Muhammad ali



Download 45,87 Kb.
bet2/3
Sana29.12.2021
Hajmi45,87 Kb.
#80794
1   2   3
Bog'liq
2- top mashxur sportchilar

USEIN BOLT

Useyn Bolt (ingl. Usain St. Leo Bolt) 1986 yilning 21 avgustida Yamaykaning Treloni okrugida  tug'ilgan. Engil atletikachi. Asosan qisqa masofalarga yuguradi. 8 karra Olimpiada, 11 karra jahon chempioni. 8 marotaba jahon rekordini o'rnatgan. 100 metrda 9, 58 sekund, 200 metrda 19,19 sekund, 4x100 metr estafetasida 36,84 sekund natijani qayd etib, jahon rekordchisiga aylangan. 100 va 200 metrlarga yugurish bo'yicha dunyoning eng tez sprinteri.



Useyn Bolt Yamayka shimolida joylashgan SHervud-Kontent qishloqchasida, Jenifer va Uelsli Boltlar oilasida tug'ilgan. Oilaning daromad manbai oziq-ovqat do'koni hisoblanardi. 2001 yilda u engil atletikadagi ilk medalini qo'lga kiritadi. Maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan Yamayka chempionatida 200 metr masofaga yugurishda 22,04 natijani qayd etib, ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan.

2004 yilda Useyn Bolt yangi murabbiy Fic Koulman qo'l ostida shug'ullanishni boshlaydi. 2004 yil 11 aprel kuni u musobaqalardan birida 200 metr masofaga yugurish bahslarida 19,93 natijani qayd etib, o'smirlar o'rtasida 19 yillik dunyo rekordni qayd etadi. U shuningdek, bu natijasi orqali 200 metrlik masofani 20 sekunddan kam bo'lgan vaqt ichida yugurgan ilk o'smirga aylanadi.

2007 yilning 24 iyunida Yamayka chempionatida 19,75 natijani qayd etgan Bolt mamlakat chempioniga aylanadi. Ushbu natija orqali u 1971 yildan beri saqlanib kelinayotgan mamlakat rekordini yangilaydi. Ushbu g'alaba Useynga Osakada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibga kirib olish imkoniyatini beradi.

2007 yili bo'lib o'tgan jahon chempionati yamaykalik sprinterning faoliyatidagi ikkinchi JCH bo'lgandi. Bolt ushbu chempionatda finalgacha etib borib, ikkinchi o'rinni egallaydi. 4x100 estafetasida jamoadoshlari bilan birga ham kumush medal sohibiga aylanadi.
Bolt Pekin Olimpiadasida 100 va 200 metr masofalarga yugurish bahslarida ishtirok etmoqchi ekanligini malum qildi. Musobaqadagi ilk ishtirokini 15 avgust kuni 100 metrga saralash bahslarida ishtirok etish bilan boshlaydi. Bu orada chorak final, yarim finallarda ishtirok etib, hal qiluvchi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. 16 avgustda bo'lib o'tgan final bahslarida u Olimpiadadagi ilk oltin medalini qo'lga kiritadi. O'shanda u 9,69 sekund natijani qayd etib, jahon rekordini o'rnatgandi. O'sha yugurishda Bolt finishga 20 metr qolganida qo'lib bilan ko'kragiga urib qo'ygandi. Keyinroq, XOQ prezidenti sportchini ushbu harakatini boshqalarga nisbatan hurmatsizlik sifatida ko'rsatib, tanqid qilgandi. Biroq, Boltning o'zi bu maqtanish emasligini aytib o'tgan. U 100 metrga yugurish bahslarida ilk yamaykalik Olimpiada chempioni bo'lgan.

20 avgust kuni u 200 metrga yugurish bashlarida 19,30 sekund natijani qayd etib, yana dunyo rekordini o'rnatadi va Olimpiadada o'zining ikkinchi oltin medalini qo'lga kiritadi. 22 avgust kuni esa estafeta bahslarida uchinchi oltin medalni qo'lga kiritgan  2008 yilda Isinbaeva bilan birgalikda yilning eng yaxshi engil atletikachisi deb topilgan.

2012 yilda Londonda bo'lib o'tgan Olimpiadaning ochilish marosimida u Yamayka bayroqdori bo'lgan.

4 avgust kuni u 100 metrga yugurish bahslarida Olimpiadalardagi to'rtinchi oltin medalini qo'lga kiritadi. 9 avgust kuni esa 200 metrga yugurish bo'yicha yana dunyoning tengsiz sportchisi deb topiladi. Olimpiadaning so'nggi kunida esa u jamoadoshlari blan birga estafeta bahslarida yana oltin medalni qo'lga kiritadi. O'shanda to'g'ridan-to'g'ri efirda Bolt estafeta tayoqchasini hakamga berishni istamagani namoyish etilgandi. Keyinchalik, o'sha tayoqcha sportchiga esdalik sovg'asi sifatida taqdim etilgandi.

Rioda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida u 100 metrga yugurish bahslarida 9,81 sekund natijani qayd etib, oltin medalni qo'lga kiritgan. U ushbu yutug'i orqali ketma-ket uchta Olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritgan ilk sportchiga aylanadi. Keyinroq u 200 metrga yugurish va estafeta bahslaridagi oltin medalni ham begona qilmadi.


Download 45,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish