ЎЗO'Z
O‘zbekistonda ilk bor koronavirusning “britancha” shtammi qayd etildi9:24 | 02.02.2021
O‘zbekistonda bitiruvchilarning baholarini OTMga kirish imtihonida inobatga olish tartibi e'lon qilindi11:35 | 02.02.2021
Toshkentning Eski shahar hududida milliy savdo shaharchasi tashkil etilishi mumkin14:09 | 03.02.2021
Jahon banki tabiiy ofatlardan O‘zbekistonda o‘rtacha 1,4 million kishi aziyat chekishini ma'lum qildi14:28 | 03.02.2021
Urganch–Farg‘ona–Urganch yo‘nalishi bo‘yicha aviqatnovlar boshlandi16:52 | 03.02.2021
TIV vakilini shilqimlikda ayblagan polshalik jurnalist O‘zbekistondagi muxbir sifatida akkreditatsiya qilindi17:16 | 03.02.2021
Jahon 19:03 | 25.02.2022
“G‘arbda Putin rejimiga qarshi 2 ta qurol mavjud” — Pol Krugman
Nobel mukofoti sovrindori Rossiyaga katta talafot keltiradigan choralarni ma'lum qildi
Amyerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sovrindori Pol Krugman Ukrainadagi voqealar haqida fikr bildirib, G‘arbda Putin rejimiga qarshi 2 ta qudratli qurol mavjudligini ma'lum qildi. Olim o‘z fikrlarini “The New York Times” uchun yozgan ma'qolasida bildirgan.
Foto: “The Federalist”
Krugmanning ta'kidlashicha, AQSh va uning ittifoqchilari Vladimir Putinning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi o‘z kuchlari bilan aralashmoqchi emas. Bunday xolatda esa G‘arbning asosiy quroli Rossiyani SWIFT’dan uzish yoki Putinga yaqin doiralarning boyliklarini taftish qilish bo‘lishi mumkin.
“Payshanba kuni Prezident Bayden Rossiya banklariga qarshi keskin choralar ko‘rish rejalarini e'lon qildi. Ammo Rossiya SWIFT’dan uzilmas ekan sanktsiyalar katta natija byerishi qiyin. Rossiyani SWIFT’dan uzish esa, o‘z navbatida, Evropaning zaif nuqtasi — Rossiyadan etkazib byeriladigan gazning uzib qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Biroq dunyoning ilg‘or demokratik davlatlari Putin rejimiga qarshi yana bir kuchli moliyaviy qurolga ega. Bu qurol Putinni o‘rab olgan va uning hokimiyatda qolishiga yordam byeradigan oligarxlarning xorijdagi ulkan boyliklarini taftish qilishdir”, — degan olim.
Ta'kidlanishicha, badavlat ruslar katta mablag‘larni mamlakatdan olib chiqib, ularni chet elda saqlaydi. Gap juda katta summa haqida ketmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2015 yilda badavlat rossiyaliklarning yashirin xorijiy boyliklari hajmi Rossiya yalpi ichki mahsulotining qariyb 85 foiziga to‘g‘ri keladigan summada bo‘lgan. Tushuntirish uchun, bu huddi Jo Baydenning do‘sti chet davlatdagi hisobida 20 trillion dollarni yashirib o‘tirgandek gap.
Bundan tashqari, rus boylari yuqorida ta'kidlangan boyligining katta qismini ofshorlarda saqlaydi. “Aytishim mumkinki, Rossiya elitasining xorijdagi aktivlari fosh etilishi tarixda misli ko‘rilmagan voqea bo‘ladi va bu Rossiyaning G‘arb foydalanishi mumkin bo‘lgan eng zaif nuqtasidir.
Ammo demokratik hukumatlar bu boyliklarni taftish qila oladimi? Ha. Buning uchun huquqiy asos allaqachon mavjud. Masalan, ‘Amyerika dushmanlariga sanktsiya yo‘li bilan qarshi kurashish to‘g‘risida’gi qonunga bu to‘g‘ri keladi. Shu hafta boshida Britaniya Putinning uch taniqli do‘sti aktivlarini muzlatib qo‘ydi va yana ko‘pchiligi bilan ham shunday qilishi mumkin.
Bizda Putin rejimiga (Rossiya iqtisodiyotidan farqli ravishda) katta moliyaviy bosim o‘tkazish uchun vositalar mavjud. Ammo bunga bizning irodamiz etadimi? Bu trillion dollarlik savol.
Bu yerda ikkita yoqimsiz faktor mavjud: Birinchidan, biznesda ham, siyosatda ham bir qator qudratli odamlar rus kleptokratlari bilan chuqur moliyaviy bog‘langan. Ayniqsa, Britaniyada shunday. Ikkinchidan, barcha pul yuvadiganlarning hayotini qiyinlashtirmasdan, rossiyalik pul yuvadiganlarni ta'qib etish, ular qayerdan bo‘lishidan qat'i nazar, qiyin bo‘ladi.
Bu shuni anglatadiki, Putinning eng zaif nuqtasiga qarshi samarali harakat qilish uchun G‘arb o‘zidagi korruptsiyasiga qarshi turishi va uni engishi kyerak bo‘ladi. Demokratik dunyo bu muammoni hal qila oladimi? Buni keyingi bir necha oy ichida bilib olamiz”, — degan Pol Krugman.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevral kuni tongda harbiy opyeratsiya boshlanganini e'lon qildi. Shundan so‘ng, Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga kirib keldi va harbiy to‘qnashuvlar boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |