va ma‘lum shartga kо‗ra mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun beradi. 
Ijara haqi mulk egasi mol-mulkining qiymatiga va keltiradigan daromadga bog‗liq bо‗lib, о‗zaro kelishuv 
bilan belgilanadi. 
Yer, uy-joy, savdo-sanoat binolari, sanoat va savdo korxonalari, mashina va uskunalarni ijaraga berish 
va olish jahondagi kо‗pgina mamlakatlar uchun xosdir. 
Bugungi  kunda  sanoat  va  boshqa  sohalarda  ijara  korxonalari  paydo  bо‗la  boshladi  va  mulkni  davlat 
tasarrufidan  chiqarishning  bir  kо‗rinishi  bо‗lib,  ijara  muddati  davrida  korxona  jamoasi  shu  korxona 
mulkining egasi bо‗lib qoladi. 
Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat kо‗rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning 
о‗z mijozlariga maslahat xizmati kо‗rsatish va texnik loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog‗liq iqtisodiy 
faoliyatdir.  
Konsalting firmalarining asosiy vazifalari quyidagilardir: 


 
43 
- tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun sheriklar tanlash; 
-  maslahatchilik  tashkilotlarining  taraqqiy  topishiga  va  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etishga 
kо‗maklashish; 
- yagona axborot-sо‗rovnoma fondini yaratish va yagona reklama strategiyasi (yо‗nalishi)ni amalga 
oshirish yо‗li bilan ularning a‘zolari faoliyatini umum maqsadlar yо‗lida jamlash va hokazo. 
Konsalting  firmalarining  kichik  biznes  sohasida  keng  tarqalgan  maslahat  xizmatlari  quyidagilardan 
iborat: 
- barcha mulk shakllaridagi korxonalarni rо‗yxatga olish uchun ta‘sis hujjatlarni tayyorlash bо‗yicha 
maslahatlar berish; 
- marketing bо‗yicha izlanishlar о‗tkazish; 
- xususiylashtirish, aksiyadorlashtirish dasturlarini ishlab chiqish; 
- tashqi iqtisodiy faoliyat bо‗yicha maslahat berish; 
- reklama strategiyasini ishlab chiqish, reklama materiallarini tayyorlash va ularni tarqatish
- huquq, moliya va boshqaruv masalalari bо‗yicha maslahatlar berish; 
- intellektual mulkni himoya qilish masalasi bо‗yicha maslahatlar berish; 
- ishchi xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish; 
tadbirkorlik va kichik biznesni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi tadbirlarni о‗tkazish; 
- firma ish uslubini ishlab chiqish
- xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi,  madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish masalalari 
bо‗yicha maslahatlar berish; 
- investitsiyalarni jalb qilish, imtiyozli kredit olish, zaruriy resurslarni va kapitallarni sotib olish 
bо‗yicha maslahatlar berish va h.k.. 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish