Zich ohaktoshlar - Ularning zichligi 1800 kg/m
3
dan katta bo’lib,
zichlangan mayda kal’tsit donachalaridan tashkil topgan bo’ladi yoki tabiiy
sementlar (ohakli, ohak-qumli) bilan zichlashgan bo’ladi.
Qurilishda bunday ohaktoshlar - tosh ko’rinishida, isitilmaydigan
binolarda, devor urishda, poydevor toshi o’rnida, janubiy hududlardagi turar joy
binolarining devorlarini qurishda, devorga qoplash uchun ishlatiladigan plitalar
yoki bezakbop detallar ko’rinishida, soqol, karniz, zinapoyalarda, shuningdek
betonga ishlatiladigan to’ldirgich o’rnida, yo’llar poyi uchun material;
portlandtsement, ohaq ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |