Muhammadaziz:
YODLASAM BO‘LMASMIDI?
Kavsar Turdiyeva
Shu kichkina she’rchani
Yodlasam bo‘lmasmidi?
Hozirgidek yuragim
Po‘killab urmas edi.
O, qani endi nogahon
O‘ngidan kelsa tushim.
Xuddi tushimdagidek
Birdan yo‘qotsam hushim.
Jimgina najot kutib
Yotardim «Tez yordam»dan.
She’rni kim ham so‘rardi
Kasal yotgan odamdan.
Yoki o‘qituvchimiz
Bizga rahm qilsalar.
Vazifani topshirib,
Uyga javob bersalar.
Xayolimni qo‘ng‘iroq
Chil-chil qilib tashladi.
O‘qituvchi kiriboq,
She’rni so‘ray boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |