Muhandislik geodeziyasi



Download 15,82 Mb.
bet15/30
Sana29.01.2022
Hajmi15,82 Mb.
#417291
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
MUHANDISLIK GEODEZIYASI. лотин 1 қисм doc

LABORATORIYA ISHI № 6


Priyomlar usulida gorizontal burchaklarni o‘lchash
Ishdan maqsad: gorizontal burchakni priyomlar usulida o‘lchashni o‘rganish.
Priyomlar usuli ikki yarim priyomdan iborat bo‘ladi.
Gorizontal burchaklarni o‘lchash uchun teodolit ish holatiga keltiriladi. Buning uchun: 1) o‘lchanayotgan nuqtada teodolit shovun yordamida markazlashtiriladi; 2) ko‘targich vintlar va silindrik adilak yordamida gorizontal holatga keltiriladi; 3) ko‘ruv trubasi okulyar tirsagi va fokuslovchi vint yordamida ko‘zga va narsaga to‘g‘rilanadi.
Teodolitni ish holatiga keltirgandan so‘ng Dch holatida o‘lchanayotgan burchakning o‘ng tarafidagi nuqta, ya’ni B ga (16-rasm) trubaning iplar tori markazini vexaning tagiga qaratamiz va gorizontal doiradan po‘ng sanog‘ini olamiz. So‘ngra alidadaning mahkamlagich vinti bo‘shatilib, chap nuqtaga, ya’ni A nuqtadagi vexa asosiga qaratamiz va gorizontal doiradan pchap sanog‘ini olamiz. O‘lchanayotgan burchakning qiymati sanoqlar ayirmasiga teng, ya’ni


β = po‘ng - pchap

bu birinchi yarim priyom natijasi bo‘ladi.





16-rasm. Gorizontal burchaklarni priyomlar usuli bilan o‘lchash; a-o‘lchash sxemasi; b- trubaning ko‘ruv maydoni
Bu chiqqan natija gorizontal burchakning teodolitni doira chap holatida topilgan βDCH qiymati bo‘ladi.
So‘ngra doirani o‘ng (Do‘) holatga o‘tkazamiz, buning uchun alidada va trubaning mahkamlagich vintlarini bo‘shatib trubani zenitdan o‘tkazamiz. Limb holatini tahminan 90˚ ga o‘zgartiramiz, ya’ni limbni mahkamlagich vintini bo‘shatib asbobni 90˚ ga buramiz va yana mahkamlaymiz, hamda Dch holatida burchakning B va A nuqtalariga qaratib, gorizontal doira sanoqlari qaytadan olinadi. Sanoqlar ayirmasi hisoblanadi.
Topilgan qiymat gorizontal burchakning βDO‘ qiymati bo‘ladi. Dch va Do‘ holatlarida topilgan burchak qiymatlari orasidagi farq teodolit aniqligini ikkilangan qiymati (2t) dan oshmasligi kerak.
2-jadval

Stansiyalar


Qaratish nuqtalari№

Doira holati

Gorizontal doiradan olingan sanoq

1-va 2- yarim priyomdagi burchaklar

O‘rtacha burchak qiymati
βo‘rt










º

'

º

'

º

'




B

Dch

128

16(1)













O













53

07(3)










A

Dch

75

09(2)


































53

06,5




B

Do‘

308

25(4)













O













53

06(6)










A

Do‘

255

19(5)













SHunda gorizontal burchak qiymati quyidagicha hisoblanadi:


βort = .

Burchak o‘lchashda olingan natijalar “Gorizontal burchak o‘lchash jurnali” (2-jadval) ga yoziladi.


Nazorat savollari
1.2T30 teodolit ning tuzilishi.
2.Teodolitni ish holatiga keltirish tartibi.
3. YArim priyomlar orasida limb holatini o‘zgartirish tartibi va mohiyati.
4. Gorizontal doirada nollarini tutashtirish usulida burchak o‘lchash.
5. Poligon ichki burchaklarini o‘lchash tartibi.


LABORATORIYA ISHI № 7


Yоpiq poligon ichki burchaklarini o‘lchash va tenglash.


Ishdan maqsad: Yopriq poligon ichki burchaklarini o‘lchash va tenglashni o‘rganish.
Joyda to‘rtburchak shaklidagi yopiq poligon nuqtalari qoziqlar, shpilka yoki vexa bilan belgilanadi (17-rasm). Har bir nuqtaga ketma-ket teodolit o‘rnatilib ish holatiga keltiriladi, poligon ichki burchaklarining har biri priemlar usulida o‘lchanadi va maxsus burchak o‘lchash jurnaliga (2-jadval) yozib boriladi.

17-rasm. To‘rt burchakli yopiq teodolit poligoni

Download 15,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish