Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi



Download 0,73 Mb.
Sana17.01.2020
Hajmi0,73 Mb.
#35104
Bog'liq
2-mustaqil ish

O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.

MUSTAQIL ISHI

Kafedra:Elektronika va radiotexnika

Fan: Elektronika va sxemalar 1

Mavzu: Mikroprotsessorlar (MP),ishlash prinsipi,sxemasi,qo’llanishi

Guruh:029

Bajardi:Ergashov Eldor

Tekshirdi: Narkulov Xasan
Toshkent 2019

Reja:


Ishdan maqsad

1. Mikroprotsessor va uning turlari

2. Mikroprotsessorning tuzilishi va asosiy xususiyatlari

3. Mikroprotsessorning interfeyslari

Ishdan maqsad:Mavzusini yoritib berish,ya’ni mikroprotsessorning ishlash prinsipini tushuntirb berish va uni tuzilishini sxemalarda ko’rib xususiyatlarini o’rganish

1. Mikroprotsessor va uning turlari

Mikroprotsessor - kompyuter ishlashini ta’minlaydigan va kompyuter qurilmalari ishini boshqaradigan qurilmadir. U kompyuterning ishlash tezligini belgilaydi. Kompyuterlar mikroprotsessor turi bilan farqlanadi. Hozirgi kunda mikroprotsessorning turli turlari mavjud: (Intel, Pentium va h.k.). Mikroprotsessor kompyuterning eng muhim vositasi yoki boshqacha aytganda «miyasi» hisoblanadi.

Uning hajmi aslida bir necha santimetrni tashkil etadigan elektron sxemadan iborat bo‘lib, barcha hisoblash va ma’lumotni qayta ishlab berishga xizmat qiladi. Mikroprotsessor turiga qarab bir sekundda o‘nlab, hattoki yuzlab million operatsiyalarni (amallarni) bajaradi. Bu operatsiyalar yuzlab turdagi arifmetik, mantiqiy va boshqa amallar bo‘lishi mumkin.

IBM RS kompyuterlarida yuqorida aytilgandek Intel firmasining mikroprotsessorlari Intel-8088, 80286, 80386 (SX va DX modifikatsiyalari), 80486 (SX, SX2, DX2 va DX4 modifikatsiyalari) Pentium, Pentium Pro, 1,2,3,4 nomlari bilan kompyuter tarkibiga kiradi. Mazkur mikroprotsessorlarning unumdorligi va bahosi keltirilgan ketma-ketlikda oshib boradi. Misol uchun, Pentium-4 unumdorligi Intel-8088-ra nisbatan minglab marta kattadir.

Mikroprotsessorlar tezligini takt chastotasi belgilaydi. Bir turdagi mikroprotsessorlar turli takt chastotasi bilan ishlab chiqarilishi ham mumkin. SHu sababdan takt chastotasiga qarab mikroprotsessorning bahosi va unumdorligi har xil bo‘ladi. Takt chastotasi megagerslarda (Mgs) o‘lchanadi. Misol uchun, Pentium mikroprotsessori 75 Mgs-dan 200 Mgs takt chastotasi o‘rtasidagi farq taxminan 2.5 marta kattadir. Mikroprotsessorning nomi, odatda takt chastotasi bilan yuritiladi. Misol uchun, Pentium F75 Mrs.

Mikroprotsessorning ichki elementar operatsiyalarining bajarish tezligini takt chastotasi bildiradi. Boshqa-boshqa mikroprotsessor modellari bir xil komandalarni (misol uchun, qo‘shish va ko‘paytirish) turli sondagi taktlar bilan bajaradi.

Mikroprotsessorning yuqori modellarida bu komandalar kamroq taktlar bilan amalga oshiriladi. SHu erda, ba’zi bir firmalar (AMD, Gyrix) markirovkalari chalkashtiruvchi sonlardan foydalanishiga e’tibor berish kerak. Misol uchun, AMV5x86/133Mgs mikroprotsessori faqat Intel-80486(DX4) mikroprotsessori bilan o‘xshash, lekin uning unumdorligi eng sodda Pentium/75 Mgs kabidir. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning ko‘p qismi Pentium, yuqoriroq quvvatli kompyuterlar esa — Pentium-4 mikroprotsessorlarga asoslangandir. Faqat kompyuterning eng arzon modellarigina 486DX4 yoki AMD5x86 mikroprotsessorlari asosida yig‘iladi. SHuni ta’kidlash joizki, mikroprotsessorlarning Intel-8088, 80286, 80386, 80486SX turlarining har biriga Intel-8087, 80287, 80387, 80487SX nomerdagi soprotsessorlar qo‘shib ishlab chiqarilayapti.



Bu soprotsessorlarning o‘zlari to‘g‘ridan-to‘gri ko‘pgina matematik hisoblarni (muhandislik hisoblari, uch o‘lchovli tasvirlar va boshqalarni) ayniqsa, haqiqiy sonlar bilan bajariladigan amallarni hisoblashga yordam beradi va natijada mikroprotsessorlarning tezligi oshadi. Hozirgi vaqtda mikroprotsessorlarning yangi turlarida (Intel-80486DX, Pentium va Pentium 4) haqiqiy sonlar bilan ishlash sistemalari kiritilgan, shu sababdan ular uchun soprotsessorlar ishlab chiqarilmaydi.






2. Mikroprotsessorning tuzilishi va asosiy xususiyatlari

Ma’lumki, mikroprotsessor EXM-ning markaziy qurilmasi bo‘lib, raqamli axborotlarning berilgan algoritm bo‘yicha avtomatik ishlashini ta’minlaydi. Protsessor EXM-ning boshqa qurilmalari bilan rasmdagidek bog‘langan.

So‘zlarni qabul qilish, saklash va ular ustida amallarni bajarish uchun registrlar, jamlagichlar va boshqa uzellardan tashkil topgan protsessorning operatsion qismi deb ataluvchi arifmetik – mantiqiy qurilma ishlatiladi.

Har qanday amal axborot so‘zlari (operandlar) ustida bajariladigan mikroamallar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Mikroamallarning bajarilish tartibi amal bajariladigan algoritm orqali aniqlanib, uzellarning kirish yo‘llariga boshqaruvchi signallar ketma-ketligini berish bilan amalga oshiriladi. Boshqaruvchi signallar hosil qilishda protsessorning boshqaruvchi qismi deb yuritiluvchi boshqarish qurilmasidan foydalaniladi.

Bu qurilma kirish yo‘liga berilgan amal kodiga mos holda uning chiqish yo‘lida u1, u2, …, un boshqaruvchi signallar ketma-ketligi shakllanadi.

Amalning bajarilish jarayonida arifmetik mantiqiy qurilmadan boshqaruvchi qurilmaga mikroamallarning bajarilish tartibini boshqaruvchi r1,r2, …, rn mantiqiy shartlarni akslantiruvchi xabarlovchi signallar uzatiladi.

Bu signallar mikroamallar ta’sirida o‘zgaruvchi so‘zlarnig qiymatlariga qarab «1» yoki «0» qiymatlarini oladi.

p1 p2 … p






Бк
(бошкарувчи кисм)


АМК
(операцион кисм)

у1

у2


уn




буйрук

операндлар

натижа




ХК

Bir taktda bajariladigan mikroamallar majmui mikrokomanda deb yuritiladi. Takt protsessor ishlaydigan diskret vaqtning ikkita t va (t+1) paytlari oralig‘ini bildiradi.

Berilgan amalning bajarilishini ta’minlovchi mikrokomandalar va mantiqiy shartlar ketma-ketligi shu amalning mikroprogrammasi deyiladi. Misol tariqasida qo‘zgalmas vergulli sonlarin bir-biriga bo‘lish amalining mikroprogrammasini ko‘raylik. Bu amalni bajaruvchi qurilma (rasm) amal bajarilishidan oldin bo‘linuvchini saqlovchi to‘plovchi jamlagich (SM)-dan; bo‘luvchini saqlovchi registr (RGX)- dan, amal bajarilgandan so‘ng hosil bo‘lgan bo‘linmani saqlovchi registr (RGY)- dan, takt schyotchigi (CrT) va xona turining to‘lib – toshishini belgilovchi trigger (TP) dan iborat.


RGY

бўлинма


Bo‘linma raqami


SM

Бўлинувчи қолдиқ

qoldiq ishorasi


RGX

булувчи

Amal bajarilishida avvalo bo‘linmaning ishorasi aniqlanadi. Agar bo‘linuvchi va bo‘luvchining ishoralari har xil bo‘lsa (Amal bajarilishida avvalo bo‘linmaning ishorasi aniqlanadi. Agar bo‘linuvchi va bo‘luvchining ishoralari har xil bo‘lsa (sign SM sign RGX), bo‘linmaning ishora xonasida «1» holat o‘rnatiladi (sign RGY:=1) va demak, bo‘linma manfiy sondir. Agar ishoralar bir xil bo‘lsa, amalning bu bosqichi bajarilmaydi va RGY, GrT da hamda SM va RGX ning ishora xonalarida «0» holat o‘rnatiladi. Agar SM ning ishora xonasida «0» yozilgan bo‘lsa, bo‘linuvchidan bo‘luvchi ayriladi. Buning uchun SM ga RGX da saqlanuvchi son teskari kodda uzatiladi (SM:= SM+RGXtesk). Natijada musbat son hosil bo‘lsa (sign SM = 0),bo‘linuvchi bo‘luvchidan katta ekanligi ma’lum bo‘ladi, ya’ni xona turining to‘lib – toshishi sodir bo‘ladi (TP: = 1) va amal bajarilishi to‘xtatiladi.

Agar bo‘linuvchidan bo‘luvchini ayirganda manfiy son hosil bo‘lsa (sign SM = 1), takt schyotchigida saqlanuvchi son bittaga orttiriladi (CrT-CrT+1) hamda SM va RGX dagi sonlar chap tomonga bitta xonaga suriladi (SM:=L1(SM); RGY:=L1(RGY)). Agar biror taktda bo‘linuvchidan bo‘luvchini ayirganda SM da manfiy son hosil bo‘lsa, keyingi taktda SM va RGX dagi sonlar bir – biriga qo‘shiladi (SM:=SM+RGX), ya’ni qoldiq tiklanmaydigan bo‘lish amali bajariladi. Agar biror taktda (birinchi takt bundan istisno) bo‘linuvchidan bo‘luvchini ayirganda SM da musbat son hosil bo‘lsa, RGYning n – xonasida «1» holati o‘rnatiladi (RGY (n):=1), n taktdan so‘ng (CrT=n) bo‘lish amali tugalanadi.

Mikroprogrammalarni tavsiflashda algoritmlarning graf – sxemasi, mantiqiy sxemasi va matritsa sxemasi tillari ishlatiladi. Algoritmlarning graf – sxemasi AGS – mikroprogrammani tashkil qiluvchi mikroamallarning bajarilishi tartibini belgilovchi uchlar va ular orasidagi bog‘lanishlardir. Uchlar to‘rt xilga bo‘linadi: boshlanish uchi, operator uchi, shart uchi, tamom uchi.

Odatda g‘ar xil qurilmalarni loyihalashda avvalo mazmunli AGS tuziladi. Bunday AGS dagi operator va shart uchlarining ichida mikroamallar va mantiqiy shartlar mazmunli terminlarda yozilgan bo‘ladi.

Har qanday mikroprotsessor aniq sondagi elementlardan tashkil topgan, bo‘larga :1)xotira 2)registr 3) arifmetik mantiqiy qurilma 4)boshqarish qurilmasi.


  1. Xotira – operativ xotira bilan arifmetik mantiqiy qurilma orasidagi yordamchi KESH xotira bo‘lib, asosiy vazifasi operativ xotiraning ma’lumotlarni o‘qib arifmetik mantiqiy qurilmaga uzatishdir.

  2. Registr – mikroprotsessorda bajarilayotgan ichki ma’lumotlar xotira adreslari va bajarayotgan buyruqlarni vaqtinchalik saqlash uchun xizmat qiladi.

  3. Arifmetik mantiqiy qurilmada asosan ma’lumotlarni arfmetik va mantiqiy qayta ishlashni amalga oshiradi.

  4. Boshqarish qurilmasi – mikroprotsessorning ichki ish rejimida zarur bo‘ladigan boshqaruvchi signallarni va tashqi qurilmalar bilan shinalar orqali mikroprotsessor orqali aloqani ta’minlovchi signallar vaqtinchalik diagrammalarni ishlab chiqaradi.

Arifmetik mantiqiy qurilma tarkibi o‘z novbatida butun sonli operatsiyalarni qayta ishlash qurilmasi, butun sonli MMX kengaytmali operatsiyalarni qayta ishlash qurilmasi , soprotsessor, MMX kengaytmali soprotsessor va xotira bilan aloqa o‘rnatish qurilmalaridan tashkil topgan.

3.Mikroprotsessorning interfeyslari



Mikroprotsessorni har qanday MP li sistemaga ulash uchun sistemaning boshqa qurilmalari bilan yagona negizlar va uning bog‘lanish vositasini ishlab chiqish yoki belgilash kerak, ya’ni uni — fikatsiyalangan interfeys bo‘lishi kerak. Unifikatsiyalangan in­terfeys bu MP sistemasining qurilmalarini o‘zaro bog‘lanishining yagona negizini belgilaydigan qoidalar to‘plamidir.

Interfeysning tarkibiga interfeyslar xabarlarining tavsiflarini va ularning vaqt diogrammasini hamda xabarlarning elektrofizik kattliklarini tushintiradigan, qurulmalarning ap — paratli vositalarini ulanishi, aloqani xarakterlari kiritiladi.

КЧҚ(УВВ)

ОҲҚ(ОЗУ)

МП


1 (ҚАТК)

(Адр)6

Rasmda MP sistemada MPni — O‘XQ va kiritish/chiqarish qurilmasi bilan umumiy bog‘lanish sistemasi keltirilgan.

(Буйруқ) 8

2(У-Ё)

3(ВТ)

(Ўқ – Ё)7



(Қийматлар)10

(Қийматлар) 9

4(КИЙ)

5(КИЙ)



Mikroprotsessorning interfeysli bog‘lanish sxemasi.

MP korpusi orqali MP KCHQ bilan beshta guruxli bog‘lanishga ega. Birinchi guruxli bog‘lanishda shinalar orqali qurilmaning adresini tanlaydigan kod uzatiladi.

Ikkinchi guruxli bog‘lanishda shinadan o‘qish va yozishni boshqaruvchi xabar uzatiladi.

Uchinchi guruxli bog‘lanishda shinadan MPni vaqtincha to‘xtatish uchun xabar uzatiladi.

To‘rtinchi va beshinchi guruxli bog‘lanishda shinalar orqali protsessordan KCHQ ga va KCHQdan MPga qiymatlar uzatiladi.

MP OXQ bilan xam MP ni korpusidagi chiqishlari orqali beshta guruxli bog‘lanishni tashkil etadi.

Oltinchi guruxli shina bo‘yicha OXQga adres uzatiladi. Ettinchi shina o‘kish, yozishni boshqarish uchun, sakkizinchi—shinadagi xabarlar bo‘yicha protsessor buyruqlarni qabul qiladi.

To‘qqizinchi va o‘ninchi shinalar OXQ dan MPga va MPdan OXQga qiymatlarni uzatishni tashkil etadi.

Ma’lumotlar magistrali (MM). Ma’lumotlar magistrali deganda yuqori chastotali ma’lumotli xabarlarni uzatish fizik xususiyatga ega bo‘lgan kabellar va simlar (shinalar) yig‘indisi tushuniladi.

Ma’lumotlar magistraliga ulanadigan elektron bloklar ma’lum xususiyatga ega bo‘lishi kerak, bo‘lmasa qisqa tutash yoki past qarshilikli iste’molchi tashkil bo‘lishi mumkin.

Qiymatlarni ma’lumotli magistrallar orqali uzatishning umumiy qonuniyatini tushuntirishga misol kilib qo‘yidagi uchta 4—razryadli ma’lumotli magistrallar bilan bog‘langan sinxronlashtiruvchi re — gistrlar sistemasini ko‘rib chiqamiz (18—rasem). Ao — Az kirishlari orqali xabarlar registrga uzatiladi va faqatgina sinxrolash-tiruvchi xabarni oldingi fronti orqali "YOzishga ruxsat" (RZp) degan boshqaruvchi xabar (BX) bo‘lgandagina trigger ishlaydi va bu qiymatlarni yozadi. Agar RZp 0 bo‘lsa, u xolla qiymatlarning kirish xabarlari triggerlarning kirishlariga tushmaidilar va shuning uchun xam registrning holatini uzgartiraolmaydi. Bu holatda rejimda A1 kirish maydon ma’lumotlarni o‘tishi uchun kirish qarshiliklari etarli kattalikka ega bo‘ladi yani ma’lumotlar registrga yozilmaydi. Bu holatda registrlarning kirishlarini qiymatlar magistrallarining shinasiga yondash ulash hech qanday muommoni keltirib chiqarmaydi.

Ko‘rilayotgan sxemada Qo —Qz ma’lumotli chiqish xabarlari "O", “I” va "o‘chirilgan" logik holatlarni ishlab chiquvchi boshqariluvchi uchta pog‘onali kaskadlar orqali tashkil etiladi. Registrdagi trig — gerlarning chiqish kaskadlarini boshqarish ma’lumotlarni "chiqarishga (uzatishga) ruxsat" (RV) degan xabar orqali amalga oshiriladi. CHiqishidagi ma’lumotlarni uzatishni man etish (RV=0) bulganda amalga oshadi, yani RV=0 bulganda rezistor kaskadlarning chiqishi yuqori qarshilikka ega bo‘lgan rejimga o‘tadi. SHuning uchun ham registrlarning chiqishlarini ham ma’lumotli magistrallar shinasiga yon — dosh ulash hech qanday muammoni keltirib chiqarmaydi.

Registrlarning triggerlarini holatlarini nolga keltirish "Nolga keltirishga ruxsat" (RUO) degan xabar va sinxronizatsiyalovchi impuls orqali amalga oshiriladi.

Uchta qiymatlar registrlarini umumiy magistralga ulanish sxemasi

Ko‘rilayotgan sxemada registrlarning hamma kirishlari ma’lumotli magistrallarga ulanganligiga qaramasdan, ma’lumotli xabarlar faqatgina bitta kaskadli registrni kirishida RgZp=1, boshqalarida esa RZp=0 bo‘lishi kerak. Bunday ketma —ketlik har bir kaskadli registrlarning o‘zini RgZp kirishiga beriladigan R3p=1 xabari orqali amalga oshiriladi. (Hamma RgZp kirishlarida R3p=1 bo‘lsa, kirish xabarlari bir paytda hamma kaskadli regist — rlarga yozilishi mumkin). Ma’lumotli xabarlarni kaskadli regist — rlardan ketma —ket uzatish uchin faqatgina tanlangan kaskadning registrini RV kirishiga RV=1 xabarini, boshqalarining kirishiga esa RV=0 xabarini berish kifoya. Ana shu shart bajarilganda RV=0 bo‘lgan kaskadli registrlar chiqishlarining magistrallar shinasiga yuqori qarshilik bilan ulangan bo‘ladi (izolyasiyalanadi). Qiymatlarni "registrdan — registrga" uzatish quyidagicha amalga oshiriladi. Uchta holatli chiqishli registrlarni ishlash jadvalini ko‘rib chiqamiz.

7-jadval

Rzp

RV

RU“0”

CHiqish xolati

0

1

1

Q0=Q1=Q2=0

1

1

0

Qi=Ai

0

1

0

(S ni orqa frontida) Saqlash rejimi (S xabarlari ta’sir etmaydi)

S xa

0

0

0

O‘chirilgan

Ishlash jadvalidan foydalanib RgD1 qiymatlar registrining chiqish holatiniRgDZ registriga uzatish shartini aniqlaymiz (shartli yozish bo‘yicha[RgD1] — [RgDZ]):

RZP1=0 RV1=0



RZP2=0 RV2=0 [RgD1] -> [RgDZ].

RZpZ=1 RVZ=0

Ma’lumotlarning holatini uzatish boshqarish xabarlarining darajasini("1" eki"0") o‘rnatgandan keyin sinxronlashtiruvchi im­puls orqali amalga oshiriladi.

MP sistemasida yagona ma’lumotlar magistrali hamma qurilmalarni bir biri bilan bog‘lab turadi va ma’lumotlar magistrali: adreslar, qiymatlar hamda boshqaruvchi xabarlar magistralidan tashkil topgan.

Alreslar magistrali. Oddiy MPli sistemada uzatiladigan ma’lumotlarning adresini faqatgina MP ishlab chiqadi. SHuning uchun ham adreslar magistrali (AM) bir tomonga yo‘naltirilgan. MP adresning kodi to‘g‘risidagi xabarni ishlab chiqadi.

Adreslar magistraliga ulangan boshqa qurilmalar faqatgina adreslar kodini qabul qilishi va unga taaluqli bo‘lgan mikroamalni uzluksiz bajarishi mumkin.

Magistrallar adresining shinalarini soni uzatilayotgan adreslar kodining razryadlari bilan moe tushadi. Agarda 16—razryadli kod ishlatilgan bo‘lsa, u xolla sistemaga 216=65536 ta adres ishlab chiqishga ruxsat beriladi. Bu adreslarning hammasi xotira yacheykalarining adresiga va qiymatlarning kiritish — chiqarish registrlarini adresiga taaluqli bo‘lishi mumkin.

Kiymatlar magistrali. MP, OXQ, tashqi xotira qurilmalari (TXQ) va displey qiymatlarni uzatishi yoki qabul qilishlari mumkin. Boshqa qurilmalar faqatgina qiymatlarni qabul qilishi (DXQ) yoki uzatishi mumkin (pechat qiladigan qurilma). Sistemaning hamma imkoniyatlarini ta’minlash uchun qiymatlar magistrali ikki tomonga yo‘nalgandir. Qiymatlar magistralining razryadligi MPning razryadligi bilan aniqlanadi va 2,4,8,16,32 bitga teng bo‘lishi mumkin. Agarda MPda ikkilangan razryadli qiymatlar qayta ishlanayotgan bo‘lsa, u holda ikkilangan so‘z ikkita davrda uzatiladi, ya’ni bu erda vaqtincha multeplekslash amalga oshiriladi.

Boshkaruvchi magistral. MP va ayrim kirituvchi/chiqaruvchi qurilmalarning shinalari qurilmalarning amallarini aniqlash va sinxronizatsiyalash vazifasini bajaruvchi boshqaruvchi xabarlarni ishlab chiqadilar. Bu xabarlar boshqaruvchi magistrallar (BM) deb ataluvchi bir tomonga yo‘nalgan shinalar to‘plami orqali uzatiladi. Elektron sistemasidagi hamma boshqaruvchi xabarlar sistemali sinxronizatsiyalash xabarlari bilan moslashtirilgan. Bu xabarlar KIS kristalining ichidagi har xil qurilma va bloklar hamda boshqa qurilmalarning ishlashining boshlanishini (tutashini) va ketma- ketligini aniqlab turadi (ko‘rsatadi).

Sinxronizatsiyalangan impulslar ketma — ketligini chiqarib turish uchun asosan tashqi yoki ichki kvarsli generator qo‘llaniladi. Mikroprotsessor chiqarib beradigan sinxronizatsiyalangan xabarlar bitta, ikkita va ko‘p fazali bo‘lishlari mumkin.

Har bir MP o‘zining noyob bo‘lgan boshqaruvchi xabarlariga ega — dirlar. SHunga qaramasdan asosan hamma MP lar umumiy xabarlarga egadirlar.

Bu umumiy xabarlarning ichida boshqaruvchi pultda ishlab chiqiladigan "Nolga Keltirish" — kirish xabaridir. Bu xabar MP ning ichki registrlarini hammasini "nolga" keltiradi va programmadagi buyruqlarni ketma—ket bajarilishini aniqlovchi buyruqlar sanagichini programmadagi buyruqning birinchi adresi bilan yuklaydi.

Kirituvchi chiqaruvchi qurilmalarning xususiyati shundayki, ya’ni agarda MP o‘z vaqtida qurilma bilan kerakli amalni o‘tkazmasa, u holda ma’lumot yo‘qolishi mumkin. SHuning uchun ham tashqi qurilmalar MPning tayyor ekanligini bildiruvchi "protsessorni vaqtinchalik to‘xtatishga so‘rash" xabarini beradi. Agarda "so‘rash" qabul qilingan bo‘lsa, u holda MP "Vaqtincha qanoatlantiradi" degan javob xabarni ishlab chiqadi.

MP ni ichidagi qurilmalarni ishlashiga har xil vaqt ketadi — ganligi uchun tashqi qurilmalar, MP bilan birga ishlash uchun, o‘zidan MP holatini, tayyorligini va sh. o‘xsh. so‘rash uchun kerakli xa — barlarni MP dan so‘raydi. MP o‘z navbatida ana shu xabarlarga javob beradi. Bunday xabarlarni soni o‘ntagacha etishi mumkin.

Interfeyslarni o‘zgartirgichlar (interfeyslarning kontrol — lerlari). Agarda bir turdagi interfeysdan ikkinchi turdagi in — terfeysga o‘tish kerak bo‘lsa, u holda interfeyslarni o‘zgartir — gichlar yoki interfeyslarning kontrollerlari degan maxsus appa — ratning vositalari ishlatiladi. MP sistemalarini qurishda, ko‘ — pincha elektron xabarlarining har xil formatlarini o‘zgartirishga to‘gri keladi.

Hamma MP yondosh ko‘rinishida berilayotgan raqamli qiymatlarni qayta ishlaydi. Bu holda berilgan qiymatlar ma’lu— motlar magistrali orqali ALQga yondosh ravishda qayta ishlanadi. Biroq elektron sistemalarning periferiya qurilmalarida ma’lu — motli xabarlar har xil formatga (razryadga) ega bo‘lishi mumkin. Ana shulardan eng muhimlariga uzluksiz va raqamli ketma — ket xabarlari kiradi.

Katta integral sxemalar (KIS) ko‘rinishidagi uzluksiz raqamli va raqamli — uzluksiz (ATSP va SAP) o‘zgartirgichlar uzlukli xabarlarni yondosh kod ko‘rinishiga va teskarisiga aylantiradi. Rivojlangan o‘zgartirgichlarning boshqarish vositalari MP bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shimcha apparat vositalarisiz bog‘lanishini ham ta’minlaydi.

Qiymatlar ketma — ket raqamli format ko‘rinishida bitta ma’ — lumotlar shinasi bo‘yicha uzatiladi. Bu esa periferiya qurilmalari bilan bo‘ladigan bog‘lanishlar sonini ancha kamaytiradi. (Bunday bitta shina orqali ulanish tezkor periferiya qurilmalari bilan bog‘lanish kerak bo‘lmasagina o‘zini oklaydi). Buni ta’minlash uchun MP va tashqi qurilmalarning ishlashini sinxronizatsiyalaydigan qiymatlar formatini qabullovchi va o‘zgartiruvchi programmali modulni yaratish kerak.

YUqorida aytilganlarni amaliyotda qo‘llash uchun universal asinxron qabullovchi uzatuvchi deb ataluvchi qiymatlar formatini o‘zgartiruvchi maxsus KIS li kontroller — o‘zgartirgichidan foy dalaniladi.

Kiymatlarni asinxron uzatishda, qabullovchi (ya’ni MP) va uzatuvchi (teletayp) bir —biri bilan aloqada bo‘ladilar, lekin har biri o‘zining shaxsiy sinxronizatsiyalovchi sistemasiga egadir. SHuning uchun ham uzatuvchi qurilma xoxlagan paytda kiymatlarni uzatishi mumkin. Qabullagichda esa uzatgich bilan birga ishlashni analiz qilaoladigan, ya’ni sinxronizatsiyalovchi vosita bo‘lishi kerak.

Ketma —ket ma’lumotli xabarlarning formati. Ketma — ket ma’lumotli xabarlar "1" yoki "O" ko‘rinishidagi tok yoki kuchlanish orqali tashkil etiladi. Bu qiymat hamma ma’lumotlar formati uzatilib bo‘lgunga qadar saqlanib qoladi

Qiymatlar razryadininng bayti


START

. a). Ketma—ket qiymatlarning signallarini formati.

b). Toqlikka tekshirish bo‘yicha ketma—ket qiymatlar baytining formati.b—rasmda esa uzatilayotgan ikkinchi ketma—ket qiymatning formatlarini juftlikkatoqlikka tekshirib uzatilishi keltirilgan.

Aloqa yo‘liga raqamli ma’lumotni uzatguncha, aloqa yo‘liga "1" raqamli xabar doimo uzatilib turadi. Agarda ma’lumotlarni uza — tishni boshlash kerak bo‘lsa, avvalo "Boshlanish biti" deb ataluvchi oraliq (pauza) tashkil etiladi. Undan keyingina 7 razryadli qiymatlar so‘zi (biti) uzatiladi. Bu qiymatlar so‘zi juftlikka / toqlikka tekshiruvchi bit bilan xam birga uzatilishi mumkin. Uza — tilayotgan ikkita birga teng bo‘lgan "TO‘XTA" degan bitlar bilan tugallanadi. Qiymatlar so‘zining ichida qiymatlarning eng kichkina razryadlari esa eng oxirida uzatiladi. Qabullovchi qurilma aloqa yo‘lini nazorat qilib turadi. Aloqa yo‘lida doimo "1" satxli xabar bo‘lsa, aloqa yo‘lining tuzukligini (buzuq emasligini) bildiradi. Mabodo "1" xabari "0"ga aylansa va bir bitni tashkil etsa, qabullovchi qurilma bu bitni ma’lumotni uzatishning boshlanishi deb tushinadi va aloqa yo‘lidan ma’lumotlarni qabul qilishga o‘tadi. Ma’lumotlarni qabul qilish jarayonida qabullovchi qurilma "To‘xta" degan xabar kelishini analiz qilib turadi. Demak "Boshla" va "To‘xta" degan bitlar qabullovchi — uzatuvchi qurilmalarning sinxron ishlashini ta’min etib turadi va berilganlarni to‘g‘ri qabul eti — shini amalga oshiradi.

Xulosa


Biz bu mustaqil ishimizda mikroprotsessor va uning turlari,ularning tuzilishi va xususiyatlari,interfeyslari va qo’llanishi ko’rib chiqdik. Mikroprotsessorni har qanday MP li sistemaga ulash uchun sistemaning boshqa qurilmalari bilan yagona negizlar va uning bog‘lanish vositasini ishlab chiqish yoki belgilash kerak, ya’ni uni — fikatsiyalangan interfeys bo‘lishi kerak. Unifikatsiyalangan in­terfeys bu MP sistemasining qurilmalarini o‘zaro bog‘lanishining yagona negizini belgilaydigan qoidalar to‘plamidir.

Adabiyotlar:




  1. Mikroprotsessorы 1-2-3 pod red. prof. L.N. Presnuxina. M. 1986

  2. Alekseenko i dr. Proektirovanie radioelektronnoy apparaturы na mikroprotsessorax. M. 1984

  3. Proektirovanie mikroprotsessornыx izmeritelnыx priborov i sistem. V.D. Sidelko i dr. Kiev, Texnika 1984.

  4. V.V. Mayorov. Gavrilov A.I. Prakticheskiy kurs programirovaniya MP sistem. M. Mashinostroenie 1989.

  5. S. T. Xvosh i dr. Mikroprotsessorы i mikro EVM v sistemax avtomaticheskogo upraleniya.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish