Muhammad Yusufning "Xalq bo‘l, elim"



Download 74 Kb.
Sana23.06.2017
Hajmi74 Kb.
#12456

Aim.uz

Muhammad Yusufning “Xalq bo‘l, elim”

O'zbek  xalqining  yirik  namoyondalaridan  biri,  buyuk shoir,  ulug'  zehn  va  yuksak  qadr  egasi  hisoblangan  Muhammad  Yusuf  1954  yil  26  aprelda  Andijonning  Marxamat  tumanidagi  Qovunchi  qishlog'ida  dehqon  oilasida  tug'ildi.  Bolalikdan  adabiyotga  mexr qo'ygan  shoir  izlanishlar,  kuchli  sa'y  harakatlar  tufayli el  ardog'idagi  shoir  bo'lishdek  baxtga  erishdi. Samimiy she'rlari  ohangrabo  qo'shiqlarga  aylanib,  har  bir  o'zbek  xonadoniga  kirib  borgan  lirik  shoir  Muhammad  Yusuf  XXI  O‘zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo‘stonida gul ko‘p, chechak ko‘p. Bu bo‘stonda bir-biriga o‘xshamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo‘y cho‘zaveradi.

Ana shunday betakror shoirlardan biri O‘zbekiston Xalq shoiri, xalqimizning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusufdir. Uning she’riyatidagi mavzular xilma-xil, rang barangligi hamda ko‘lamining kengligi bilan boshqalardan ajralib turadi.

  Vatan to‘g‘risidagi, yurtimiz tarixida o‘tgan ulug‘lar nomlarini birma-bir sanab, moziyda bo‘lgan voqealarni eslab, ularga hamd-u sanolar aytish tarzida yozilgan she’rlarining soni juda ko‘p. Ularning deyarli barchasida Amir Temur, Manguberdi, Navoiy va Bobur, Cho‘lpon hamda Fitratlar tilga olinib, hammaga ma’lum sifat va o‘xshatishlar orqali ular ulug‘lanadi.

         Muhammad Yusuf o‘z she’riyatida joy nomlariga, ularning ishlatilish o‘rniga alohida e’tibor qaratgan. Biz quyida ko‘rib chiqadigan, chinakam shoirning qalbidan otilib chiqqan Vatan haqidagi she’rlari jamlangan, 2009-yilda “O‘zbekiston” nashriyotida chop etilgan “Xalq bo‘l, elim” kitobida takrorlari bilan 281ta joy nomi ishlatilgan.

       Albatta, toponimlar tizimidagi barcha nomlarning qachon paydo bo‘lganini aniq belgilashning iloji yo‘q. Chunki ko‘pgina joy nomlarining, toponimlarning qochon va kim tomonidan berilgani hozirga kelib biroz unutilgan. Shu sababli ko‘pgina joy nomlarining ijodkori xalq, deb hisoblanadi hamda bunday nomlar tabiiy toponimlar, xalqona nomlar, deb yuritiladi.

Nomlarning paydo bo‘lish tarixi va asoslari unutilsa-da, har qanday toponimning til mahsuli sifatidagi xususiyatlari saqlangan bo‘ladi. Bu ko‘pincha nomning yasalishi va grammatik shaklini tahlil qilish orqali belgilanadi. Ayniqsa, iste’moldan chiqqan, arxaik nomlar o‘rnini to‘ldirish, ya’ni toponimik obyektlarga yangi nom berish muayyan lisoniy qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Bunga asosan ikki yo‘l aniq ko‘zga tashlanib turadi: a) yangi nom ijod qilish, yasash usuli; b) o‘zga tillardan nom o‘lashtirish usuli. Ana shu ikki yo‘l bilan u yoki bu hududning toponimik fondi to‘xtovsiz boyib, yangilanib boradi.

  Toponimik tizimning o‘zgarishi va boyishida yuqorida ko‘rsatilgan ikkala usul ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo yangi nom ijod qilish, yangi nom yasash yo‘li tilning o‘z ichki manbaiga, imkoniyatlariga tayangani, unda tilning milliylik ruhi saqlanadigan bo‘lgani uchun bu usul nom yasashda afzalroq, ilg‘orroq deb baholanadi.

O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning “Xalq bo‘l, elim” kitobi yuzasidan olib brogan kuzatishlarimizda toponimlar asosan affiksatsiya va kompozitsiya usulda yasalishini ko‘rsatdi. Quyida ana shu ikki usul orqali ushbu kitobdagi toponimlarni tahlil qilamiz.

Toponimlarning affiksatsiya (morfologik) usulda yasalishi so‘zga so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Masalan, o‘zbek+iston= O‘zbekiston. Ushbu so‘zda o‘zbek (ot so‘z turkumiga oid) so‘zi yasalishga asos qism, -iston (o‘rin-joy oti yasovchi) qo‘shimchasi yasovchi vosita, O‘zbekiston yasalma hisoblanadi.

Ushbu she’riy to‘plamdagi morfologik usulda yasalgan so‘zlarni namuna sifatida keltiramiz: o‘zbek+iston – O‘zbekiston, turk+iston – Turkiston, hind+iston – Hindiston, kurd+iston – Kurdiston. Yuqoridagi so‘zlarning barchasida affiksatsiya usulida otdan ot yasalgan. Shulardan O‘zbekiston toponimi 42 marta, Turkiston 19 marta takrorlangan.

Birdan ortiq so‘zlarni qo‘shish orqali yangi so‘z hosil qilish so‘z yasashning kompozitsiya (sintaktik) usuli deb yuritiladi. Muhammad Yusufning “Xalq bo‘l, elim” she’riy to‘plamidagi ko‘pgina joy nomlari aynan kompozitsiya, ya’ni so‘zga so‘z qo‘shish usuli yordamida yasalgan. Ushbu to‘plamdan o‘rganilgan qo‘shma toponimlarning morfologik tarkibi quyidagicha ekanligi aniqlandi: ot+ot, sifat+ot, son+ot. Bularga Bog‘i Eram, Tojmahal, Asqartog‘, Bog‘i Bobur, Shahrixonsoy, Sayxundaryo, Enasoy, Bog‘ishamol, Labi hovuz, Sahroi Kabir; Ulug‘tog‘, Qizil Maydon; Mingtepa kabi toponimlar misol bo‘la oladi.

Ijod mavzusi keng qamrovli shoir ijodida boshqa tillardan o‘zlashgan toponimlar, ya’ni joy nomlari mavjud. Baxmal, Kavkaz, Afg‘on, Makka, Qrim, Balx, Hirot, Jayhun, Dnepr, Sibir, Ka’ba, Bahovuddin, Buxoro, Moskva, Brest va boshqalar shular jumlasidandir.



Muhammad Yusuf osmonday buyuk, yerday xokisor tuyg‘ulari bilan dillarimizni asir eta olishini o‘zining o‘tli she’riyatidagi takrorlanmas satrlari bilan isbotlab berdi.

Ona diyor va istiqlol kuychisi … Muhammad Yusuf noyob iste’dot egasi, odamlarni mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi… O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26- aprel kuni Andijon viloyati Marhamat tumani Qovunchi qishlog’ida tavallud topgan. U Yusuf ota va Enaxon ayalarning ikki o’g’il, uch qiz farzandlari ichida erka dilbandi bo’lib ulg’aygan. Noyob iste’dod sohibi bo’lmish Muhammad Yusuf bolalik chog’larida sho’x yigit bo’lib, ko’p narsalarga qiziqqan, yuragida muhabbat, tomirlarida oqayotgan qonning jo’shqinligi uning she’rlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Muhammad Yusuf bolalikdan ziyrak, juda qiziquvchan bo’lganligi bois ko’p kitoblarni sevib o’qigan va savollarga javob izlagan. Shu bilan birgalikda Muhammad Yusuf ochiqko’ngil va hayolparast bola bo’lib, sheriyat va adabiyotga mehri juda baland bo’lgan. Bunday mehrni uning qalbida buvijonisi Tursunxon ena uyg’otgan edi.

Muhammad Yusuf garchi oddiy dehqon oilasida dunyoga kelgan bo’lsada, o’qish va ishlarida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. 1973-yili o’rta maktabni a’lo baholarga tugatib, Reshetov nomidagi Rus tili va adabiyoti Institutiga o’qishga kiradi. 1978-80 — yillar oralig’ida harbiy xizmatni o’taydi va bu davrlar shoir uchun mashaqqatli va murakkab tajribali davr bo’ladi, shoir ko’nglida ,,Ona vatan’’ tuyg’usi yanada alangalanadi. Shu tariqa shoirning keng qamrovli ijod faoliyati boshlanadi.

Muhammad Yusufning qalamiga mansub dastlabki kitob 1985-yil nashrdan chiqqan bo’lib, “Tanish teraklar” deb nomlanadi. U qisqa muddat ichida samimiy, xalq dilidan so’zlovchi, xalq kuychisi bo’lganligi bois xalq ko’nglidan qisqa fursat ichida joy ola biladi. Uning “Iltijo”,”Bulbulga gapim bor”(1987-y.), “Uyqudagi qiz”(1989-y.),”Ko’ngilda bir yor”,”Ishq kemasi”,”Halima enam allalari”(1991-y.), “Yolg’onchi yor”(1994-y.) “Seni osmonimga olib” ketaman”(1998-y.),”Erka kiyik”,”O’zingdan qo’ymasin xalqim”(2000-y.), “Saylanma”(2001-2004-yy.), “Ulug’imsan vatanim”,kitoblari chop etilib, ommaga taqdim qilingan.
Hech bir kitobxon yo’q-ki, uning javonidan Muhammad Yusufning kitobi topilmaydigan, hech bir inson yo’q-ki, uning misralaridan mehr, muhabbat hissin tuymagan! U shunday iste’dotli shoir-ki, uning har bir she’rida xalqning quvonch-u iztiroblari, orzu va armonlarini madh ettirgan. Shoirning dilga yoqar misralarini hirgoya qilamagan bironta o’zbek farzandi topilmasa kerak.
Muhammad Yusuf san’atkorlar ahliga ham katta yutuq keltirgan, o’lmas satrlarni bitgan desak ham mubolag’a bo’lmaydi.

-Muhammad Yusuf Respublika kitobxonlar jamiyatida muharrir(1980-820);
-“Toshkent oqshomi” gazetasida muxbir(1982-86);

-“G’. G’ulom” nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir;

-Respublika Axborot akentligida Bosh muharrir o’rinbosari;
-“Vatan” tahriryatida maxsus muxbir;

-“Tafakkur” jurnalida bo’lim boshlig’i;

-O’zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi;
1997-yildan umrining oxirgi kunlariga qadar azkur uyushma raisining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari lavozimida ishlgan. Muhammad Yusuf xalqimizga qilgan fidoyi xizmatlari uchun:

— 1996 – yili “Do’stlik” ordeni;

— 1998 – yilda “O’zbekiston xalq shoiri” faxriy unvonlariga sazovor bo’lgan.
Muhammad Yusuf garchi she’riyatida sodda so’zlardan foydalangan bo’lsada, uning mazmun mohiyatini juda ham boy, chuqur ma’noga ega tarzda yoritib bergan:
Mendan nima qolar, Ikki misra she’r Ikki sandiq kitob Bir uyum tuproq
Odamlar ortimdan nima desa Men seni o’ylayman O’zimdan ko’proq, Lola, lolajonim, Lolaqizg’aldoq! Ushbu she’rda ham inson va hayot, ona vatan tushunchalari mujassamlashgan. Xalq shoiri Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda dunyodan ko’z yumdi. Garchi u vafot etgan bo’lsada, lekin u odamlar yuragida mangu yashaydi, Muhammad Yusuf xalqning qalbidir!…  Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, hamma inson ham vatan, ona deya kuylashi mumkin-u, ammo ona yurtni maromiga yetkazib, yurakdan kuylay oladigan, xalq dilini biladigan ijodkorgina chin shoir bo’la oladi! Muhammad Yusuf bunga yorqin timsol bo’la oladi deb o’ylayman. Shoir she’rlari orqali odamlarning unitayozgan qadriyatlarimizni, millatimizni asrab avaylashga chorlaydi. Uning she’rlaridagi oddiy obrazlari, ayni paytda munis va qadrdon, tub mohiyati yani ular timsolida shu ona vatan, muqaddas tuproq, shu vatanning azizligi, mo’tabarligi aks ettirilgan. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 dekabrdagi “О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash tо‘g‘risida”gi PQ-2102-sonli qarori va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 dekabrdagi PQ-2012-sonli Qarori ijrosini ta’minlash bо‘yicha nazorat-reja”si hamda О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavaluddining 60 yilligini nishonlash bо‘yicha tashkiliy qо‘mitaning 2014 yil 6 yanvardagi 6-sonli ( 16.01.2014 yil, 01-07/1-844-sonli) majlisi bayoniga muvofiq О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bо‘yicha О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash bо‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ular asosida barcha kafedralarda ham shoir tavalludi munosabati bilan о‘tkaziladigan tadbirlar rejasi tayyorlandi. Rejalarga kо‘ra 2014 yil 20 fevralda institut Axborot-resurs markazida “Sahna nutqi”, “Tillar va adabiyot”, “Xalq ijodiyoti va an’anaviy qо‘shiqchilik” kafedralari hamkorligida “Mangu barhayot” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kecha о‘tkazildi. Shuningdek, institut talabalari о‘rtasida О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus vazirligi buyrug‘i asosida shoir tavalludiga bag‘ishlab insholar tanlovi о‘tkazildi, g‘oliblar aniqlanib, ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirildi. Respublika va mahalliy OAVlarida chiqishlar qilindi. “Tillar va adabiyot” kafedrasi professor-о‘qituvchilari har bir darsda shoirning hayoti va ijodi yuzasidan suhbatlar о‘tkazishdi. Bulardan tashqari, respublikamizning taniqli olimlari, shoirlari, Muhammad Yusuf bilan birga tahsil olgan kursdoshlari bilan uchrashuvlar о‘tkazildi.



Aim.uz

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish