1-MA’RUZA
“MUHANDISLIK GEOLOGIYASI ” FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA METODI
REJA
Fan haqida
Muhandislik geologiyasi masalalari
Umumiy tushunchalar Muhandislik geologiyasi. Geologiya tarixi, amaliyot, tadqiqotob’ektlari, geoxazard va salbiy geologik sharoitlar
1.2. Gruntlarning kelib chikishi
1.3. Minera ltarkibi
1.4. Grunt zarrachalarining tarkibi
Tayanch so‘z va iboralar
Massiv, metomorfizm, metomorfizm faktorlari, metamorfizm turlari,kontaktli, regional, dinamometamorfizm, gneyslar, marmar, kvarsit, turli slaneslar, qatlamli, slanesli, yo`l-yo`l,sementlashuv
Fan haqida
Geologiya so`zi grekcha geo - "er", logos - "o`rganaman" degan ma'noni bildiradi. Geologiya - qadimiy fanlardan biri bo`lib, yerning ustki va ichki qismlarini va undagi ro`y beradigan mavjud hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi. U rasmiy fan sifatida XIX asrda rivojlana boshlagan. Fanning rivojida uning asoschisi M.Yu.Lomonosov, bundan tashqari Sharq mamlakatlari bir qancha olimlari ham katta hissa qo`shishgan. Jumladan Beruniyning "Hindiston" asarida Yer sayyorasi haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan. Geologiya - yer haqidagi kompleks ilm bo`lib, uning tuzilishi, rivojlanishi, turli xil geologik jarayonlarni o`rganadi.
Geologiya bir qator aralash ilmlarga bo`linadi:
1. Minerologiya – minerallarhaqidagi ilm.
2. Petrografiya – tog` jinslari, ularning kelib chiqishi, tuzilishi va tarkibi haqidagi fan.
3. Tarixiy geologiya – yerning paydo bo`lishi, va rivojlanishi, undagi hayvonot va o`simlik olamini o`rganuvchi fan.
4. Geofizika – yer qobig`i sirtida va yer ostida sodir bo`ladigan fizik jarayonlarni o`rganuvchi fan.
5. Dinamik geologiya – yer sirti shaklini o`zgartiruvchi jarayonlarni o`rganuvchi fan.
6. Stratigrafiya – tog` jinslari qalinligi va qatlamlarning joylashishi sharoitlarini o`rganuvchi fan.
7. Gidrogeologiya – yer osti suvlari, ularning kelib chiqishi, harakat qonunlari, fizik va kimyoviy xususiyatlarini o`rganadi.
8. Muhandislik geologiyasi – tog` jinslari fizik va texnik xususiyatlari va geologik jarayonlarni o`rganuvchi fan bo`lib, geologiyaning bitta yo`nalishidir.
Bu fan turli inshootlarning qurilish sharoitlari va tabiiy yer massasining turg`unligini ta’minlash uchun o`tkaziladigan Muhandis geologik tadbirlar yo`nalishlarini aniqlab beradi.
1.2. Muhandislik geologiyasi masalalari
Muhandislik geologiyasining asosiy masalalari:
1. Tog` jinslari tarkibi qurilish xususiyatlari va joylashish sharoitlarini aniqlash;
2. Inshootlarning turg`unligiga ta'sir o`tkazish mumkin bo`lgan geologik jarayonlarni o`rganish;
3. Inshoot qurilishi natijasida paydo bo`lishi mumkin bo`lgan muhandis geologik hodisalarni o`rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |