Ikkinchidan – har bir periferik qurilmaga ma’lum bir ustivor tartib nomerni berish va ustivorlik uzilishlar tizimidan foydalanish, bu esa ustivorligi yuqori bo’lgan uzilishlar ustivorligi pastroq bo’lganlaridan oldin bajarilishini ko’rish mumkin.
Ustivorlikning (prioritetning) ikki turi mavjud – nisbiy va absolyut (mutloq). Nisbiyda ustivorligi juda yuqori bo’lgan uzilish past ustivorlikda ishlaydigan uzilishni to’xtata olmaydi, absolyutda esa buni amalga oshirish mumkin.
Uzilishlarni maskalash. Uzilishlar ustivorligi.
EHM turli xil uzilishlarga tanlab javob beradigan vositalarga ega bo’lishi kerak.
Masalan, agar apparat ishlamay qolishi faktini aniqlagan nazorat sxemasi biridan uzilish signali kelsa, u holda boshqa uzilish signallariga javob berish talab qilinmaydi, masalan, razriyadli setkaning to’lib ketishi, apparatning nosozligi tuzatulgunga qadar.
Ushbu maqsadlar uchun uzilish maskasidan foydaniladi – ikkilik kod М =
m1... mk, bunda har bir uzilish sababiga mi maska biti mos qo’yiladi.
Agar, masalan, maska biti mi = 0 bo’lsa, u holda i-sabab bo’yicha uzilish,
yani maskalangan.
Agar mi = 1 bo’lsa, u holda uzilishga ruxsat beriladi, yani maskalanmagan. Shunday qilib, uzilish operatsiyasi faqat maskalanmagan uzilish signali bilan boshlanadi.
Ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish uchun uzilish signallariga turli xil ustivorliklar beriladi.
Ustivorlik – bu xizmat qilishning ustun huquqi – xizmat imtiyozi. Ustivorlikni belgilash, masalan, jarayonlar dinamikasi asosida amalga oshiriladi: tezkor oqimlarga yuqori ustivorliklar belgilanadi.
Masalan, noto’g’ri (korrekt bo’lmagan) darajasiga asoslanib: apparatdagi noto’g’rolik (ishlamay qolishi) dastrudagi noto’g’rilikdan farqli o’laroq avval unga xizmat ko’rsatilishi kerak.
Noto’g’ri dasturni hisobdan olib qo’yib va boshqa dasturga xizmatni boshlash mumkin. Apparatning ishlamay qolishi ixtiyoriy dasturni bajarilishini imkonsiz qiladi. Shuning uchun, ishlamay qolishga javob (reaksiya) dasturiy nosozliklar va uzilishlarning boshqa sabablaridan ustun bo’lishi kerak.
Ustivorlik tizimining oddiy sxemasi.
Ixtiyoriy niqoblanmagan (maskalanmagan) uzilish signalini olgandan so’ng, protsessor joriy dasturning bajarilishini to’xtatadi va hakam (arbitr) uzilishga so’rov yuborgan manbani izlashni boshlaydi.
Qidiruv ustivorlikning kamayish tartibida eng yuqori ustivorlikka ega manbadan boshlab belgilangan ustivorliklar tartibida amalga oshiriladi.
Bitta ishlov berish dasturini boshqasi bilan to’xtatish imkoniyatiga nisbatan ustivor uzilish tizimlarining harakati uchun ikkita sxema mavjud.
Birinchisi – nisbiy ustivorlikli (NU) sxema bo’yicha xizmat. Ikkinchisi – absolyut ustivorlikli (AU) boyicha xizmat.
NU holatida uzilish signaliga berilgan ustivorlik nisbiy, ya’ni, har doim ham harakat qilmaydi, lekin faqat bir vaqtning o’zida bir nechta uzilish so’rovlarini qabul qilish vaqtida.
Agar yuqori ustivorlik signali pastroq ustivorlikka ega bo’lgan signaldan keyinroq kelsa, u holda ushbu quyi ustivorlik signaliga ko’rsatilayotgan xizmatni yuqori ustivorlik signali bilan uzib bo’lmaydi, ya’ni, tugatguncha uzilishlarsiz amalga oshiriladi va faqat shundan keyingina yuqori ustivorlikka ega bo’lgan so’rov bo’yicha xizmat boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |