Auditor firmasi – mustaqil tashkilot bо‗lib, shartnoma asosida korxonalar yillik buxgalteriya
hisobotini tekshiradi va tasdiqlaydi. Tekshiruv davomida auditor firmasi buxgalteriya hisob-kitobining
holatini va talabga mos kelishini, moliya-xо‗jalik faoliyati masalalarining haqiqiy holatga mos kelishini
nazorat qiladi.
Auksion – kim oshdi savdosi. Bu alohida xususiyatga ega bо‗lgan va alohida joylarda tashkil
etiladigan ochiq savdoga asoslangan mahsus bozor. Auksion о‗zaro musobaqaga tayangan holda amalga
oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |