1.4. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning
maqsadi va vazifalari
О‗zbekistonda keng kо‗lamli bozor о‗zgarishlarini amatga oshirish jarayonida mulkdor
shaxslar doirasi kengayib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaga nidek, «...
amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy, eng katta maqsadi, ustuvor yо‗nalishi О‗zbekistonda
haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iboratdir. Bizning qabul qilgan barcha farmonu
qarorlarimiz, qonunlarimiz, hamma ishimiz ana shu maqsadga qaratilgandir. Bu vazifalarni hal
yetmasdan kutilgan natijaga, xayotimizda, iqtisodiyotimizda istalgan о‗zgarishlarga erishib
bо‗lmaydi»
11
. Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g‗oyat muhim vazifa, eng avvalo, ishlab
chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan
tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qо‗llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini
shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi bо‗lgan mana shu ijtimoiy turni, uning
faoliyat sohalari shakllarini о‗rganishni nazariya ehtiyojlari gina emas, balki amaliy zaruriyat ham
shart qilib qо‗ymoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki
mahsulotning qariyb 80 foizi, sanoat mahsulot-larining 78 foizidan ortig‗i, qishloq xо‗jaligi va
chakana savdo aylanmasining deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektori ulushiga tо‗g‗ri
kelmoqda.
О‗rta sinf davlatning asosi va jamiyatning eng barqaror qismidir. Bu sinfni vujudga keltirish
vazifasini hal qilish, turmush darajasini oshirish va har bir insonning tadbirkorlik imkoniyatlarini
ochish muammosini hal qilib beradi.
Ushbu masalaning iqtisodiy jihati shundan iboratki, mulkdorlar real, ularning faoliyati esa
samarali bо‗lishi kerak. Umuman olganda, korxonaning barcha ishlovchilarini rasman
aksiyadorlarga aylantirish uncha qiyin emas. Lekin ular haqiqatda boshqaruvda qatnashmasalar,
dividendlar ololmasalar va hatto, о‗z aksiyalarini korxonadan tashqariga sota olmasalar, ularni real
mulkdorlar deb bо‗lmaydi. Aholi mana shunday vaziyatni kо‗rar ekan, bunday korxonaning
aksiyalarini erkin bozordan ham sotib olmaydi, chunki korxona bi lan bevosita bog‗langan
odamlar uning ishiga ta‘sir kо‗rsata olmasalar va qonunga muvofiq о‗zlariga tegishli daromadni
ololmasalar, bu ish tashqaridagi mayda investorlar uchun yanada mushkul kechadi. Xulosa aniq:
mulkdorlar huquqlarini amalga oshirish va ularni himoya qilishning real mexanizmlari bо‗lmog‗i
kerak. Busiz mulk nomigagina mavjud bо‗ladi. Bu mol-mulkning esa egasi bо‗lmaydi. Bunday
vaziyat iqtisodiyot uchun ham juda xavflidir. Chunki bu hozirgi paytda mol-mulkdan amalda
11
I.A.Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. ―О‗zbekiston‖, 1997 yil 5-tom, 335-bet.
19
foydalanib turgan yoki xatto, undan foydalanish imkoniyatiga ega kishilarning qonunsiz ravishda
boyishi uchun keng imkoniyat yaratib beradi.
Xaqiqiy mulkdor о‗z tabiatiga kо‗ra oqilona ish olib borishi va о‗ziga qarashli mulkni kо‗paytirishga
harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bо‗lmasa, demak, mol-mulkni tasarruf qiluvchi subyekt yo о‗zini
mulkdor deb hisoblamaydi, yoki о‗zining huquqlarini zarur kafolatlarga ega emas deb hisoblaydi, yoki mol-
mulk yangi egasiga saqlash va kо‗paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan shartlar bilan
tekkan bо‗ladi. Shu sababli, mulk huquqi qonun bilan himoyalangan bо‗libgina qolmasdan, u jamiyatdagi
barcha munosabatlar tizimi bilan amalda ta‘minlangan bо‗lishi kerak. Faoliyati о‗ziga qarashli mulkni
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga va ana shu asosda yangi moddiy
boy-liklar yaratishga qaratilgan shaxslarni har tomonlama rag‗batlan-tirish zarur. Mulkdorlar sinfi mavjud
mol-mulk va daromadlar asosida, shu jumladan:
- jamg‗armalarni qimmatli qog‗ozlarga solish, shuningdek, xususiy shaxslarga qarashli
kо‗chmas mulkdan va boshqa mol-mulk-lardan foydalanish yо‗li bilan;
- davlatga
qarashli
mol-mulkni
(auksionlarda
va
tanlov
asosida),
shuningdek
xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya-larini sotib olish orqali mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish natijasida;
- yuridik shaxs tashkil yetmagan holda va korxonalar ochm agan holda yakka tartibdagi
mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali shakllantiriladi.
Mulkdorlar ixtiyoridagi barcha obyektlarni daromad olish maqsadida foydalanilmaydigan
obyektlarga va ishlab chiqarish resurslariga ajratish mumkin.
Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- mehnat;
- yer;
- sarmoya:
a) moddiy aktivlar,
b) moliyaviy aktivlar, shu jumladan: pul mablag‗lari; qimmatli qog‗ozlar;
v) nomoddiy aktivlar – intellektual mulk obyektlari.
Ishlab chiqarish resurslaridan daromad olish va mulkni kо‗paytirish uchun foydalaniladi.
Biron bir mol-mulkka ega shaxs mulkdordir.
Mulkdor – moddiy va intellektual mulk obyektlariga ega bо‗lgan, ularni tasarruf etish va
ulardan о‗z xohishiga qaratib, shu jumladan daromad olish maqsadida foydalanish huquqiga ega
jismoniy shaxsdir.
Mulkdorlar sinfi uch guruhdan iborat:
- daromad keltirmaydigan va shaxsiy maqsadlarda foydala-nishga mо‗ljallangan mol-
mulkka ega mulkdorlar;
- shaxsiy iste‘molga mо‗ljallangan mol-mulk bilan bir qatorda, qо‗shimcha tadbirkorlik
daromadi yoki kiritilgan sar-moyadan daromad olish uchun foydalaniladigan aktivlar
(sarmoya)ga ega о‗rta mulkdorlar;
- yirik xususiy korxonalar, firmalarga ega va ularning faoliyatidan katta daromad oladigan
yirik mulkdorlar.
Ushbu guruhlarning shakllanishiga qanday omillar ta‘sir etadi? Birinchi navbatda,
psixologik xususiyatlar ta‘sir kо‗rsa-tadi. Odamni zо‗rlab mulkdorga aylantirib bо‗lmaydi. U
bunga ruhan tayyor bо‗lishi kerak. Bu esa juda qiyin narsa. Chunki odamlarga xaddan tashqari uzoq
vaqt mobaynida xususiy mulkni va uning sohiblarini boshqalarga qaraganda tashabbuskorroq va
tadbirkorroq bо‗lganligi tufayli moddiy jihatdan yaxshiroq yashaganlarni yomon kо‗rish va ularga
ishonmaslik xissi singdirib kelindi. Endi esa zamon о‗zgardi, xususiy mulkka bо‗lgan munosabat
ham о‗zgarmoqda, lekin eski tasavvurlar hali ham mavjud. Kо‗pchilik davlatning g‗amxо‗rlik
qilishiga umid bog‗lab о‗tirmasdan, о‗z farovonligi uchun mas‘uliyatni о‗z zimmasiga olishga hali
tayyor emas. Ijtimoiy passivlik mulkdorlar sinfini shakllantirish yо‗li dagi jiddiy tо‗siqdir.
О‗zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonida mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun bir qator
obyektiv shart-sharoit-lar yaratildi. Buni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
kо‗rsatkichlaridan bilib olish mumkin. 1992-2004 yillar mobaynida 60630 ta davlat korxonasiga
20
qarashli mulkning shakli о‗zgartirildi. Bu jarayon mahalliy, yengil, mebel, mashinasozlik va
avtomobil sanoatida batamom tugallandi. Qariyb 95 mingta kichik va 55 mingtadan ortiq xususiy
korxona tashkil etildi. Davlatga qarashli uy-joy batamom xususiylash-tirilib, uning natijasida 1,4
mln. ga yaqin kvartira о‗z egalarini topdi. 3 mln. oila tomorqa va yordamchi xо‗jaliklarga ega bо‗ldi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish transport, sog‗liqni saqlash va boshqa ishlab
chiqarish tarmoqlarida ham jadal rivojlanmoqda.
Mulkdorlar sinfini shakllantirishning asosiy yо‗llaridan biri – bu tadbirkorlikni, uning
kichik biznes shakli rivojini ta‘minlash katta ahamiyatga ega. Aksiyal ashtirish keng aholi ommasini
mulkka egalik qilishga jalb etishning eng samarali vositasidir. Biroq, bu jarayon murakkab, kо‗p
qirrali bо‗lib, u bozor iqtisodiyoti subyektlarining manfaatlariga daxldordir. Hozir respublika
iqtisodiyotida ochiq turdagi aksiyadorlik ja-miyatlari juda keng yoyilgan.
Bu jamiyatlarning ustav sarmoyasini tashkil qilishda ishti-rok etuvchi ulushlar, odatda,
quyidagicha taqsimlanadi:
- davlat ulushi;
- mehnat jamoasi ulushi;
- xorijiy sherik ulushi;
- fond birjalari va qimmatli qog‗ozlar bozorlarida, shu jumladan, chet elda ham erkin
sotish uchun ajratilgan ulushi.
Davlat va mehnat jamoalariga qarashli akiiyalar paketlari hajmini Davlat mulk qо‗mitasi
belgilaydi. Fuqarolar yoki yuri-dik shaxslar tomonidan sotib olingan yoki bepul olin gan har
qanday aksiyalar ularning mulkdorlari tomonidan qonun doirasida hech bir cheklovsiz sotilishi
mumkin. Akiiyalarning qо‗shimcha (ikkilamchi) emissiyasi va ularni joylashtirish aksiyadorlik
jamiyati tomonidan amaldagi qonunlarga muvofiq olib boriladi.
Korxonani xususiylashtirishning yana bir shakli uni tanlov asosida yoki auksionda jismoniy
yoki yuridik shaxslarga xususiy mulk qilib sotishdan iborat. Bunda haridor sotib olingan
obyektlarga nisbatan ma‘lum talablarni bajaradi. Tanlov shartlari О‗zbekiston Respublikasi mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasidagi tartiblariga muvofiq belgilanadi va u
quyidagi majburiy bandlarga ega bо‗ladi:
- auksionda xususiylashtirilgan davlat korxonalarining mulkdorlariga aylangan jismoniy
va yuridik shaxslarga ushbu korxonalar tasarrufida bо‗lgan, sotib olin gan mol-mulk tarki-biga
kirmagan, turar joy bо‗lmagan davlatga qarashli binolarni, inshootlarni, qurilishlarni ijaraga
olish haqida uzoq muddatli ( 1 0 yilgacha) shartnomalar tuzish huquqi beriladi. Ijara shartlarini
ilgari tuzilgan shartnomalarga nisbatan о‗zgarti-rishga (agar shartnomaning о‗zida boshqacha
tartib belgilangan bо‗lmasa) faqat taraflarning kelishuviga muvofiq yо‗l qо‗yiladi.
Xususiylashtirilgan savdo va xizmat kо‗rsatish sohasi obyektla-rining mulkdorlari shu korxonalar
egallab turgan yer uchastkalarini mulk qilib sotib olish huquqiga egadirlar;
- korxonalar va tashkilotlarning, shu jumladan, tugatilayotgan va tugatilgan korxonalar va
tashkilotlarning mol-mulki Respublika kо‗chmas mulk birjasi va uning filiallarida auksion savdoda
Davlat mulk qо‗mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq sotiladi;
- davlatga qarashli ishlab turgan korxona tashkilotlarning mol-mulki (aktivlari) faqat Davlat
mulk qо‗mitasi ruxsati bilan va belgilangan tartibda sotiladi.
Respublikada mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish asta-sekin, biridan ikkinchisiga
о‗tiladigan uch bosqichda amalga oshiriladi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bora-sida ijara korxonalari, kichik, xususiy
korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, qо‗shma korxonalar, fermer xо‗jaliklari, kooperativlar va dehqon
xо‗jaliklari kabi tashkiliy-huquqiy shakllari tashkil topdi.
Erishilgan natijalar bilan birga, jiddiy yondashish va tez hal etishni talab qiladigan bir qancha
muammolar ham mavjud:
- birinchidan, xususiylashtirishni amalga oshirishning past sur‘atlari uning samaradorligini
kamaytirmoqda. Jahon amaliyoti islohotlar bir vaqtda va muntazam amalga oshirilganida ijobiy samara
berishini kо‗rsatmoqda. Xususiylashtirish sustlashsa, odamlarning mos ravishda fikr yuritish jarayoni
sekinlashadi, iqtisodiy xulq-atvorning eski stereotiplari uzoqroq saqlanib turadi;
21
- ikkinchidan, bir tarmoq. (yoki soha)da xususiylashtirish amalga oshirilib, u bilan bog‗liq
bо‗lgan boshqa sohada davlat mulki yoki uning monopoliyasi saqlanib qolishi xususiylashtirilgan
korxonalarning manfaatlarini kamsitadi. Bu hol, eng avvalo, turli tarmoqlardagi narxlarning pariteti
buzilishida namoyon bо‗ladi. Masalan, agrar sektorda nisbatan tez amalga oshirilgan mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qishloq xо‗jaligi manfaatlariga zarar keltiradi. Chunki, qishloq
xо‗jaligiga texnika, о‗g‗itlar, elektr energiyasi, yoqilg‗i yetkazib beruvchi korxonalar ancha kech
xususiylashtirildi va ular monopolistlar (yoki oligopolistlar) mavqeini saqlab qolib, о‗z mahsulotlari
narxini oshirdilar. Buning natijasida agrar sektor katta-katta iqtisodiy qiyinchilik-larga duch keldi;
- uchinchidan, xususiylashtirishning pulli bо‗lishi xususiylash-tirilayotgan obyektlar bozoriga
munosib baholanishini taqozo etadi. Biroq mol-mulkni baholashning ilmiy usullari va islohotlarning
dastlabki bosqichida tegishli mutaxassislarning bо‗lmaganligi kо‗pdan-kо‗p tartibbuzarliklarni keltirib
chiqaradi. Buning natijasida, mulk tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanishni istagan va shug‗ullana
oladigan odamlar qо‗liga emas, balki tasodifiy odamlar qо‗liga о‗tib qoladi.
Umuman olganda, keltirilgan muammollar murakkab bо‗lishiga qaramasdan, О‗zbekistonda mulkdorlar
sinfini shakllantirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Hozirgi vaqtda
jamiyatimiz tarkibida real mulkka ega bо‗lgan, uni qadrlayotgan va ularni о‗z moddiy farovonliklari uchun
asos qilib olayotgan kishilarning katta guruhi shakllandi. Ushbu ijtimoiy qatlamni yanada mustahkamlash
davlatning iqtisodiy qudrati oshishiga, uning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta‘minlanishiga, demokratik
qadriyatlar qaror topishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |