Umumiy tushunchalar.
Muhandislik geologiyasi. Geologiya tarixi, amaliyot,tadqiqot ob’ektlari, geoxazard va salbiy geologik sharoitlar. Inshoatning mustaxkamligi, ustivorligi, ishonchli ishlashi uning poydevori va zaminning mustaxkamligiga bog‘lik bo‘ladi.
Grajdan inshoatlari poydevorining qiymati inshoat qiymatining 7-12% ni tashkil qilsa,gidrotexnika inshoatlari uchun bu son 40-60% ni tashkil qiladi.Misoldan ko‘rinib turibdiki inshoatning tan narxi poydevorining qiymatiga bog‘lik.
Poydevor-deb,ustiga o‘rnatilgan inshoat og‘irligini va unga ta’sir qiluvchi barcha tashki ta’sirlarni o‘zida kabo‘l qilib,o‘zining og‘irligi bilan birgalikda zaminga uzatuvchi er osti eki suv osti inshoatiga aytiladi.
Poydevorning pastki zamin bilan chegaralangan kismi,asosi,usti inshoat bilan chegaralangan satxi esa kirgogi-deb yuritiladi.Inshoat atrofidagi tekislangan er satxidan poydevor asosigacha bo‘lgan vertikal masofa poydevorning o‘rnatilish cho‘kurligi deyiladi.
Zamin-deb inshoat va poydevorning og‘irligini,xamda ularga ta’sir qiluvchi barcha tashki ta’sirlarni o‘zida kabo‘l qilib natijada deformatsiyalanadigan poydevor tagida joylashgan grunt massiviga aytiladi.Tashki ta’sir natijasida grunt massivida sodir bo‘ladigan deformatsiya,inshoatning normal ishlashi uchun xavfli bo‘lmasa,ya’ni deformatsiya ruxsat etilgan deformatsiyadan oshib ketmasa poydevor to‘g‘ridan to‘g‘ri zaminga o‘rnatiladi va bunday zamin tabiiy zamin deb yuritiladi.
Agarda grunt massivida sodir bo‘ladigan deformatsiya ruxsat etilgan deformatsiyadan katta bo‘lib,inshoatning normal ishlashi uchun xavfli bo‘lsa zaminning mustaxkamligi suniy yullar bilan yaxshilanib,sungra poydevor o‘rnatiladi.Bunday zamin esa suniy zamin deb yuritiladi.Zamonaviy talablarga to‘liq javob bera oladigan poydevor va zaminni loyixalash nixoyatda murakkab bo‘lib,u muxandisdan poydevor zaminidagi gruntlarning barcha xossalarini bilishni va bu xosalarni atrof muxitning ta’siridan o‘zgarishi qonuniyatlarini urganishni talab qiladi.Bu muommolarni to‘g‘ri xal qilish mo‘taxassisdan qo‘yidagilarni bilishni talab qiladi:
1.Inshoat kuriladigan xududning geologik,gidrogeologik shart sharoitlarini,xududda joylashgan gruntlarning fizik,fiziko-ximik va fiziko-mexanik xususiyatlarini,ularning o‘zgarish qonuniyatlarini.
2.Kurilgan inshoatning geologik va gidrogeologik muxitga ta’siri.Bu ta’sir natijasida xududda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar va bu o‘zgarashlarni oldindan baxolay bilishni.
3.Zamindagi gruntlarning kuchlanganda deformatsiyalanganlik xolatlarini bilishni va zaminning mustaxkamligini texnik-iktisodiy jixatdan baxolay olishni.
4.Zamin,poydevor va unga o‘rnatilgan inshoatning uzaro xamkorlikda ishlashini ifodalovchi hisobiy sxemasini ishlab chikishni.
5.Zamin va poydevorni hisoblashda murakab statik va dinamik kuchlarning ta’sirini hisobga oluvchi hisoblash metodlarini bilishni va ishlab chikishni.
6.Kurilish xududdining spetsifik xususiyatlarni hisobga oluvchi ish jaraenini tashkil qilish,boshkarish va boshkalarni.
Sanab o‘tilgan masalalarni xal qilish ustida qilingan izlanishlar,ilmiy tadkikot va nazariy ishlar,kuplab fanlarni vujudga kelishiga va rivojlanishiga olib keldi.
Bu fanlar:”Injenerlik geologiyasi”,”Gruntshunoslik”,”Gruntlar mexani-kasi”,”Zamin va poydevorlar” fanlari bo‘lib,yuqoridagi masalalarni echishda aloxida urin to‘tadi.
“Injenerlik geologiyasi” fani - loyixalanaetgan inshoatga geologik va gidrogeologik muxitning ta’sirini,inshoat kurilib bitgandan sung ish jaraenida uning atrof muxitga ta’sirini urganadi.
“Gruntshunoslik” fani gruntlarning fizik,fizik-ximik,fizik-mexanik xususiyatlarini va ularning o‘zgarish qonuniyatlarini urganadi.
“Gruntlar mexanikasi” fani gruntlarning kuchlanganda deformatsiyalanish xolatlarini,tashki yuk ta’siridan gruntlarda sodir bo‘ladigan kuchlanish va deformatsiyalarni hisoblashni shu bilan birga zamin va poydevorning mustaxkamligi,ustivorligi,tejamkorligi masalalarini urganadi.
“Injenerlik geologiyasi” fani “Zamin va poydevorlar” fanining tabiiy,tarixiy asosi bo‘lib xizmat qilsa,”Gruntlar mexanikasi” fani uning mexaniko-matematik asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Zamin va poydevorlarni loyixalash,kurishga oid barcha masalalar,zamin va poydevorlar fanida urganiladi va echiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |