Muhokama qilinib o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan


-jadval  Litsenziya beruvchi organlar



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/389
Sana30.12.2021
Hajmi2,43 Mb.
#97407
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   389
Bog'liq
kichik biznes va tadbirkorlik

6-jadval 
Litsenziya beruvchi organlar 
Litsenziya 
beruvchi 
organlar 
Faoliyat turi 
Vazirlar Mahkamasi 
-raketa-kosmik majmui; 
-aloqa tizimlari; 
-qimmatbaho metallar; 
-qimmatbaho toshlar qazib olish; 
-qimmatbaho toshlar va mettallardan zargarlik buyumlari yasash; 
-havo taransporti va boshqa faoliyat turlari. 
 
 
 
Adliya vazirligi 
-yuridik  shaxslarning  yuridik  faoliyat  bilan  shug‗ullanishga, 
masalan, advokatlik maslahati, notarial idora va boshqalar. 


 
58 
Moliya vazirligi 
-qimmatli qog‗ozlarni chiqarish; 
-lotereya о‗yinlarini о‗tkazish va boshqalar. 
Markaziy bank 
-valyuta qiymatliklari bilan operatsiyalar о‗tkazish; 
-tijorat banklari ochish va boshqalar. 
Ichki ishlar vazirligi 
-ovchilik  va  sport  о‗qotar  qurollari  va  ularga  о‗q-dorilar  ishlab 
chiqarish, tuzatish va sotish;  
-sovuq qurollar ishlab chiqarish va sotish; 
-tarkibida narkotik moddalar bо‗lgan ekinlarni  ekish,  qayta ishlash 
va sotish; 
-narkotik moddalar tayyorlash, sotish va boshqalar. 
Sog‗liqni saqlash vazirligi  -farmakologik preparatlar ishlab chiqarish va sotish;  
-tibbiy xizmat kо‗rsatish; 
-parfyumeriya  va  kosmetika  buyumlari,  maishiy  kimyo  tovarlarini 
tayyorlash va boshqalar. 
Xalq ta‘limi,  
Oliy  va  о‗rta  maxsus 
ta‘lim vazirliklari 
-sog‗lomlashtirish va bolalar, о‗smirlar hamda yoshlar lagerlarini 
tashkil qilish;  
-xususiy о‗quv muassasalarini ochish va boshqalar. 
О‗zbekiston  pochta  va 
telekommunikatsiyalar 
agentligi 
Aloqa xizmati kо‗rsatish. 
 
Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bо‗lgan shaxsning ta‘sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan 
arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan sо‗ng, 30 kun ichida litsenziya berish haqida 
qaror qabul qilinadi. 
Agar  litsenziya  berish  uchun  kerakli  qaror  qabul  qilishda  ekspertiza  talab  qilinsa,  bu  ekspertizani 
vazifasi  nazorat  qilishdan  iborat  bо‗lgan  davlat  organlari  amalga  oshiradi.  Ekspertiza  xulosasi  olingandan 
sо‗ng,  15  kun  mobaynida  ariza  va  kerakli  hujjatlar  topshirilgach,  60  kundan  kechiktirmay,  qaror  qabul 
qilinadi. Bunda ekspertiza о‗tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi tо‗laydi. 
Litsenziya  ikki  nusxada bо‗lib,  hujjatt  berishga  javobgar  shaxs  tomonidan  qо‗l  qо‗yilib,  berayotgan 
organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi. 
Litsenziyada quyidagilar kо‗rsatilgan bо‗ladi: 
- litsenziya berayotgan muassasa nomi; 
-  yuridik  shaxsning  nomi  va  manzili  yoki  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirayotgan  shaxsning 
ismi-sharifi, turar joyi; 
- litsenziya berilayotgan faoliyat turi; 
- faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari; 
- litsenziyaning rо‗yxat raqami, berilgan vaqti va muddati. 
Agar  tadbirkor  ruxsat  etilgan  faoliyatni  amalga  oshirishda  litsenziyada  belgilangan  qonun-
qoidalarni  yoki  amaldagi  qonunlarni  buzsa,  shuningdek,  aholi  hayotiga  xavf-xatar  keltiruvchi  faoliyat 
bilan shug‗ullansa, u holda litsenziya bergan muassasa tadbirkorni litsenziyadan foydalanish huquqidan 
mahrum qilishga haqlidir. 
Agar  tadbirkorlik  faoliyati  tugatilsa  yoki  tadbirkor  litsenziyadan  foydalanish  huquqidan  mahrum 
qilinsa, u holda litsenziya litsenziya bergan muassasa tomonidan olib qо‗yiladi. 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish