MUHIM SANALAR
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari – hijratdan avvalgi 53 yil, Fil yili, 8, 9, 10 yoki 12 rabi'ul avval (milodiy 571 yil aprel).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning onalari bilan Madinaga borishlari va onalarining vafoti – tug‘ilganlarining oltinchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttalibning vafoti va u zot amakilari Abu Tolibning qaramog‘iga o‘tishlari – tug‘ilganlarining sakkizinchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning amakilari Abu Tolib bilan Shom safariga chiqishlari – tug‘ilganlarining o‘n ikkinchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Fijor urushida hozir bo‘lishlari – tug‘ilganlarining yigirmanchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Fuzul shartnomasida hozir bo‘lishlari – tug‘ilganlarining yigirmanchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Xadiyjaning g‘ulomi Maysara ismli yigit bilan tijorat safariga chiqishlari – tug‘ilganlarining yigirma beshinchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Xadiyja bint Xuvaylid roziyallohu anhoga uylanishlari – tug‘ilganlarining yigirma beshinchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ka'bani qayta qurishda ishtirok etishlari – tug‘ilganlarining o‘ttiz beshinchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil bo‘lishining boshlanishi – tug‘ilganlarining qirqinchi yili, payg‘ambarlikning birinchi yili.
Habashistonga birinchi hijrat – payg‘ambarlikning beshinchi yili.
Habashistonga ikkinchi hijrat – payg‘ambarlikning oltinchi yili.
Qamal sahifasi – payg‘ambarlikning yettinchi yili boshi.
Qamal sahifasining bekor qilinishi – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili boshi.
Abu Tolibning vafoti – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga Quraysh ozorining shiddatli tus olishi – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Toifga chiqishlari – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qabilalarni Islomga da'vat qilish bilan birga, ulardan himoya so‘rashlari – payg‘ambarlikning o‘ninchi yili.
Ansorlar bilan tanishuv – payg‘ambarlikning o‘n birinchi yili zulhijja oyi.
Oisha roziyallohu anhoga fotihalanishlari – payg‘ambarlikning o‘n birinchi yoki o‘n ikkinchi yili.
Birinchi Aqaba bay'ati – payg‘ambarlikning o‘n ikkinchi yili zulhijja oyi.
Mus'ab ibn Umayr roziyallohu anhuning Madinaga yuborilishi – payg‘ambarlikning o‘n ikkinchi yili.
Isro va Me'roj – payg‘ambarlikning o‘n uchinchi yili.
Namozning farz bo‘lishi – payg‘ambarlikning o‘n uchinchi yili.
Ikkinchi Aqaba bay'ati – payg‘ambarlikning o‘n uchinchi yili.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Madinaga hijratlari – payg‘ambarlikning o‘n to‘rtinchi yili safar oyi (hijriy birinchi yil).
Masjidi Nabaviy qurilishining boshlanishi – hijriy birinchi yil rabi'ul avval oyi.
Azonning joriy qilinishi – hijriy birinchi yil.
Musulmonlarni birodarlashtirish – hijriy birinchi yil.
Urushga izn berilishi – hijriy birinchi yil.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Oisha roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy birinchi yoki ikkinchi yil shavvol oyi.
Qiblaning o‘zgartirilishi – hijriy ikkinchi yil rajab oyi.
Ro‘za va zakotning farz qilinishi – hijriy ikkinchi yil sha'bon oyi.
Katta Badr g‘azoti – hijriy ikkinchi yil Ramazon oyining o‘n yettinchi kuni.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning qizlari Ruqayya roziyallohu anhoning vafotlari – hijriy ikkinchi yil Ramazon oyi.
Hazrati Aliy va Fotimalarning nikoxdari – hijriy ikkinchi yil.
Banu Qaynuqo' g‘azoti – hijriy ikkinchi yil shavvol oyi.
Saviq g‘azoti – hijriy ikkinchi yil zulhijja oyi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Hafsa roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy uchinchi yil sha'bon oyi.
Uhud g‘azoti – hijriy uchinchi yil shavvol oyining yettinchi kuni.
Xamr – mast qiluvchi ichimliklarning butunlay harom qilinishi – hijriy uchinchi yil shavvol yoki to‘rtinchi yil rabi'ul avval oyi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Zaynab bint Xuzayma roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy to‘rtinchi yil rabi'ul avval oyi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ummu Salama roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy to‘rtinchi yil shavvol oyining yigirma beshinchi kuni.
Davmatul jandal g‘azoti – hijriy beshinchi yil rabi'ul avval oyi.
Xandaq (Ahzob) g‘azoti – hijriy beshinchi yil shavvol oyi.
Banu Qurayza g‘azoti – hijriy beshinchi yil zulqa'da oyi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Zaynab bint Jahsh roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy beshinchi yil zulqa'da oyi.
Banu Mustaliq g‘azoti – hijriy oltinchi yil sha'bon oyi.
Ifk hodisasi – hijriy oltinchi yil sha'bon oyi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Juvayriya bint Horis roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy oltinchi yil sha'bon oyi.
Hudaybiya sulhi – hijriy oltinchi yil zulqa'da oyi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning atrofdagi podshoh va amirlarga da'vat maktublarini yuborishlari – hijriy oltinchi yil zulhijja oyining oxiri yoki yettinchi yil muharram oyining boshi.
Xaybar g‘azoti – hijriy yettinchi yil muharram va safar oylari.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Safiyya bint Huyay roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy yettinchi yil, Xaybar g‘azotidan Madinaga qaytayotganlarida.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ummu Habiba bint Abu Sufyon roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy yettinchi yil.
Zotur-riqo' g‘azoti – hijriy yettinchi yil rabi'ul avval oyi.
Qazo umrasi – hijriy yettinchi yil zulqa'da oyi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Maymuna bint Horis roziyallohu anhoga uylanishlari – hijriy yettinchi yil zulqa'da oyining oxiri, qazo umradan keyin.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning katta qizlari Zaynab roziyallohu anhoning vafotlari – hijriy sakkizinchi yil muharram oyi.
Mu'ta jangi – hijriy sakkizinchi yil jumodul avval oyi.
Makkaning fath qilinishi – hijriy sakkizinchi yil Ramazon oyining o‘n yettinchi kuni.
Hunayn g‘azoti – hijriy sakkizinchi yil shavvol oyining o‘ninchi kuni.
Toif g‘azoti – hijriy sakkizinchi yil shavvol oyi.
Ji'rona umrasi – hijriy sakkizinchi yil zulqa'da oyi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘g‘illari Ibrohimning tug‘ilishi – hijriy sakkizinchi yil zulhijja oyi.
Turli qabila va yurtlardan elchi-vakillarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelishlari – hijriy to‘qqizinchi yil.
Tabuk g‘azoti – hijriy to‘qqizinchi yil jumodul avval oyi.
Najoshiy rahmatullohi alayhning vafoti – hijriy to‘qqizinchi yil rajab oyi.
Ummu Kulsum roziyallohu anhoning vafotlari – hijriy to‘qqizinchi yil sha'bon oyi.
Riboning harom qilinishi – hijriy to‘qqizinchi yil.
Abu Bakr roziyallohu anhuning odamlar bilan haj qilishlari – hijriy to‘qqizinchi yil zulhijja oyi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning kenja o‘g‘illari Ibrohimning vafoti – hijriy o‘ninchi yil jumodul oxir oyi.
Vidolashuv haji – hijriy o‘ninchi yil zulhijja oyi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning vafotlari – hijriy o‘n birinchi yil o‘n ikkinchi rabi'ul avval.