Doniyolbiy otaliq - Doniyolbiy otaliq
- va Amir Shohmurod
- Muhammad Rahimxon vafotidan so’ng va uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o’z qo’liga oldi (1758-1785). U o’zini xon atamadi va Abulfayzxonning nabirasi Abulg’ozini taxtga o’tqazdi. Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o’z qo’lida saqlab qoladi. U o’z qo’shinlarini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko’rishga harakat qildi. Barcha mang’it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi. Xalqdan olinadigan soliqlarni ko’paytirdi. Uning davrida Balx, Hisor, Ko’lob, O’ratepa bekliklarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalari, qushbegi va qozikalonlarning o’zboshimchaligini esa sindira olmadi. O’g’illaridan bin Shohmurod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda hammollik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro’zg’or tebratardi. Xalq orasida obro’si katta bo’lgani uchun Doniyolbiy unga hokimiyatni topshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |