149
boshkaruvni tashkil etishning kator tamoyillarini urgangan. Bu maktab xakikiy ilmiy
boshkaruv nazariyasi darajasiga kutarila olmadi.
«Klassik» maktabga xos bulgan inson omilini xisobga olmaslik, kishilar faoliyati
sabablarini soddalashtirilgan nuktai nazaridan yondoshish amerika boshkaruv nazariyasida
yangi yunalish - «inson munosabatlari» maktabi vujudga kelishigasabab buldi. Bu
yunalishning asoschilari - amerikaliklar E.Meyo, F. Rotlisberger, Dj. Lizli va boshkalardir.
Garvard universiteti professori E.Meyo «inson munosabatlari» nazariyasini ilgari surdi.
Uning goyalarining moxiyati shundaki, mexnat jarayonida psixologik va ijtimoiy omillar
yetakchi axamiyatga ega. Shu sababli, Meyo fikriga binoan ishlab chikarish va
boshkaruvning barcha muammolariga inson munosabatlari nuktai nazaridan karash lozim.
Bu nazariya insonning ma‘lum ijtimoiy va psixologik extiyojlarini kondirish yuli bilan uni
yanada unumli mexnat kilishi mumkin degan goyaga asoslangan.
Bu maktabning yana bir namoyondasi D.Mak Gregor boshkaruvni tashkil etishga 2 xil
yondoshuv mavjud:
1)
majburlash va
ragbatlantirish usullari;
2)
tashabbuskorlik va mustakilliikni iloji boricha namoyon kilish uchun sharoit yaratish
Lekin bu nazariyaning asosiy jixati shundaki, «inson munosabatlari» maktabi vakillari
ijtimoiy muammolarni butun jaiyat mikyosida emas, balki aloxida korxona mikyosida xal
etadilar. Mexnatkashlar ijtimoiy axvoliga kompleks ravishda xal etilish lozim bulgan
ijtimoiy-iktisodiy muammo sifatida emas, balki kishilarning guruxiy munosabatlari
sifatida karalgan.
«Emperik» (pragmatik) maktab menejment zarurligini umuman inkor etib, ochik
emperzmni targibot kiladi. U boshkaruvning maksadi - raxbarlik kilish buyicha ijobiy
tajriba va ank xatolarni urganishdan iborat, deb ta‘kidlaydi. Bu maktab vakillari kamrok
nazariy maslaxatlar berib, kuprok anik vaziyatlarni taxlil etish bilan shugullanish kerak
deydilar, albatta, tajriba urganish juda muxim. Lekin fakat amaliyotga asoslanib
menejmentni shakllantirish mumkin emas «Emperik» maktabning eng yorkin
namoyondalari - T.Draker, R.Devis, L.Nyuman, D.Miller va boshkalardir.
Yukorida sanab utgan xorijiy boshkaruv maktablarining eng asosiy kamchiligi xar
tomonlama chukur urganilmaganligidir. Bu yangi yunilish «Ijtimoiy tizimlar» maktabi
vujudga kelishiga turtki buldi. Uning eng tanikli namoyondalari D.March, G.Saymon,
A.Etsioni va boshkalardir. «Ijtimoiy tizimlar»maktabi «inson munosabatlari» maktabi
xulosalariga asoslanib, korxonaga uzaro boglik va uzaro ta‘sir kursatuvchi omillar
majmuidan iborat kompleks tizim sifatida karab, inson bu omillarni biri deb xisoblaydi.
Sosiologlarning katta guruxi sanoat sosiologiyasi soxasida tadkikot olib boradilar. «ijtmoiy
tizim» maktabi uzidan avvalgi maktablarga nisbatan keng kulamdagi muammolarni xal
etishga, boshkaruv nazariyasini yaxlit xolga keltirishga intiladi. Lekin boshkaruv
nazariyasini tuzishga intilish uni xozirgi kapitalistik dunyo sharoitidan uzoklashib ketishga
va natijada uning unchalik keng yoyilmasligiga olib keldi.
Agar «klassik» maktab namoyondalari nizolarni moddiy ragbatlantirish yoki jixozlash yuli
bilan, «inson munosabatlari» maktabi ishlab chikarish jarayonini adolatli kilish yuli bilan
xal kilishni taklif etgan bulsalar, «ijtimoiy tizimlar» maktabi tashkilotda nizalarning
mavjud bulishi uning tabiatidan kelib chikuvchi xolat deb xisoblab asosiy vazifa
nizolar va
ularning okibatini yumshatishdan iborat deb ta‘kidlaydilar.
150
50-yillarning boshida menejment nazariyasi rivojlanishiga «yangi» maktab katta ta‘sir
kursatdi. U menejmentga anik fanlar uslub va usullari - karorlar kabul kilishni matematik
modellashtirish, matematik mantik, davturlash, iktisodiy jarayonlarni matematik
modellashtirish usullarini joriy kilish bilan ajralib turadi. «Yangi» maktabning eng yorkin
namoyondalari - R.Akkof, L.Kleyn, V.Lyus va boshkalardir. Bu maktabning shakllanishi
kibernetika va jarayonlarni urganish rivojlanishi bilan boglikdir. Jarayonlarni urganish
zaxiralar, resurslar taksimti, eskirgan uskunalarni almshtirish, makbul ravishda rejalash
tirishni boshkarishni matematik modellashtirish bilan boglikdir. Keyinchalik «yangi»
maktab tarkibida mustakil fan - boshkaruv karorlarini kabul kilish nazariyasi shakllandi.
Xorijiy menejment rivojlanishining kiska tavsifi boshkaruvni takomillashtirish yangi
usullari va shakllarini izlash uzluksiz davom etganligidan dalolat beradi.
«Yangi» maktab - bu «ijtimoiy tizimlar» maktabining mantikiy davomidir.
Do'stlaringiz bilan baham: