Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "axborot xavfsizligi" kafedrasi



Download 73,74 Kb.
bet26/27
Sana04.02.2022
Hajmi73,74 Kb.
#428625
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Mamatov Suxrob

14-mustaqil ta’lim topshirig’i
2. O‘zbekiston respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 03.04.2007 y. N PQ-614.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” va “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek axborotni muhofaza qilishning kriptografik vositalari hamda kriptografiya tizimlaridan foydalangan holda maxfiy yoki davlat sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlar bayon etilgan axborotni muhofaza qilish faoliyatini tartibga solish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi va mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlashni ta’minlovchi vakolatli organ hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Davlat xavfsizlik xizmatining axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari va tizimlarini rivojlantirish hamda foydalanish sohasidagi strategik ustuvor yo‘nalishlarni zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq ravishda shakllantirish va amalga oshirish;
axborotni kriptografik muhofaza qilishni standartlashtirish, sertifikatlash va litsenziyalash, bu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni ta’minlash;
axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, axborotni kriptografik muhofaza qilishning mahalliy vositalarini ishlab chiqish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar:
davlat sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlar bayon etilgan axborotni;
davlat tashkilotlarining mulki hisoblangan maxfiy axborotni;
tashkilotlar tomonidan tovarlar va xizmatlarni davlat tashkilotlari ehtiyojlari uchun yetkazib berishda ularning idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, maxfiy axborotini kriptografik muhofaza qilishda foydalaniladigan axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari, shu jumladan xorijda ishlab chiqarilgan vositalari majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi shart.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
5. Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) “O‘zstandart” agentligi (R. Bo‘riyev) bilan birgalikda axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida tegishli standartlar, normativ va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etsin.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov), MXX bilan kelishilgan holda, axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishni ta’minlasin.
7. “O‘zstandart” agentligi (R. Bo‘riyev) belgilangan tartibda MXXni axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida mahsulot (xizmat)larni sertifikatlash huquqini olishga akkreditatsiyadan o‘tkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan yoki kriptotizimlardan foydalanishni nazarda tutuvchi axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha loyihalar ekspertizasini o‘tkazishda mazkur loyihalarning DXX bilan kelishib olinishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)

Download 73,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish