oldida ma’suliyat, burch tuyg‘usini chuqur his qilishi muhim ahamiyatga ega.
Tadbirkorning tashkilotchilik qobiliyati hamma narsada muvaffaqiyatga
erishuvining muhim shartidir. Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatiga tez
erishadi? Ruhshunos olimlar uning bir necha omillarga bog‘liqligini ta’kidlaganlar.
Bular quyidagilardir:
Tadbirkor rahbarda tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bо‘lishi:
- jamoada sof ahloqiy muhit paydo qila olishi, hammaning hamkorlikda harakat
qilishini ta’minlay olishi;
- odamlarni ishontira olishi va jamoada о‘zaro yaxshi munosabatlarni qaror
toptirish uchun shart-sharoit yaratishi.
Rahbarning odamlar bilan til topib ishlash mahorati:
- tadbirkor о‘z qо‘l ostidagilarning nimaga qodirligini hisobga olib ishlarni
taqsimlashi;
- odamlarni uyushtirishning eng muhim omillaridan foyda-lanishi;
- har bir kishining ruhiy-psixologik kayfiyatlariga mos ravish-da muloqot
Do'stlaringiz bilan baham: |