MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS
FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
Dasturiy injiniringi yo‘nalishi
3-kurs talabasi Aytmuratov Ruslanbek
INDIVIDUAL LOYIHA
Mavzu : Kutubxona elektron mobile ilovasi
Topshirdi: Aytmuratov R.
Qabul qildi: Sagidullaev N.
Nukus-2022
MUNDARIJA
Kirish
1. Android operatsion tizimining rivojlanish bosqichlari 5
2. Android ilovalar turkumlari 10
3. Elektron kutubxona. 12
4. Masalaning qo’yilishi 14
5. Ilova interfeysini yaratish 15
6. Dasturdan foydalanish 19
XULOSA 24
ILOVA 26
KIRISH
Biz bugun mobil aloqa, internet, videotelefon tizimi, elektron kutubxona raqamli televideniya, zamonaviy bank xizmatlari, lizing, sug‘urta, audit, injiniring va boshqa zamonaviy xizmat turlarini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratmoqdamiz. Bugungi kunda yurtimiz mobil aloqaning rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rinda turgan o‘nta mamlakat qatoriga kiradi. O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatidan foydalanuvchilarning umumiy soni 2000 yilga nisbatan – 200 barobar oshib, 19 milliondan ortiq abonentni tashkil etmoqda. Yuqoridagi ma`lumotlardan ko`rinib turibtiki Android operatsion tizimida ishlab chiqarilgan dasturlar XXI asrdagi eng ko`p ishlatiladigan, ommalashib borayotgan dasturlar sarasiga kiradi. Demak, O`zbekiston uchun Android tizimida yaratilgan milliy - zamonaviy dasturlar ishlab chiqish informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi barcha dasturlovchilar uchun birinchi darajali masalalardan hisoblanadi. Shu maqsadda men ham Android tizimida ishlovchi elektron kutubxona yaratish lozim deb topdim. Dastur yurtimizga kelgan mehmonlar, talabalar va axoli uchun mo‘ljallanadi. Foydalanuvchiga qulaylik yaratish, vaqtdan yutish imkonini beradi. Internet, GPS xizmatlari mavjud bo‘lmagan hollarda ham foydalanish mumkin.
Tezlik bilan rivojlanib va keng tarqalib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari davrida hayotimizni qo‘l telefonlari, cho‘ntak kompyuterlari, kompyuterlarsiz tasavvur qilishimiz juda ham qiyin. Biz bilamizki hozirgi davrda boshqa texnika vositalari qatorida qo‘l telefonlari ham takomillashib, murakkablashib, mukammallashib boryapti. Bunda foydalanuvchilar soni esa kundan kunga jadallik bilan oshib boryapti. Yosh boladan tortib keksa kishilargacha qo‘l telefon xizmatlaridan foydalanishmoqda. Hozirda kompyuterlar bilan raqobatlasha oladigan darajada qo‘l telefonlari kuchayib ketdi. Ularda ham o‘zining maxsus operatsion tizimi, tezkor xotirasi, protsessori mavjud bo‘lib, foydalanuvchining doimiy yordamchisiga aylanib qoldi. Bularga misol qilib Blackberry, Apple iPhone, Samsung, HTC, ZTE, LG kabi yirik kompaniyalar ishlab chiqarayotgan smartfonlar va planshetlarni keltirishimiz mumkin. Ulardagi operasion tizimlar ham sun‘iy intellektga qarab takomillashib bormoqda. Shu jumladan, yaqin yillarda o‘z faoliyatini boshlagan va hozirgi kunda smartfon bozorining 75 % ini egallashga ulgurgan Android operatsion tizimi yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish qilmoqda. Bu degani, ushbu OTdan aholining 50-60 foizi foydalanadi. Operasion tizim foydalanuvchilari qanchalik ko‘payib borsa, unda ishlaydigan dasturlarga bo‘ladigan ehtiyoj ham shunchalik kattalashadi. Demak, Android uchun mo‘ljallangan dasturlarni tuzish ko‘proq talab etiladi. Biz ham shuni inobatga olib, hozirgi kunda o‘qituvchilarimiz uchun juda qo‘l keladigan dasturimiz, ya‘ni dars jadvali dasturini tuzishga harakat qilamiz. Amalda bu ko‘rinishdagi dasturning mavjud emasligi va bu xildagi dasturlarga talabning yuqoriligi tadqiqotimizning dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |