birlamchi axborot yig‘ishiga tо‘g‘ri keladi.
Birlamchi axborot – bu aniq maqsad uchun birinchi marta yig‘i-ladigan
axborotdir. Birlamchi axborot yig‘ishning uchta usuli bor:
1. Kuzatish usuli.
2. Tajriba usuli.
3. Sо‘rov usuli.
Kuzatish – birinchi axborot yig‘ishning eng asosiy uslublaridan biri bо‘lib, unda
tashkilotchi odamlar va vaziyatlar ustidan bevosita kuzatish olib boradi. Kuzatish
foydali g‘oyalarga, raqiblar tajribasini о‘rganishga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot yig‘ishning boshqa usuli – tajriba.
Tajriba tadqiqotlari о‘zaro taqqoslanayotgan subyektlar guruhini tanlash, bu
guruhlar uchun turli xil holatlarni yaratish, taqqoslanayotganlar ustidan nazoratni
va kuzatilayotgan farqlarning darajasi va ahamiyatini belgilashni talab qiladi.
Bunday tadqiqotning maqsadi – kuzatish natijalarini ziddiyatli izohlashlarni
saralash yо‘li bilan sabab-natija munosabatlarini ochib tashlamoqdan iborat bо‘ladi.
103
Do'stlaringiz bilan baham: |