Kengaytirish platasi tizimli magistral slotlariga (raz’mlariga) o‘rnatiladi va opnrativ xotira xamda kiritish/chiqarish qurilmasini o‘z tarkibiga olishi mumkun. Ular boshqa qurilmalar bilan axborot almashuvini shinadan dasturiy almashuv ish tartibida, uzulish ish tartibida va XBEB ish tartiblarida amalga oshirishi mumkun. Shuningdek shinani egallash imkoniyati xam ko‘zda tutilgan, yani qandaydir vaqtga shinadan barcha tizimli qurilmalarni to‘liq uzib qo‘yish.
Ushbu arxitekturaning muxum xususiyati.
Ushbu arxitekturaning muxum xususiyati – bu uning ochiqligi, yani kompyuterga qo‘shimcha qurilmalarning ulanish imkoniyati, tizimli qurilmalarni xamda turli kengaytirish platalarini. Ochiqligi shundan iboratki, foydalanuvchining dasturlarini kompyuterning dasturiy ta’minotining xoxlangan bosqichida oddiy o‘rnatilishi etiborga olingan.
IBM PC XT keng tarqalgan birinchi kompyuter oilasi, orginal PC XT-Bus tizimli magistral asosida bajarilgan edi. Keyinchalik (IBM PC AT dan boshlab) uni qayta ishlanib ISA (Industry Standard Architecture) deb nom berilgan va standart bo‘lib qoladi. Yaqin vaqtgachan ISA kompyutrning asosi bo‘lib qolgan. Ammo, i486 protsessorlari paydo (1989 yilda) bo‘lgandan so‘ng, u unumdorlik talablariga javob bermay qoldi va uni ancha tez ishlaydigan shinalar VLB (VESA Local Bus) va PCI (Peripheral Component Interconnect) bilan birgalikda ishlatila boshlandi, yoki ISA magistraliga mos bo‘lgan EISA (Enhanced ISA) magistralga o‘zgartiriladi. Sekin asta PCI shinasi raqobatchilarni siqib chiqardi va standart bo‘lib qoldi, 1999 yildan boshlab yangi kompyuterlarda ISA magistralidan to‘liq voz kechishga va faqat PCI shinasini qoldirish tavsiya etildi. To‘g‘ri, bunda ko‘p yillar davomida ISA magistraliga ulanishga moslangan, kengaytirish platalarini ishlatishdan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Shaxsiy kompyuter arxitekturasini rivojlantirishning boshqa yo‘nalishi tizimli xotira bilan axborot almashishini maksimal darajada tezlatishdir. Aynan tizimli xotiradan kompyuter barcha ishlatiladigan buyruqlarni o‘qiydi va tizimli xotirada u axborotlarni saqlaydi. Yani, protsessorning eng ko‘p murojatlari aynan xotiraga bo‘ladi. Xotira bilan axborot almashuvini tezlatish butkul tizimni tezligini jiddiy oshirishga olib keladi. Ammo xotira bilan axborot almashuvida tizimli magistralni ishlatilishida magistralni tezlik bo‘yicha chegaralanishlarini xisobga olishga to‘g‘ri keladi. Tizimli magistral ko‘p sonli qurilmalarni ulanishini ta’minlashi kerak, shuning uchun u ancha uzun bo‘lishi kerak; u magistral yo‘llari bilan moslash uchun kirish va chiqish buferlarini ishlatishni talab etadi. Tizimli magistralda almashuv sikllari murakkab va ularni tezlatish mumkun emas. Natijada protsessorni magistral bo‘yicha xotira bilan almashuvini jiddiy tezlatishga erishib bo‘lmaydi.
Loyixalashtiruvchilar tomonidan quyidagi yondashuv taklif etildi. Tizimli xotira tizimli magistralga ulanmay maxsus yuqori tezlikdagi protsessorga “yaqin” joylashgan, murakkab buferlar va katta masofa talab etilmaydigan shinaga ulanadi. Bu xolda xotira bilan almashuv ushbu protsessor uchun bo‘lishi mumkun bo‘lgan maksimal tezlikda olib boriladi va tizimli magistral uni tezligini pasaytirmaydi. Ayniqsa bu masala protsessor tezligi oshishi bilan dolzorb bo‘lib qoladi (xozirgi shaxsiy kompyuter protsessorining takt chastotasi 3-5 GGs).
Shundek qilib, faqat birinchi kompyuterlarda ishlatilgan bir shinalidan, uch shinalikka o‘tadi (2-chizma).
2-chizma. Uch shinali tarkib aloqalarini tashkillashtirish.
Shinalarning vazifalari quydagichadir:
-maxalliy shinaga markaziy protsessor va kesh-xotira ulanadi (tezkor bufer xotira);
-xotira shinasiga kompyuterning operativ va doimiy xotirasi va shuningdek tizimli shina kontrolleri ulanadi;
-tizimli shinaga (magistralga) kompyuterning qolgan barcha qurilmalari ulanadi.
Uchta shinaning xammasi manzillar yo‘liga, axborotlar yo‘liga va boshqarish signallariga ega. Lekin, bu shinalar yo‘llarining tarkibi va vazifalari o‘zaro bir xil emas, ammo ular bir xil vazifa bajarsa xam. Protsessor nuqtai nazaridan, tizimli shina (magistral) tizimda xammasi bo‘lib bitta, u orqali protsessor axborotlar va buyruqlarni oladi xamda axborotlarni xotiraga shuningdek kiritish/chiqarish qurilmasiga uzatadi.
Bu xolda tizimli xotira bilan protsessor o‘rtasidagi vaqt ushlanishi minimaldir, chunki lokal shina va xotira shinasi faqat sodda tezkor buferlar bilan ulangandir. Protsessor va kesh-xotira o‘rtasidagi ushlanish undan xam kam bo‘ladi, sababi protsessorning lokal shinasiga to‘g‘ri ulangan va protsessorni tizimli xotira bilan tezkor almashuviga xizmat qiladi.
Agarda kompyuterda ikkita tizimli shina qo‘llangan bo‘lsa, masalan, ISA va PCI, u xolda ularning xar biri o‘zining shina kontrolleriga ega bo‘ladi va ular parallel, bir- biriga ta’sir ko‘rsatmasdan ishlaydilar. Unda to‘rta shina xosi bo‘ladi va ba’zida beshta shinali xam bo‘ladi. Kompyuterning bu kabi tarkibiga misol 3-chizmada keltirilgan.
Odatda, zamonaviy tizimli platalarda protsessorni almashtirish, uning takt chastotasini tanlash, operativ xotira sig‘imini oshirish va almashtirish, boshqa qurilmalar ish tartibini tanlash imkoni mavjut.
3-chizma. Qo‘p shinali tarkibga misol.
Xozir tizimli platada odatda shuningdek tashqi interfeys vositalari xam joylashadi, u joylashtirilgan qurilmalarni (masalan, diskli tashuvchilarni ) va shuningdek kompyuterni tashqi qurilmalarini (masalan, klaviaturani, sichqonchani, printerni, skaner, modem) ulash uchun xizmat qiladi. Video monitorni ulash uchun slotlarning biriga joylashtiriladigan maxsus kengaytirish platasi (displey kontrolleri) ishlatiladi. Bu uni kerak bo‘lganda ancha kuchli yangi monitor o‘rnatishga imkon beradi.
Qayd qilishimiz kerakki, ko‘p tarqalayotgan kichik shaxsiy kompyuterlar noutbuk (notebook) toifasidagi kompyuterlarga sag‘al boshqacharoq konstruktiv yechim tadbiq etiladi. Xususan, ularda tizimli shinani kengaytirish slotlari yo‘q, amaliy jixatidan kompyuterning barcha qismlari bitta platada bajarilgan. Lekin biz asosan kompyuterning stol usti (desktop) toifasiga tegishli bo‘lgan kompyuterlar xaqida gap yuritamiz, chunki aynan ular murakkab tizimlarni yaratish uchun maslashtirilgandir, oddiy modernizatsiya (upgrade) qilish va foydalanuvchining aniq kerakli masalasiga sozlash imkoni yaratilgandir.
Klassifikatsiya–sotsial hayotimizda va fanda keng tarqalgan tushunchadir. Klassifikatsiya deganda lotincha ―classis‖ - sinf, guruh, tur va ―facere‖ - qilmoq so’zlariga to’g’ri keladi. Klassifikatsiya atrof-muhitni, dunyoni, modda va hodisalarni o’rganish jarayonidir. Har bir hodisa va moddalar bir qancha belgilarga ega bo’ladi, bu belgilarga asoslangan holda hodisa va moddalar sinflarga, guruhlarga bo’linadi, ya‘ni klassifikatsiya qilinadi. Masalan, D.I. Mendeleevning elementlarni ortib boruvchi atom og’irligiga ko’ra joylashtirilgan. Har bir elementlar va jismlarning birikmalaridagi barcha xossalari davriy suratda takrorlanib turadi, atom og’irligiga qonuniy ravishda bog’liq bo’ladi deb isbotlandi. D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasiga (klassifikatsiyasi) moddalarnig atom og’irligi asos qilib olingan. Bu asos ximiya fani tarixida yangi davrning vujudga kelishiga imkon berdi, moddalarning tuzilishi to’g’risidagi ta‘limotning taraqqiy etishiga sabab bo’ldi. Ayrim hollarda sun‘iy klassifikatsiyalar ham qo’llaniladi. Masalan, o’simliklarning barglarini va gullarining rangi, shakliga qarab klassifikatsiyalashdan dekorativ o’simlikshunoslikda amaliy jihatdan foydalaniladi. Demak, amaliyotda klassifikatsiyalash asosiy va sun’iyga ajratiladi. Kutubxona bibliografiya ishida bu jarayon qanday kechadi. Kutubxonashunoslik ishining an‘anaviy ish faoliyati hujjatlarni klassifikatsiyalashda asos - hujjatlarning mazmuni qilib olinadi. Bu usul hujjatlar klassifikatsiyasiga tabiiy klassifikatsiya deb qarash imkonini beradi. Hujjatlarni formatiga, tiliga, chiqarilgan joyiga, betlar soniga qarab tanlab olish sun’iy klassifikatsiyaga misoldir. Kutubxona fondlari goho mahsus maqsadlarni ko’zlab, ana shunday ajratiladi, biroq odatda hujjatlarni klassifikatsiyalash deganda ularni mazmuniga muvofiq tarzda guruhlarga ajratish nazarda tutiladi. Faqat bilim sohalariga ko’ra guruhlarga ajratishga matbuot asarlarini klassifikatsiyalash deb aytiladi. Kitobxonlarni turli ehtiyojlarini qondirishda shu tarzda hujjatlarni mazmuniga ko’ra klassifikatsiyalash maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, hujjatlarni bilimning muayyan sohasiga munosabati belgisiga qarab klassifikatsiyalash kitobxonlarni o’zlariga aynan kerakli adabiyotni tanlab olishlariga imkon beradi. Klassifikatsiyalash jarayoni Axborot rеsurs markazlari, Axborot kutubxona markazlari kutubxona fondlarini har tomonlama chuqur yoritib berish, kitobxonga, kutubxonachiga unumli ishlashiga imkon yaratadi. Kutubxona–bibliografiya ishi nazariyasi va amaliyotida hujjatlarni klassifikatsiya tushunchasi deb, aynan sistemali (fan sohalari bo’yicha) klassifikatsiyaga aytiladi. Sistemali klassifikatsiyaning asosiy hususiyatlari shundan iboratki, bunda barcha bilimlar majmuasi fan sohalarini bo’linishiga asoslanib, alohida bo’limlarni hosil qiladi. Bo’lim ichida yana mayda bo’linmalar va bo’limchalar tashkil qilinadi. Bu bo’linmalarning har birida bilimning muayyan sohalariga tegishli masalalardan biriga doir kitoblar birlashtiriladi. Bo’linmalar ichida yana kichik bo’limchalar hosil qilinadi. Klassifikatsiya bo’limlarini umumiy tushunchadan (ya‘ni bo’limdan) xususiy, juz‘iy tor ma‘nodagi tushunchaga bo’linma, bo’linmachalarga o’tishi ierarxik – sistemali tartib deyiladi. Masalan musiqa tushunchasi umumiy deb olsak, vokal musiqasi, estrada orkestri – bu xususiy tor ma‘noni anglatadigan tushunchalar. Bo’lim, bo’limmalar va bo’limmachalarni ierarxik bog’lanishi kutubxona bibliografik klassifikatsiyalar jadvallarini asosini tashkil etadi. Sistemali kataloglar hamda Axborot - rеsurs markazlari, Axborot kutubxona markazlari, kutubxonalarning fondlari ham huddi shu klassifikatsiya asosida tuziladi. Klassifikatsiya bo’limlarini umumiydan (bo’limdan) juz‘iyga (bo’linma va bo’linmachalarga) tomon bunday joylashtira borish sistemali tartib deyiladi. ―Sistemali joylashtirish‖ va ―sistemali katalog‖ degan tushunchalar shuning mantiqiy ifodasidir. Kitoblar tokchalarda va sistemali katalogda ham bilimning har xil bo’limlari bo’yicha kitob va kartochkalar bo’lim, bo’linmalar, bo’linmachalari tashkil qilinib umumiydan juz‘iyga, yoki xususiyga tomon ketma-ket joylashtiriladi. Umumiy va juz‘iy degan tushunchalar nisbiy tushunchalardir, albatta. Masalan fizika bo’linmasi – tabiiy fanlar asosiy bo’limiga nisbatan juz‘iydir – ayni chog’da u akustika, optika va boshqa mayda bo’linmalarga nisbatan umumiydir. Klassifikatsiya bo’limlarini umumiydan juz‘iyga tomon joylashtirish printsipiga amal qilib, ularning nomlarida muayyan izchil tartib: bo’lim, bo’linma, bo’limcha degan tartib belgilash mumkin bo’lur edi. Biroq kutubxonashunoslik tajribasida ―bo’lim‖ termini odatda har bir bo’linishga nisbatan qo’llaniladi, ―bo’linma‖, ―bo’limcha‖ terminlari esa bo’limning tobelik ma‘nosini bildirishi lozim bo’lgan hollardagina ishlatiladi. Masalan, ―Akustika bo’limi‖ ayni chog’da bu fizika bo’limining bo’limchasi deyiladi. Bibliografiyada hujjatlarni klassifikatsiyalash keng qo’llaniladi. Xuddi kutubxona sistemali katalogi singari bibliografik nashrlarda ham hujjatlarning tasvirlari mazmuniga qarab, bu asarlarning mavzusini ochib beruvchi rubrikalar ostida guruhlarga ajratiladi. Bibliografik nashrlarda hujjatlarni mazmuniga qarab guruhlarga ajratish hamma vaqt ham bilim sohalariga qarab klassifikatsiyalash bilan bog’layverilmaydi. Bibliografik nashrlarning ko’pchiligida hujjatlarni predmet katalogiga yaqinlashtirib predmet asosida guruhlarga ajratish usullaridan yoki geografik belgilariga qarab, guruhlarga ajratish usulidan foydalaniladi. Bibliografiyaning turli xillarini guruhlarga ajratishning xarakteri va usullari mazkur nashrning maqsadlari bilan belgilanadi. Biroq bilimning barcha sohalariga yoki ko’p sohalariga oid matbuot asarlarini o’z ichiga oluvchi universal xarakterdagi ko’pgina bibliografik nashrlarda, shuningdek katta sohali bibliografiyalarda asarlar rubrikalar bo’yicha guruhlarga ajratiladi va rubrikalar sistemali katalogning tuzilishiga o’xshash tartibda, ya‘ni bilim sohalariga qarab joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |