Tijoratlashtirish bo’limining asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
innovatsion mahsulotlarga (ishlarga, xizmatlarga) talabni muntazam ravishda tahlil qilish va o’rganish, o’zini qoplash muddati, rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog’liq xavflarni baholash;
yuqori tijorat potensialiga ega va amalga oshirishga tayyor bo’lgan loyihalarni ishlab chiqish uchun istiqbolli “Startap”larni tanlash;
investorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlarni jalb qilish;
innovatsion loyihalarni amalga oshirishga ko’maklashish;
yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o’zaro hamkorlik qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |