Tekshirish tartibi
Teodolit gorizontal holatga keltiriladi.
Ko‘rish trubasi teodolitdan 5-10 m uzoqlikda ilingan shovun ipiga qaratiladi.
Agar iplar to‘rining vertikal ipi shovun ipi bilan ustma-ust tushsa shart bajariladi. Agar vertikal ip shovun ipiga ustma-ust tushmasa, okulyar qopqoqchasi burab olinadi va iplar to‘ri diafragmasini qotirib turgan shuruplar otvertka bilan bo‘shatiladi. So‘ng qo‘l bilan diafragma aylantirilib, vertikal ip shovun ipiga to‘g‘rilanadi.
Diafragma shuruplari mahkamlanadi va tekshirish qaytariladi.
O1
12-rasm
3- tekshirish.
Tekshirish sharti: Ko‘rish trubasining ko‘rish o‘qi uning gorizontal aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak.
Bu tekshirishga teodolitning kollimatsion xatosini tekshirish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |