Xorijiylar (arab. ajralib chiqqan, isyonchi) — islomdatn ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar oʻrtasidagi kurash davomida 7-asrning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali Muoviya tarafdorlari (ummaviylar) bilan muzokara olib borishga koʻngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarining oʻrtasida norozilik tugʻdirgan. Qoʻshinning bir qismi (12 ming kishi) Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib chiqqan va keyinchalik Aliga ham, ummaviylarga ham bab-baravar qarshi kurash boshlagan. Ana shu guruh tarafdorlari X. deb nom olgan. X. harakati arablar tomonidan boʻysundirilgan Iroq va Eron aholisi, oddiy arabmusulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular oʻzlarini haqiqiy musulmon deb hisoblagan. X. "dindan qaytgan" deb eʼlon qilingan siyosiy va gʻoyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz boʻlgan. X. taʼlimotiga koʻra, xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga boʻysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli boʻlsa ham) xalifa boʻlib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan boʻshatiladi va hatto qatl etiladi.
"Islomdagi yo'nalishlar, mazhablar, oqimlar "
Insoniyat murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonni boshidan kechirmoqda. XXI asr mafkuralar to'qnashuvi asri bo'lishini idrok etmoq zarur, bunda prezidentimiz I.Karimovning "XXI asrda yadro poligonlaridan emas, balki mafkuraviy poligonlardan ehtiyot bo'lishimiz, mafkuraviy immunitet hosil qilishimiz lozim", degan fikrlari nihoyatda muhim. Shuningdek, ''G'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan bahsga kirishmog'imiz, kurashmog'imiz kerak", degan so'zlarini alohida esda tutishimiz darkor. Mustabid tuzum, jaholat va mutaassiblikka chorlovchi g'oyalarga qarshi milliy istiqlol g'oyasini qo'ya bilishimiz zarur. Milliy istiqlol g'oyasi qanday mazmun kasb etadi? Avvalo, milliy istiqlol g'oyasi millatidan qat'i nazar O'zbekiston Respublikasting fuqarolarini tashkil etuvchi O'zbekiston xalqi (Konstitutsiya, 8-modda) manfaatini ifoda etishini anglamog'imiz kerak.
Milliy istiqlol g'oyasinint bosh maqsadi: yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajagi buyuk bo'lgan davlatni qurish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun asosiy shart barqaror vaziyat. Barqarorlikka qarshi bo'layotgan tahdidlar ichida eng xavflisi � mafkuraviy tahdid, uning sinashta bo'lgan uslubi, ayniqsa, bizning xalqimizga qarshi qo'llaydiganlari � diniy omil hisoblanadi.
Ana shunday sharoitda mintaqada, xususan, O'zbekistonda, o'z ta'sirini o'tkazishga uringan kuchlar millatimiz tabiatini hisobga olgan holda Islom omilidan g'arazli maqsadlarda foydalanish harakatida bo'ldilar. Islom dinining sof g'oyalari niqobi ostida siyosiy hokimiyatni egallashga intildilar. Ya'ni, Alloh, Islom kabi so'zlarni qo'shib nomlangan, eshitilishi jarangdor partiya, tashkilotlar � "Islom uyg'onish partiyasi", "Hizbulloh" (Alloh partiyasi), "Hizb at-tahrir al-islomiy" (Islom ozodlik partiyasi) kabilarni tuzib, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag'darib tashlab, yaxlit jug'rofiy hududda Islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar.
Bu borada "Islom ta'limoti nima deydi?" degan o'rinli savol tug'iladi. Har qanday ta'limotni uning asl manbalari orqali tushunish, o'rganish maqsadga muvofiqdir. Ana shu yo'ldan borib, Islom dinida fiqhiy va aqdsaviy jihatdan qanday bo'linish, ajralishlar bo'lgani, uning sabablarini ilmiy, qiyosiy jihatdan o'rganish mazkur kursning bosh maqsadi hisoblanadi.
Manba va atamalar lug'aviy va istilohiy sharhlari, sunniylik yo'nalishi
Islomning lug'aviy ma'nosi "Buyuruvchining farmoni va taqiqiga e'tirozsiz bo'ysunish hamda uni buyurilgandek bajarish", demakdir. Islomning istilohniy ma'nosi Alloh tarafidan yuborilgan barcha payg'ambarlar insonlarga Islom dinidan ta'lim berganlar. Alloh taologa, Uning sifatlariga, oxirat kuniga payg'ambar yo'llagandek ishonish, kitoblarini tasdiqlab, ular ravshanlantirib bergan to'g'ri yo'ldan borish, Yaratganni yagona bilib, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikdir.
Shariat � to'g'ri yo'lga solmoq, qonunchilik yo'naltirmoq, ibodat yo'llari, hayotiy va ijtimoiy qoidalar, kishilar orasidagi munosabat va muammolar, halol bilan haromni ajratib bermoqdir.
Qur'on va sunnatning hukmlaridan olingan mana shu qonunlar fiqh ilmi, deyiladi.
Istilovda "fiqh" "Alloh taolo o'z payg'ambari Muhammad (S.A.V.) orqali nozil qilgan shariatni teran fahmlamoq" ma'nosini bildiradi. "Fiqh"ning shariat istilohidagi boshqa ta'rifida "Shar'iy dalillardan qar'iy hukmlar chiqarishdir", deyiladi. Bu ta'rifdagi "shar'iy dalil" Qur'oni karim va hadisi sharifdir. "Shar'iy hukm" esa umumiy hukmdan kelib chiqadigan xususiy fikrdir. Shariatda shar'iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda namoyon bo'ladi. Zamonlar o'tishi bilan, Al-istinbat � chiqarib olish, sug'urib olish uslublari shakllana bordi. Ijtihod qilish natijasida qat'iy dalolat qilib berilmagan hukmlar, fikrlar xususida ijmo � ya'ni, yetuk ulamolarning o'zaro kengashib bir fikrga kelishlari taomilga kira boshladi. Shu tariqa qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar bilan birga yangi bir fan � usuli fiqh � ya'ni, musulmon huquqshunosligi vujudga keddi. Mazhab so'zi arabcha "yo'nalish" ma'nosini bildirib, Islom atamashunosligida biror diniy masala, muammo bo'yicha muayyan ulamo fikriga ergashish, "uning yurgan yo'nalishidan borish" (arabcha � zaxaba 'ala mazhabixi)ni bildiradi.
Islomda asosan ikki yo'nalish: sunniylik (ahli sunna val jamoa � sunnat va jamoat ahli) va shialik (shiat Ali � Ali tarafdorlari) mavjud bo'lib, ularning har birida turli masalalar bo'yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo'nalish xorijiylar (xavorij � ajralib chiqqanlar) VII asrning ikkinchi yarmida deyarli bo'linib ketgan.
Sunniylik yo'nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat: Hanafiy; Shofe'iy; Molikiy; Hanbaliy.
2 ta aqidaviy Ash'ariy; Moturidiy ta'limotiga amal qiladi.
Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari
Quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart:
1. Qur'oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo'lsa, avvalo Qur'onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo'lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi.
2. Sunnat � Muhammad (S.A.V.) qilgan ishlari va aytgan so'zlari. Hadislarga asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir.
3. Ijmo � bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga yetgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir.
4. Qiyos - ya'ni, hukmi vorid bo'lmagan masalani Qur'on va hadisda, shunga o'xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish.
1. Hanafiylikdagi mashhur kitoblar: Muhammad bin al-Xasan ash-Shayboniyning (vafoti 805 yil) "Kutub Zaxirurrivoya" nomli kitobi. Keyinroq uning muhim qismlarini Abul Fodi al-Marvazi "Al-Kofiy" asarida yanada tartibga soldi. Unga Shamsuddin as-Saraxsi (vafoti 1090 yil) "Al-Mabsut" nomli sharh yozdi.
2. Molikiylikda Molik ibn Anasning "Al-Muvatta" ("Ommaviy", ya'ni "Barchaga tushunarli") kitobi asosiy asardir. Undan tashqari Abdussalom Saxnumning (vafoti 854 yil) "Al-Mudavvana al-Kubra" asari alohida o'rin tutadi.
3. Shofe'iylikda �Al-Umm� kitobi asosiy manbadir.
4. Hanbaliylikda Ahmad ibn Hanbalning �Al-Musnad� asari bosh manba sifatida qaraladi.
Hanafiylik, No'mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati
VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o'ziga xos tushunchalar, ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fikh paydo bo'lishining ilk davridayoq, ikki yo'nalish maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo'lib, u yana "mustaqil fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra'y), ikkinchi � Madina maktabi esa "hadis tarafdorlari" (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq � maktablar o'z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo'lib qolgan huquqiy an'analar bilan belgilanadi.
"Ashob ar-ra'y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A'zam Abu Hanifa (r.a.) hisoblanadi.
Hanafiya Islomdagi eng ko'p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767 yillarda yashagan. Ma'lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo'lgan, Payg'ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas'ud (vaf. 653 y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaho sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738 y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo'lgan.
Abu Hanifa kufalik bo'lib, o'zining ismi No'mon ibn Sobit edi. O'ziga to'q ipak sotuvchi xonadonida tavallud topgan. A'lo ta'lim olib, yoshligida so'nggi sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo'ladi. Ustoz vafotidan so'ng 10 yil davomida ushbu to'garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro'li faqihi hisoblangan. 747-748 yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko'chib o'tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim sifatida hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag'dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida qat'iyan rad javobini beradi. Xalifa uning irodasini bo'ysundirish uchun yoshi va obro'siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi. Oradan ko'p o'tmay, Abu Hanifa olamdan o'tadi.
Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma'lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo'lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |