qilingan mablag‘lar;
Mmaj.sо‘n. – kontraktni imzolash sanasi va oxirgi hisobot davri uchun balansni
tuzish sanasi о‘rtasidagi davrda majburiyat-larning sо‘nishi;
Ddeb.qarz. – da’vo qilish muddati tugagan debitorlik qarzlari;
Z – zararlar summasi.
6.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari
Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar
shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq tо‘lash sharti bilan qarzga olish va
qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit munosabati ikki subyekt biri – pul egasi, ya’ni qarz beruvchi; ikkinchisi
– pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi о‘rtasida yuzaga keladi. Kredit, tovar va pul
kо‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz tо‘lash shartlari
asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |