22.2.Aerofotosuratlarda tektonik strukturalar va stratigrafik
komplekslarni talqin qilish.
Aerofotosuratlarni talqin qilishning asosiy vazifalari bo’lib ularda
tasvirlangan tog’ jinslarining yotish sharoitlarini, har xil qatlamalar orasidagi
nomuvofiqliklarni, burmali va yoriqli strukturalarni aniqlash va o’rganish
masalalari sanaladi.
Qulay shariotlarda aerofotosuratlarda tasvirlangan geologik strukturalarni
talqin qilish asosida geologik kesmalar va xaritalar tuzish mumkin. Bunday
sharoitlarga tub jinslarning ochilganligi darajasi, geologik kesmada turli litologik
tarkibdagi qatlamlarning almashinib yotishi, tektonik strukturalar elementlari bilan
relyef shakllari, suv tarmoqlari va o’simliklarning tarqalishi orasidagi
bog’liqlikning mavjudligi kiradi. Bundan tashqari aerofototasvirga olish sharoiti,
uning miqyosi va sifati ham ahamiyatli hisoblanadi.
Tub tog’ jinslari qancha yaxshi ochilgan bo’lsa, joyning geologik
tuzilishini belgilovchi strukturalar xususiyatlari ham shuncha aniq ifodalangan
bo’ladi. Bunda talqin qilish uchun interpolyasiyadan foydalanmasa ham bo’ladi.
O’rganilayotgan joyning geologik kesmada tog’ jinslarining moddiy tarkibi
qanchalik xilma-xil bo’lsa, aerofotosuratlarda qatlam va gorizontlarning yotish
sharoiti va ular orasidagi munosabatlar shuncha batafsil ko’ringan bo’ladi. Tog’
jinslari o’zlarining rangi va nurash jarayoniga bardoshliligi bilan keskin
farqlanuvchi joylarda aerofotosuratlarni talqin qilish yaxshi natijalar beradi.
Har xil struktura shakllarini talqin qilishda aerofotosuratlarda eng yaxshi
ko’rinadigan qatlamlardan tayanch gorizontlari sifatida foydalaniladi. Ular
yondosh jinslarning yotish sharoitini aniqlashda katta yordam beradi. Bunday
tayanch gorizontlari bir xil tarkibli qalin qatlamalarni va yaxshi ochilmagan
172
maydonlardagi geologik strukturalarni talqin qilishda asosiy belgi sifatida
ishlatiladi.
Darzliklar va klivajalar kuchli rivojlangan bir xil tarkibli, burmalangan
tog’ jinslarini talqin qilishda o’zgacha fototonga ega bo’lgan qatlam yoki
gorizontlarning mavjudligi asqotadi. Bunda ularning ma’lum relyef shakllarini
hosil qilishi ham yordam beradi.
Aerofotosuratlarda
tasvirlangan
tektonik
strukturalarni
aniqlashda
relyefning ham ahamiyati katta bo’ladi. Relyef qanchalik notekis bo’lsa,
strukturalarni talqin qilish belgilari shuncha ko’payadi va uning aniqligi oshadi.
Relyef shakllarini tahlil qilish bilan bir qatorda suv tarmoqlariga ham
e’tibor berilishi lozim. Chunki ularning yo’nalishi, vodiylarning tuzilishi,
ko’llarning joylashishi, qirg’oqning shakli joyning geologik tuzilishidagi struktura
shakllarini bevosita aks ettiradi.
O’simlik koplamalari yaxshi rivojlangan joylarda geobotanik belgilardan
unumli foydalanish darkor. Chunki ularning tarqalishidagi qonuniyat joyning
geologik tuzilishiga bog’liq bo’lishi mumkin.
Har xil o’lchamdagi burmali strukturalarni talqin qilishda bir vaqtning
o’zida aerofotosuratlar, fotosxema va fotoplanlardan foydalanish yaxshi natija
beradi. Ko’proq va yaxshi ochilgan joylarning aerofotosuratlarida burmalarning
butun tafsilotlari va mayda uzilmali strukturalar o’rganiladi. Yirik tektonik
strukturalar fotosxema va fotoplanlarda ancha yaxshi ifodalangan bo’ladi.
Shuni yodda tutish kerakki, relyefi ancha tekis va tub jinslar yaxshi
ochilmagan hududlarda aerofotosuratlarda ko’rinmaydigan yirik strukturalar
fotosxemalarda aniqlovchi belgilarining ko’payishi va boshqa strukturalar bilan
bo’lgan munosabati bo’yicha ancha oson ajratiladi.
Ko’p hollarda yirik burmalar tog’ tizmalarining shakli va yo’nalishi hamda
nurashga chidamliroq bo’lgan tog’ jinslaridan tuzilgan turli tepaliklar orasidagi
ma’lum qonuniyatlar yordamida aniqlanadi. Litologik tarkibi bo’yicha farq
qiluvchi qatlamlardan tuzilgan burmalarda topografik tasavvur talqin qilish vaqtida
muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Yotish burchagi kichik bo’lgan burma qanotlarida
173
va monoklinal strukturalarda kuestali relyef turi rivojlangan bo’ladi. Sinklinal va
antiklinal strukturalarning yadrolari o’rnida botiq va qavariq relyef shakllari hosil
bo’ladi. Aerofotosuratlarda burmali strukturalarni talqin qilish belgilari tog’ jinslari
orasidagi munosa-batlarni tahlil qilishda va kontaktlarni aniqlashda yordam beradi.
Aerofotosuratlarda burmali strukturalarni talqin qilishda relyef bilan bir
qatorda suv tarmoqlari va ularning shakli, yo’nalishi ham asosiy belgilar qatorida
turadi.
Asimmetrik tuzilishga ega bo’lgan vodiylarning o’zaro parallel
joylashganligi shu joyda monoklinal strukturaning mavjudligi va ularning
yo’nalishi bo’yicha ushbu vodiylarning hosil bo’lganligidan darak beradi.
Cho’kindi jinslar rivojlangan bir markazdan yoki suvayirg’ichdan turli tomonlarga
radial yo’nalgan soylar yadrosi mustahkam tog’ jinslaridan tuzilgan antiklinal
strukturalarda kuzatiladi.
Burmalarning turlari va ular orasidagi munosabatlarni aniqlashda yana bir
muhim xususiyat - aerofotosuratlarda tasvirlangan qatlamlarning stratigrafik
ketma-ketligi masalasidir. Aerofotosuratlarda qatlamlarning stratigrafik ketma-
ketligini aniqlash natijasida burmali strukturalarning konturi, uzilmali struktura-
larning
morfologik
turlari
aniqlanadi.
Bulardan
tashqari
burmalarning
simmetrikligi xususiyatlari, qanotlarining yotish elementlari, burmalarning
to’ntarilib yotganligi, yirik burmalarda mahalliy murakkablanishlarning mavjudligi
talqin qilinadi.
Aerofotosuratlarda tasvirlangan geologik strukturalarni talqin qilishda
qo’shimcha belgilar sifatida (ba’zi hollarda etakchi sifatida) tabiiy geologik
jarayonlar (nurash shakllari, karstlarning rivojlanishi va b.), tuproq qatlamining
mavjudligi va o’simliklarning tarqalish xususiyatlaridan ham foydaniladi.
Burmalar tuzilishda qatnashuvchi karbonatli va tuzli jinslar yer yuzasida
ochilib yotmasada, ular relyefning karstli shakli bo’yicha aniqlanishi mumkin.
Oddiy tuzilishdagi yirik burmalar qanotlarining yotish burchagi o’rtacha va
kichik bo’lganda, ularda nurashga chidamliligi bo’yicha turli tog’ jinslarining
mavjudligi tufayli, bir-biriga nisbatan parallel joylashgan kuestali relyef qatorlari
174
rivojlangan bo’ladi. Kuestali relyef qatorlari orasida odatda o’zaro parallel
joylashgan asimmetrik tuzilishga ega bo’lgan soyliklar vujudga keladi. Bunda hosil
bo’lgan qatlam uchburchaklari bir tomonga qiyalangan va kuestali relyef
qatorlarining yo’nalishi bo’yicha rivojlangan bo’ladi.
Antiklinal va sinklinal burmalar turli qattiqlikka ega qatlamlardan tarkib
topganda yadrosiga nisbatan simmetrik joylashgan burma yollari, qoyali zanjirlar
va cho’zinchoq tepaliklar rivojlanishi tufayli aerofotosuratlarda aniq ko’rinadi.
To’g’ri va simmetrik antiklinal burmalarda qatlamlarning yotishi burma
o’qidan qarshi tomonga qiyalangan, qatlam uchburchaklari va trapesiyalarining
uchi esa burma o’qiga qaragan bo’ladi. Antiklinallarning periklinal tugallanish
joylarida har ikkala qanotlarni tashqil qilgan qatlamlar tutashadi va aniq
ifodalangan gumbaz hosil qiladi. Agar qatlamlarning stratigrafik ketma-ketligi
ma’lum bo’lsa, antiklinal burmalar yadrosida nisbatan qari va qanotlarida yoshroq
tog’ jinslarining ochilib yotganligidan foydalanib osongina aniqlanadi.
O’rta Osiyoning ko’plab hududlarida kontrast ranglardagi kaynozoy
yotqiziqlari qatlamlaridan tuzilgan burmalar va monoklinal strukturalar
aerofotosuratlarda o’zlarining barcha tafsilotlari bilan ifodalangan.
Antiklinallarning aksi sifatida sinklinal burmalarda qatnashuvchi qatlamlar
hamma joyda ham burma o’qiga qarab qiyalangan, qatlam uchburchaklarining uchi
burma o’q chizig’iga qarshi tomonga qaragan bo’ladi.
Burmalarning asimmetrikligi aerofotosuratlarda qanotlarining turli
qiyaliqda yotganligi va ularga mos keluvchi burmada qatnashuvchi qatlam va
gorizontlarning er yuzasiga chiqish kengligining kichirayishi yoki qattalashishi
orqali aniqlanadi. Ularning yer yuzasiga chiqish kengligi qalinligiga to’g’ri va
yotish burchagiga teskari munosabatda bo’ladi.
To’ntarilgan burmalarda har ikkala qanot ham bir tomonga yotgan, qatlam
uchburchaklarining uchi esa bir tomonga qaragan bo’ladi.
Aerofotosuratlarda burma qanotlarining tutashgan joylari, qatlamlar yaxshi
ochilgan sharoitda, qatlamlarning bevosita tutashishi va yotish burchagining
pasayishi orqali topiladi.
175
Relyefi notekis va tog’ jinslarining tarkibi bir xil bo’lgan joylardagi oddiy
strukuralarni
xaritalash
ham
ancha
murakkab
bo’ladi.
Bu
hollarda
aerofotosuratlardan foydalanilsa joyning geologik tuzilishi xususiyatlari ancha tez
va to’g’ri talqin qilinadi.
Yotish sharoitlari tez o’zgaruvchi, murakkab burmalangan, bir tarkibli
qalin slanes qatlamlaridan tuzilgan va relyefi notekisligi tufayli yurish qiyin
bo’lgan hududlarni dala kuzatuv marshrutlari bo’yicha xaritalashda aerofoto-
suratlardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Aerofotosuratlarda o’zaro yo’nalishi va yotishi to’g’ri kelmaydigan
qatlamlar orasidagi burchakli nomuvofiqliklar juda yaxshi aniqlanadi.
Yer yoriqlaridan farqli o’laroq nomuvofiqlik yuzasi pastda yotuvchi,
nisbatan qari jinslar kompleksi strukturalarini ma’lum burchak ostida qirqib o’tadi
va ustida yotuvchi qatlamlarga parallel bo’ladi.
Turli yotqiziqlarning relyefda har xil shakllar hosil qilishi, fototonlari
orasidagi farq va o’zgacha dislokasiya darajasi orqali, yotqiziqlarning stratigrafik
ketma-ketligini hisobga olgan holda, aerofotosuratlarda nomuvofiqliklarni aniqlash
mumkin.
Tog’ jinslaridagi yirik tektonik yoriqlardan tortib to mayda darzliklargacha
bo’lgan uzilmali strukturalarni o’rganish ma’danli va neft konlarini, mineral
buloqlarni qidirish bilan bog’lik har xil geologik hamda gidrogeologik va
muxandislik geologiyasi tadqiqotlarida birinchi darajali ahamiyatga ega.
Gidrogeologik va muxandislik geologiyasi tadqiqot ishlarida tog’ jinslarining
darzlanish darajasi mukammal o’rganiladi. Chunki tog’ jinslaridagi darzliklar bilan
erosti suvlarining to’planishi, zahirasi, sifati va sarfi singari xususiyatlar,
muxandislik inshootlari qurilishida hisobga olinadigan tog’ jinslarining mexanik
mustahkamligi bevosita bog’lik.
Mintaqaviy geologik xaritalashda ham uzilmali strukturalarni o’rganish
muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Yirik yoriqli strukturalar bevosita geologik
xaritalarda tasvirlanadi. Darzliklarni o’rganish orqali burmalanish davridagi
176
tektonik kuchlanish yo’nalishi va intensivligini, burmali strukturalarning turini
aniqlash mumkin.
Aerofotomateriallarda kuzatiladigan uzilmali strukturalar orasida cho’kindi
va metamorfik jinslaridagi darzlanish, otqindi jinslardagi darzlanish hamda yer
po’stida uni tashkil etuvchi tog’ jinslarining tarkibiga bog’liq bo’lmagan yirik yer
yoriqlari singari turlari ajratiladi.
Cho’kindi va otqindi jinslardagi darzlanish tub jinslarning yaxshi
ochilganligi sharoitida hamda aerofotosuratlarning sifati yaxshi va miqyosi
1:20000 va undan yirik bo’lgan hollardagina etarli darajada aniq va to’g’ri talqin
qilinishi mumkin. Darzliklarni talqin qilishning asosiy belgilari bo’lib, ularning
tog’ jinslardagi mikrorelyeflari bilan ifodalangan chiziqli tasviri, o’simliklar,
darzlik bo’shlig’ini to’ldirovchi tomirli jinslar va darzliklar bo’ylab rivojlangan
jarlik va soylik tarmoqlari sanaladi.
Odatda ma’lum bir to’plamni tashkil etuvchi tik yotgan ochiq darzliklar
aerofotosuratlarda osongina aniqlanadi.
Cho’kindi jinslarning burmalanish davrida rivojlanuvchi ochiq o’zilish
darzliklari hamda cho’kindi va otqindi jinslarni kesib o’tuvchi boshqa darzliklar
ham aerofotosuratlarda yaxshi talqin qilinadi.
Qumli slaneslarda va karbonatli tog’ jinslarida rivojlangan klivajalar ham
yirik miqyosli aerofotosuratlarda aniqlanishi mumkin.
Intruziv jinslarda ko’p hollarda o’zaro kesishuvchi radial va konsentrik
darzliklar rivojlangan bo’ladi. Darzliklar bo’yicha maysalarning o’sishi ularni
aerofotosuratlarda aniqlashda ancha qo’l keladi.
Aerofotosuratlarda yirik uzilmali strukturalarni aniqlash eng ma’suliyatli
ish hisoblanadi. Bunday strukturalarning oddiy uzilish, tog’ jinslarining surilish
yuzasi bo’ylab harakati tufayli hosil bo’ladigan uzilma, uzilma-siljima va yopilma
singari turlari vujudga keladi. Ularni aniqlashda geomorfologik, strukturaviy va
geobotanik belgilardan foydalaniladi.
177
Yer yoriqlari relyefda tektonik pog’onalar, tog’ yonbag’irlarining tektonik
etaklari, tektonik vodiy va cho’kma shaklida hamda qattiq va tomirli jinslar hosil
qiluvchi relyeflar hosil qiladi.
Tik yotuvchi yer yoriqlari aerofotosuratlardagi boshqa konturlardan to’g’ri
chiziqligi bilan ajralib turadi.
Yer yoriqlarining yoshi aerofotosuratlarda har xil yoshdagi tub jinslar bilan
bo’lgan munosabati hamda hozirgi zamon relyef shakllari va to’rtlamchi davr
yotqiziqlari orasida tutgan o’rni bilan aniqlanadi. Yer yoriqlarining o’zaro
munosabatlari va ularning qayta harakatga kelishi hodisalari ham ularning yoshini
aniqlashda foydalaniladi.
Eng yosh yer yoriqlari ko’p aniqlash belgilari borligi tufayli
aerofotosuratlarda tez talqin qilinadi. Bunday belgilardan asosiysi yer yorig’ining
relyefda ifodalanishidir.
Yondosh jinslarning burdalanishi bilan kechadigaan yer yoriqlari bo’ylab
chuqur yuvilish jarayoni rivojlangan bo’ladi. Bunda bevosita yer yorig’i bo’ylab
soyliklar shakllanadi. Ko’p hollarda to’rtlamchi davrda hosil bo’lgan yirik yer
yoriqlari hozirgi relyef yuzasida blokli surilish bo’yicha aniqlanadi.
Neogen va to’rtlamchi davrlarida yirik maydonlarning blokli harakati
tufayli hosil bo’lgan va tog’ etaklari bo’ylab cho’zilgan yer yoriqlari
aerokosmosuratlarda juda aniq talqin qilinadi.
Quruq iqlimli o’lkalardagi yosh uzilmali strukturalarni talqin qilishda
ularning yuzalari bo’ylab rivojlangan namlikni sevuvchi o’simliklar muhim
ahamiyatga ega. Bunday yer yoriqlari odatda suvli bo’ladi. Bundan tashqari er
yoriqlari bo’ylab o’simliklarning rivojlanishi surilish yuzalarida yondosh
jinslarning burdalanganligiga ham bog’liq bo’ladi.
Yer yoriqlari aerokosmosuratlarda o’zining nisbatan to’g’ri chiziqli shakli
bilan talqin qilinadi. Notekis relyefli joylardagi yer yoriqlarining to’g’ri chiziqli
shakli ularning vertikal yotganligidan dalolat beradi.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha talqin qilish belgilari stratigrafik
maqlumotlar bilan ham tasdiqlanishi kerak. Yer yoriqlarini aerokosmosuratlarda
178
talqin qilishda yetarli darajada ishonchli belgilarga tayanish kerak bo’ladi.
Aerokosmosuratlarda talqin qilish belgilarini topish va ulardan ustalik bilan
foydalanish uncha aniq bo’lmagan uzilmali strukturalarni ajratishda qo’l keladi.
Stratigrafik ma’lumotlar yordamida oldin noto’g’ri talqin qilingan yer yoriqlarini
topish mumkin. Bunday yer yoriqlari oddiy darzliklardan iborat bo’lishi mumkin.
Geologik xaritalash jarayonida har xil yoshdagi va tarqibdagi tog’
jinslarining komplekslari aerofotomateriallar yordamida va dala sharoitida
o’rganilgan kesma asosida ajratiladi.
Aerokosmosuratlar va geologik xaritalash miqyosidan kelib chiqqan holda
bunday komplekslar cho’kindi jinslar uchun qatlamlar, svitalar va gorizontlardan,
otqindi jinslar uchun esa har xil tuzilishga, tarkibga va yoshga ega bo’lgan
massivlardan iborat bo’ladi.
179
Do'stlaringiz bilan baham: |