Muhandislik geologik tadqiqotlar



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/204
Sana14.12.2022
Hajmi6,17 Mb.
#885839
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   204
Bog'liq
-qullanma

O’simliklarning 
tarqalishi va rivojlanishi joyning geologik tuzilishi
to’proq qatlami va suv manbalari bilan o’zviy bog’liqdir. O’simliklar yordamida 
tog’ jinslaridagi darzliklar, yerosti suvlarining tarqalishi va boshqalar to’g’risida 
qimmatli maqlumotlar olinadi. 
Tuproq qatlami
tub tog’ jinslari bilan uzviy bog’liqdir. U o’zining 
mavjudligi, rangi orqali o’rganilayotgan joyning geologik tuzilishi, yerosti suvlari, 
neotektonik harakatlar va boshqalar to’g’risida to’g’ri fikr chiqarish uchun 
foydalaniladi. 


166 
22.1.Aerofotosuratlarda tasvirlangan tog’ jinslarining asosiy
turlarini talqin qilish xususiyatlari
.
Geologik xaritalash jarayonida aerofotosuratlarda tasvirlangan har xil 
turdagi tog’ jinslarini talqin qilish mustaqil ish tarzida olib boriladi. 
Aerofotosuratlarda tog’ jinslarining petrografik tarkibini aniqlash foydali qazilma 
konlarini qidirish va muxandislik geologiyasi tadqiqotlarida ham keng qo’llaniladi. 
Aerofotosuratlarda tasvirlangan tog’ jinslarini talqin qilish geologik 
strukturalar va yotqiziqlarning stratigrafik ketma - ketligini aniqlash bilan 
birgalikda geologik xaritalash jarayonining asosiy tarkibiy qismlaridan birini 
tashqil etadi. 
Aerofotosuratlarda tog’ jinslarining turlarini ajratish ularga xos bo’lgan 
belgilar yordamida olib boriladi. Bunda tog’ jinslari hosil qiladigan o’ziga xos 
fototonlar, mezo - va mikrorelyef shakllari, darzlanish xususiyatlari, jilg’alar, 
soyliklar va jarliklar hosil qilgan tarmoqlarning shakli, elyuviy, tuproq qatlami va 
o’simliklarning rivojlanishi asosiy belgilar hisoblanadi. 
Bu belgilardan aynan bir xil tabiiy geografik sharoitga ega bo’lgan 
hududlarda foydalaniladi. Chunki ular turli tabiiy geografik sharoitlarda o’zgacha 
rivojlanishi mumkin. 
Kam qalinlikdagi qatlamlar aerofotosuratlarda o’zining individuallik 
xususiyatlarini yo’qotadi. Bunday hollarda ularning to’plamini tashkil qiluvchi 
gorizontlar, qatlamalar va svitalar mustaqil birlik sifatida talqin qilinishi darkor. 
Sementlanmagan cho’kindilar aerofotosuratlarda sementlangan qattiq 
jinslarning qatlamlaridan yuzasining geomorfologik elementlari orqali keskin farq 
qiladi. 
Sementlangan qattiq jinslar bilan almashib yotuvchi qum qatlamlarini 
aerofotosuratlarda aniqlash uchun ularning yuzasida rivojlangan relyef shakllari, 
fototonlar munosabati va o’simliklarning tarqalishiga e’tibor qaratiladi. 
Sementlanmagan jinslardan tashkil topgan suvayirg’ichlar odatda yassi va silliq 
yuzani tashqil etadi. Qumli yonbag’irlarda bortlari kam nishablikdagi jilg’a va 


167 
soylar rivojlangan bo’ladi. Ularning boshlanish joylarida tovoqsimon relyef shakli 
hosil bo’ladi. 
Gilli yotqiziqlardan iborat yonbag’irlar, qumli yonbag’irlardan farqli 
o’laroq, katta nishablikka ega bo’ladi va yuzasi nurash materiallari bilan 
qoplanganda mayda jo’yaklardan iborat murakkab relyef shakllarini hosil qiladi. 
Ular aerofotosuratlarda yaxshi ko’rinadi. 
Gilli qatlamlarning boshqa yotqiziqlar bilan tutashish kontaktini 
aniqlashda ularning ustki yuzasida grunt suvlarining sizib chiqishi, maysa va 
o’simliklarning mavjudligi hamda surilmalarning rivojlanganligiga e’tibor berish 
kerak. 
Agar gil va qattiq jinslarning almashinishidan iborat bo’lgan qatlamalarni 
daryo yoki soylik kesib o’tgan bo’lsa, gilli yotqiziqlar rivojlangan joylarda 
ularning vodiylari birmuncha kengayganligi, yonbag’rining nishabligi past bo’lishi 
kuzatiladi. Qattiq jinslarda esa vodiy toraygan, yonbag’ri tik qoyali bo’ladi. 
Aerofotosuratlarda gil qatlamlari qoramtir, qumlar esa oqish rangli 
fototonlarga ega bo’ladi. 
Konglomeratlar va qumtoshlar o’zlarining petrografik tarkibi xilma - xil 
bo’lishi tufayli har bir muayyan xolda o’ziga xos ayrim xususiyatlarga ega bo’ladi. 
Suvayirg’ichlarda 
do’ngliklar 
zanjiridan 
iborat 
qatorni 
tashkil 
qiladi. 
YOnbag’irlarda karnizlari va pog’onali relyef shakllari bilan farqlanadi. 
Konglomeratlar ko’p xollarda qoldiq shakldagi xar xil g’aroyib qoyalarni tashkil 
qilishi mumkin. Bu qatlamlar fototonlarining o’zgarishi bo’yicha ham yaqqol 
ajratiladi. 
Gilli slaneslar odatda qumtosh va konglomeratlarga nisbatan nurash 
ta’siriga chidamsiz bo’ladi. Bu xususiyat, ularning yupqa qatlamliligi va darzlanish 
zichligining Yuqoriligi sababli, tez nurashiga va tabiiy ochilmalari yuzasida 
yumshoq gilli elyuviyning rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun ham gilli 
slaneslar bilan ulardan ancha mustahkam bo’lgan qumtosh, konglomerat va 
karbonatli jinslar qatlamlarining almashinuvidan tashqil topgan qatlamalarda gilli 


168 
slaneslar yuzasida jo’yaksimon relyef rivojlanadi va ular bo’yicha jilg’alar va 
soyliklar hosil bo’ladi. 
Ohaktosh, dolomit va mergellardan iborat bo’lgan karbonatli yotqiziqlar 
aerofotosuratlarda rangi va relyef shakllari bo’yicha ajratiladi. 
Ohaktosh va dolomit qatlamlari boshqa jinslardan o’zlarining och rangli 
fototoni, massiv tuzilishga ega bo’lgan karbonatli jinslar esa (rif qurilmalari) 
do’ngliklardan iborat bo’lgan relyef shakllari va och rangli fototoni orqali ajralib 
turadi. 
Ohaktosh qatlamlari o’zlarining fototoni xususiyatlari tufayli tektonik 
strukturalarni tahlil qilishda tayanch gorizontlari vazifasini o’taydi. 
Aerofotosuratlarni tahlil qilishda g’orlarning, karst voronkalarining 
mavjudligiga e’tibor berish kerak. Chunki ular karbonatli va tuzli yotqiziqlar 
ochilib yotgan joylarda rivojlangan bo’ladi. Shunindek «ko’r» vodiylar va ko’llar 
bu erda karbonatli yoki tuzli yotqiziqlarning rivojlanganligidan darak beradi. 
Metamorfik tog’ jinslari, xususan kristallashgan slaneslar va kvarsitlarning 
qatlamlari, etarli darajada qattiq va nurash jarayoniga nisbatan chidamli bo’lgani 
sababli, er yuzasida devorsimon relyef shakllarini hosil qiladi. Aerofotosuratlarda 
metamorfik tog’ jinslarini qatlamlari yo’nalishiga nomuvofiq o’tgan darzliklar 
natijasida hosil bo’lgan to’rsimon tasvir orqali aniqlash mumkin. Metamorfik tog’ 
jinslarining yuzasida rivojlangan jo’yaklar, jilg’alar va soyliklar tektonik yoriqlar 
bo’yicha shakllanganligi tufayli tirsaksimon burilishlarga ega bo’ladi. 
Kvarsitlar va marmarlar och rangli fototoni va massiv relyef shakllari 
bo’yicha ajratiladi. 
Gneyslar o’zining talqin qilinish belgilari bilan metamorfik slaneslar va 
intruziv jinslarga nisbatan oraliq xususiyatlarga ega bo’ladi. Ularda metamorfik 
slaneslar va intruziv jinslarga xos bo’lgan ayrim belgilar bo’lishi mumkin. 
Intruziv, effuziv va tomirli jinslar ham aerofotosuratlarda ancha aniq va 
ishonarli darajada talqin qilinadi. 
Intruziv jinslar aerofotosuratlarda cho’kindi jinslardan farqli o’laroq 
qatlamlanishining yo’qligi, rangining bir xilligi, darzliklar tizimining kesishishi 


169 
natijasida hosil bo’lgan to’rsimon chiziqlari yordamida talqin qilinishi mumkin. 
Bunday jinslarning bir tarkibliligi tufayli ularning yuzasida rivojlangan suv 
tarmoqlari dendritsimon tuzilishga egaligini kuzatish mumkin. Darzliklar bo’yicha 
rivojlangan jo’yaklar va mayda jilg’alar intruziv jinslar uchun xos bo’lgan to’g’ri 
chiziqli shaklga va tirsaksimon burilishga ega bo’ladi. 
Intruziv massivlarni aerofotosuratlarda aniqlash va o’rganishda fototonlar, 
mezo - va mikrorelyef bilan birgalikda elyuvial yotqiziqlarning rivojlanish, u yoki- 
bu o’simliklarning tarqalish qonuniyatlaridan foydalaniladi. 
Intruziv jinslar kam qalinlikdagi qoplama jinslar ostida ko’milib yotganda 
ham ma’lum belgilari yordamida aniqlanishi mumkin. Tuproq katlami tarkibida 
intruziv jinslarning emirilishidan hosil bo’lgan siniq bo’laklarini kuzatish mumkin. 
Bunday 
siniq 
bo’laklarning 
miqdori 
tuproqda 
qancha 
ko’p 
bo’lsa, 
aerofotosuratlarda shuncha oqish fototon hosil bo’ladi. 
Lakkolitsimon shakldagi va nurash jarayoniga chidamli bo’lgan intruziv 
massivlar relyefda yondosh jinslarga nisbatan qavariq do’nglik hosil qilishi tufayli 
aniqlanadi. Intruziv massivlarning yondosh jinslar bilan kontakti ham aerofoto-
suratlarda ularni aniqlash belgisi sifatida foydalaniladi. 
Kontakt metamorfizmi tufayli o’zgargan tog’ jinslari nurash jarayoniga 
ancha bardoshli bo’lishi mumkin. Masalan, Turkiston tizmasida alevrolit va 
argillitlardan iborat o’rta karbon yotqiziqlari kechki permda granitli shtokning 
yorib kirishi tufayli kontakt zonasida rogoviklashgan. Rogoviklarning qattiqligi 
intruziyaga nisbatan ham, cho’kindi jinslarga nisbatan ham Yuqori bo’lganligi 
sababli, shtok atrofida aylanasimon devorga o’xshash relyef shakli hosil bo’lgan. 
Katta qalinlikdagi effuziv jinslar yondosh jinslarga nisbatan o’ziga xos 
relyef shakllari va rangi bo’yicha ajratiladi. 
Nurashga chidamli bo’lgan effuziv jinslar qatlamlari gorizontal yoki qiya 
yotganda relyef yuzasida silliq zirhli qoplamalar vujudga keladi. Qiyaligi katta 
bo’lganda ular uzoq masofalarga cho’zilgan qoyali kuestali relyef shaklini hosil 
qiladi. 


170 
Murakkab burmalangan strukturalarda cho’kindi yotqiziqlar orasidagi 
effuziv jinslar qatlami relyefning o’zgacha turlarini hosil qilib, struktura shakllarini 
aniqlashda tayanch gorizonti sifatida ahamiyatga ega bo’ladi. 
Aerofotosuratlarda lava qoplamalari, lava oqimlari va vulqon qurilmalari 
juda aniq tasvirlanadi. 
Yirik miqyosdagi (1:10 000 va undan katta) aerofotosuratlarda turli tomirli 
jinslar ham aniqlanishi mumkin. Ular o’zining chiziqli shakli, yondosh jinslarga 
nisbatan o’zgacha rangi hamda mezo - va mikrorelyeflari bilan ajralib turadi. 
Nurash jarayoniga nisbatan chidamli bo’lgan tomirli jinslar atrof jinslari orasida 
uzoq masofalarga cho’zilib ketgan qoyali devor yoki qoldiqlar zanjiri sifatidagi 
relyef shaklini hosil qiladi. Agar tomirli jinslar nurashga chidamsiz bo’lsa, ularning 
yuzasida jo’yaksimon botiqlar vujudga keladi. Tomirli jinslarning tarkibi 
to’g’risida ularning rangi bo’yicha xulosa chiqarish mumkin. Kvarsli, aplitli va 
pegmatitli daykalar qoramtir rangdagi mayda zarrali terrigen jinslar orasida 
o’zining och yoki oqish fototonlari bilan yaqqol ajralib turadi. Diabazli va porfiritli 
daykalar och rangli qumtosh va ohaktosh orasida qoramtir rangi bilan farqlanadi. 
Tomirli jinslarni aniqlashda yirik miqyosli aerofotosuratlardan foydalanish 
yaxshi natijalar beradi. 
Har xil otqindi jinslarni tahlil qilishda ularning yondosh jinslar bilan hosil 
qilgan kontakt zonalarini o’rganish alohida qimmatga ega. Bu kontakt zonalari 
ochilgan joylarda, ularning rangi va yuzasining tuzilishidan tashqari, cho’kindi 
jinslarga nisbatan otqindi jinslarning yotish hususiyatlari va shakli to’g’risida ham 
muhim ma’lumotlar olinadi. Kontakt xususiyatlari bo’yicha massivlarning 
morfologiyasi va cho’kindi jinslar ichiga yorib kirish sharoitlari to’g’risida fikr 
chiqarish mumkin. U kontakt zonalari bilan bog’liq bo’lgan foydali qazilmalarni 
qidirishda ham ahamiyatlidir. 
Aerofotosuratlarda intruziv jinslarning yondosh jinslar bilan hosil qilgan 
kontakt zonasini o’rganishda asosiy e’tibor kontakt chizig’ining xususiyatlariga 
qaratilishi lozim. Yondosh jinslar ichiga chuqur kirib borgan intruziya apofizlari 
konturini belgilash, tomirli hosilalarning mavjudligini aniqlash kerak bo’ladi. 


171 
Bunday kontakt zonalarini batafsil talqin qilish keyinchalik geologik marshrutlarni 
rejalashtirish va o’tkazishda, shlix yuvish nuqtalarini, lahim qazish va burg’ilash 
joylarini belgilashda birinchi navbatdagi masala hisoblanadi. 

Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish