ma’lumot berish;
- о‘z vazifalarini bajarish chog‘ida ma’lumotlarni sir saqlash. Mijozga zarar
yetkazadigan ma’lumotlar faqat sudning talabi bilan oshkor qilinishi mumkin;
- uzrli sabablar bо‘lmasa, о‘z faoliyatini tо‘xtatmaslik, uni oxiriga yetkazish va
xulosa chiqarish;
- mabodo ishi va xulosalarida holis va obyektiv bо‘lishning imkoni bо‘lmay
qolsa, о‘z faoliyatini tо‘xtatish.
Auditorni mijoz bilan shartnoma tuzgan auditorlik firmasi xо‘jalik yurituvchi
subyekt mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlaydi.
Xо‘jalik yuirtuvchi subyekt mulkdorlari qarori bilan yoki audi-torni tayinlagan
yuridik shaxsning qaroriga kо‘ra auditor chaqirib olinishi mumkin, auditor bu
haqda barvaqt yozma tarzda, uning xizmatidan voz kechish sabablarini kо‘rsatib
xabardor qilinadi.
Tekshiruv vaqtida yoki buyurtmaga kо‘ra, boshqa ishlar qilinayotganida
xizmatdan voz kechilsa, xо‘jalik yurituvchi mulkdor auditor xizmatiga haq tо‘lashi
shart.
Surishtiruv organi, proquror, tergovchi va sud topshirig‘i bilan auditorlik
tekshiruvi о‘tkazilsa, xarajatlar tekshirilayotgan xо‘jalik subyekti zimmasiga
tushadi, uning qо‘lida yetarli mablag‘ bо‘lmasa, tekshiruvni tayinlagan organ
Do'stlaringiz bilan baham: |