„Ekson“, „Mobil“, „Teksako“, „Shevron“, „Standard oyl of Kaliforniya“, „Standard
oyl of Indiana“, „Galf oyl“ neft, „Jeneral motore“, „Ford motor“, „Kraysler“
avtomobil, „IBM“, „Jeneral elektrik“, „ITT“ elektr mashinasozligi, „YU. S. Stil“
poʻlat quyish, „Dyupon de Nemur“ kimyo va boshqa korporatsiyalar bor. Harbiy
sanoat korporatsiyalari orasida „Jeneral daynemiks“, „Lokxid“, „Makdonnel
Duglas“, „Grumman“, „Xyuz eyrkraft“ yetakchi oʻrinni egallaydi. Avia-raketa-
kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va
energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning
74 % issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1 % AESlarda hosil qilinadi.
Neft (Meksika qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va
oltingugurt (Galf), kumir (Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl
atrofi), fosforit (Florida), uran, rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi.
Qora metallurgiyaning asosiy markazlari — Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend,
Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf atrofida hamda Kolumbiya va
Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning yetakchi tarmogʻi —
mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-uskunalari, qurilish va
qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan shimoli-sharqiy shtatlarda,
elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoli-sharq va Kaliforniyada
Yoʻlga qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri Samolyotlar,
raketa va kosmik texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-
Diyego, Boston, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa
shaharlarda joylashgan. Kemasozlik (asosan harbiy kemasozlik) AQSh shimoli-
sharqiy sohili portlarida rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari — Ok-Rij,
Padyuka, Portsmut, Eyken, Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar,
kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli
oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq korxonalari asosan shimoli-
sharqiy shtatlarda, Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda joylashgan. Harbiy
sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York, Texas, Konnektikut, Missuri, Massachusets,
Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi toʻqimachilik
(koʻproq Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) va tikuvchilik
(Nyu-York va janubiy shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan. Oziq-
ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi
tarmoqlari — goʻsht, sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz
ichimliklar, tamaki.
Do'stlaringiz bilan baham: