Muhammad yusuf bajardi : Tekshirdi : Toshkent-2010



Download 17.06 Kb.
Sana27.04.2017
Hajmi17.06 Kb.

Mavzu : MUHAMMAD YUSUF



Bajardi :__________________

Tekshirdi :________________

Toshkent-2010
MUHAMMAD YUSUF

(1954-2001)

Reja:


  1. MUHAMMAD YUSUF HAYOTI.

2.MUHAMMAD YUSUF IJODI

Yuraklarda yurmagini, Oh, oldindan bilgan qush.

Наг о 'zbekning yuragini,

O'ziniki qilgan qush.

Halima Xudoyberdiyeva

O'zbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloya-tining Marhamat tumani Qovunchi qishlog'ida tug'il-gan. 1971-yili o'rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi.

Ijodiy faoliyati 1980-yildan boshlangan. Muhammad Yusuf turli nashriyot va tahririyatlarda, turh lavozimlar-da faoliyat yuritgan. 1997-yildan umrining so'nggi kun-lariga qadar esa O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari lavo-zimida ishlagan.

Muhammad Yusufning dastlabki she'rlari «O'zbe­kiston adabiyoti va san'ati» gazetasida 1976-yilda e'lon qilingan. Shundan so'ng «Tanish teraklar», «Bulbulga bir gapim bor», «Iltijo», «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari», «Erka kiyik», «Saylanma» kabi juda ko'plab she'riy to'plamlari nashr etildi. 1989-yilda «Uyqudagi qiz» she'riy to'plami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi.

U rostgo'y shoir, halol va pokiza qalb egasi. U muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo'shiq to'qiydimi yoki tariximiz va taqdirimiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she'rlari ravon va sod-daligi bilan xalq og'zaki ijodiga hamohangdir.


Muhammad Yusuf adabiyotimiz va xalqimizga qilgan fidoyi xizmatlari uchun «Do'stlik» ordeniga, «O'zbe­kiston xalq shoiri» faxriy unvoniga sazovor bo'lgan. Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda vafot etgan.
JAYRON

Qon yig'latdi qaysi bag'ritosh,

Jayron, nega ko'zing to'la yosh? Oyog'ingga qo'yib yotay bosh,

Jayron, nega ko'zing to'la yosh?

Yurak qoning to'kilgan so'qmoq — Bag'ri alvon lolaqizg'aldoq,

Senga toshlar otdi qay gumroh,

Jayron, nega ko'zing to'la yosh?

Zor yig'lading buncha ham hayhot, Menda ham bor sendagi sayyod,

Ey beozor, ey mo'min jonzot,

Jayron, nega ko'zing to'la yosh?

Bu dunyoning nokaslari bor,

Ezgulikni ko'rolmaydilar.

Meni ham qon qildilar ular,

Jayron, nega ko'zing to'la yosh?

Labim bilan yarang silayman,

Senga dardi shifo tilayman,

Kel, tug'ishgan og'ang bo'lay man, Jayron, nega ko'zing to'la yosh?


MUHABBAT

Muhabbat, ey go'zal iztirob,

Ey ko'hna dard, ey ko'hna tuyg'u. Ko'kragimga qo'lingni tirab, Yuragimni to'kib qo'yding-ku.

Qancha ko'zlar menga zor edi,

Na g'am, na anduhim bor edi. Qushday yengil ruhim bor edi, Chok-chokidan so'kib qo'yding ku.

Ne qilarding menga tegib sen, Yengilmagan edim — yengib sen, Boshlarimni yerga egib sen, Qomatimni bukib qo'yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding, Yaxshi bor yo yaxshi qol eding.

Jon kerakmi — mana ol endi,

Qiynar bo'lsang qiynab to'ydingku.

Bilmam, nima edi maqsading, Menga bir juft guling asrading. Birin otin Kumush atading,

Birin otin Zaynab qo'yding-ku.

Muhabbat, ey go'zal iztirob, Ko'chang kezdim sarson, dovdirab,



Yuzlarimga yuzlaring tirab,

Ko'zlarimni boylab qo'yding-ku.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa