Birinchi yo’nalish bevosita «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining vujudga kelish va rivojlantirilishining tarixiy bosqichlari bilan bog’liq bo’lib, bunda mazkur tushuncha «umumiy bozor muvozanati» sifatida talqin qilinishi darajasigacha etib keladi. Bu yo’nalishda iqtisodiy muvozanatlikning ko’plab model-lari mavjud bo’lib ular turli davrlarda bu muammoga har xil qarashlarni aks ettirgan:
1.Oddiy takror ishlab chiqarish modeli. (F. Kene tomonidan XVIII asrda Frantsiya misolida tushuntirilib berilgan.)
2.Oddiy va kengaytirilgan kapitalistik ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. ( XIX asrda klassik iqtisodchilar tomonidan asoslab berilgan.)
3.Erkin raqobat qonuni amal qilgan sharoitda umumiy iqtisodiy muvozanatlik modeli. (L. Valras tomonidan asoslagan.)
4.«Xarajatlar – mahsulot ishlab chiqarish» modeli. (V. Lontev asos solgan.)
5.Qisqa davrli iqtisodiy muvozanatlik modeli. (D.Keyns siklik rivojlanishni tahlil qilish orqali ko’rsatib bergan.)
6.Iqtisodiy muvozanatlik nazariyasidagi ikkinchi yo’nalish sobiq sotsialistik lager mamlakatlari iqtisodiy tizimining inqirozga uchrashi oqibatida vujudga keldi. Bu mamlakatlarda shiddatli tarzda ro’y bergan ijtimoiy-iqtisodiy beqarorliklar, ya’ni iqtisodiy o’sish sur’atlari va bandlik darajasining surunkali pasayib borishi, inflyatsion jarayonlarning noxush oqibatlari hamda takror ishlab chiqarishdagi doimiy ravishda vujudga kelib turgan boshqa nomutanosibliklar, makroiqtisodiy muvozanatlikka erishish orqali iqtisodiy o’sishni zarur qilib qo’ydi. Bu nazariya iqtisodiy fanlar oldiga «iqtisodiy muvozanatlik» tushunchasining iqtisodiy mazmunini, uni ta’minlashning shart- sharoitlarini va namoyon bo’lish shakllarini ilmiy nazariy tadqiq qilish vazifasini ham qo’yadi.
1.1-jadval. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (2022- yil yanvar-iyun)
|
Mlrd. so‘m
|
2021- yil yanvar-iyunga nisbatan % hisobida
|
Yalpi ichki mahsulot
|
389631,2
|
105,4
|
Sanoat mahsuloti
|
251372,8
|
105,1
|
Iste’mol tovarlari
|
86870,4
|
127,8
|
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari
|
131722,0
|
102,7
|
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar
|
121806,4
|
109,4
|
Qurilish ishlari
|
60325,4
|
106,2
|
Yuk aylanmasi (mln. t/km)
|
36243,7
|
102,9
|
Yo‘lovchi aylanmasi (mln. yo‘lovchi/km)
|
67715,3
|
107,4
|
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari, jami
|
160558,5
|
114,5
|
Chakana savdo tovar aylanmasi
|
134135,9
|
109,9
|
Tashqi savdo aylanmasi, (mln. AQSH. doll)2)
|
24491,0
|
132,4
|
Eksport
|
9924,6
|
140,5
|
Import
|
14566,4
|
127,4
|
Saldo (+,–)
|
-4641,8
|
х
|
Iste’mol narxlari indeksi ( 2021- yilning dekabr oyiga nisbatan, %.) x 106,5
|
Iste’mol narxlari indeksi ( 2021- yilning dekabr oyiga nisbatan, %.) x 106,5
|
Iste’mol narxlari indeksi ( 2021- yilning dekabr oyiga nisbatan, %.) x 106,5
|
Yuqoridagi barcha qarashlarni umumlashtirib, iqtisodiy muvozanattushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Iqtisodiy muvozanatlik - bu makroiqtisodiyot darajasida jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdorining va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o’zaro mos kelishligini xarakterlaydi.
Iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning turli darajasidagi (mikro va makro) har xil muvozanatliklarni qamrab oladi. Bu barcha muvozanatliklarni shartli ravishda umumiy va xususiy muvozanatliklarni ajratib ko’rsatish mumkin. Umumiy muvozanatlik makroiqtisodiy muvozanatlikni ancha to’liq darajada ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |