Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali “tt va kt” fakulteti



Download 438,62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2022
Hajmi438,62 Kb.
#414530
Bog'liq
diskret 14



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
QARSHI FILIALI 
 
“TT VA KT” FAKULTETI
 
 
“KI sirtqi 13– 20” guruh talabasi Aslanov Shohjahon Uzoqovichning 
Diskret tuzilmalar fanidan bajargan 
 
MUSTAQIL ISHI №14 
Bajardi:
Sh.Aslanov 
Qabul qildi:
Sh.Musurmonova 


Mavzu: 
Algoritmik modellar Algoritmning intuitiv tushunchasi va uni aniqlash 
zarurati.Tyuring mashinalari va ular orqali hisoblanuvchi funksiyalar 
REJA 
1. Algoritmik jarayonlarning matematik modellari 
2. Matematik modellarni qurish bosqichlari 
3. Tyuring mashinalari 


Model so‘zi lotincha modulus, so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor, 
obraz, namuna, analog, "o‘rinbosar" degan ma’nolarni bildiradi. Modelь 
tushunchasini ta’riflash juda qiyin. Bir manbada uning 31 ta ta’rifi sanab o‘tilgan. 
SHunday bo‘lsada bu tushuncha har birimizga tanish: o‘yinchoq samolyot - 
samolyotning modeli, globus - Erning modeli, planetariy ekrani-osmon va undagi 
yulduzlar modeli, S=vt formula- jism xarakati modeli. Bu bayon qilingan predmetlar 
grafik tasvirlar, formulalar bitta "model" so‘zi bilan birlashadilar. YAna turli shaklda 
berilgan ta’riflardan ba’zilarini keltiramiz. Keng ma’noda modelь biror ob’ekt yoki 
ob’ektlar sistemasining obrazi yoki namunasidir. N. N. Moiseev ta’rifi buyicha 
«Modelь deganda biz predmet (hodisa ) haqida uning u yoki bu ayrim xossalarini aks 
ettiruvchi ma’lum bir chegaralangan ma’lumotni beruvchi soddalashtirilgan bilimni 
tushunamiz. Modelga ma’lumotni kodlashning maxsus shakli sifatida ham qarash 
mumkin. Modellarni qurish kishilar faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Model 
qurish jarayoni modellashtirish deyiladi. Modellashtirish deganda ob’ekt (sistema) ning 
modeli 
yordamida 
shu 
ob’ektning 
xossalarini 
tadqiq 
qilish 
jarayoni 
tushuniladi. Modellashtirish - turli jarayon va hodisalarni o‘rganishning eng keng 
tarqalgan 
metodlaridan 
biridir. 
Model 
tushunchasi 
biologiya, meditsina, ximiya, fizika, iqtisodiyot, sotsiologiya, demografiya va 
boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi. Modellarning matematik modelь, fizik modelь, 
biologik modelь, iktisodiy modelь va boshka turlari mavjud. Matematik modelь 
tushunchasining 
ham 
turli 
ta’riflari 
mavjud. 
Ulardan 
ba’zilarini 
keltiramiz. Jarayonning matematik tavsifini, ya’ni jarayonning matematik tildagi 
bayonini matematik modelь deb yuritamiz. Matematik modelь olamning ma’lum 
hodisalari sinfining matematik belgilar bilan ifodalangan taqribiy ifodasidir. 
O‘rganilayotgan jarayon yoki hodisani matematik simvollar yordamida bayon qiluvchi 
matematik munosabatlar sistemasi matematik model deyiladi. Ob’ektning 
xarakteristikalarini bayon qiluvchi matematik ifodalar matematik modelь deyiladi. 
Misollar. Eng qadimgi matematik modellardan biri Evklid geometriyasidir. Bu bizni 
qurshab olgan fazo va undagi predmetlar modelidir. Hammaga ma’lum matematik 
modellar: butun sonlar sistemasi, haqiqiy sonlar sistemasi. Hozirgi zamon algebrasida 


gruppalar, xalqalar, maydonlar, vektor fazolar, chiziqli algebralar, bulь algebralari 
kabi matematik modellar bilan ish ko‘riladi. Har qanday matematik model uch yul bilan 
paydo bulishi mumkin:
a) hodisani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish natijasida, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish 
va tushunish natijasida; bunday usul bilan olingan modelь fenomenologik modelь 
deyiladi; 
b) biror deduksiya jarayoni natijasida, bunda yangi modelь biror umumiyroq 
modeldan xususiy hol sifatida olinadi; bunday modellarasimptotik modellar deyiladi; 
v) biror induksiya jarayoni natijasida, bunda yangi modelь "elementar" 
modellarning tabiiy umumlashmasidan iborat bo‘ladi. Bunday modellar ansamblь 
modellari deyiladi. Matematik modellarni qurish bosqichlari Matematik modelni 
kurishni 4 boskichda amalga oshiriladi
1. Sistema(ob’ekt) faoliyatini ifodalovchi modelь yordamida javobi izlanayotgan 
asosiy masalalar tuziladi.
2. Sistema(ob’ekt) faoliyatini boshqaradigan qonunlar to‘plamidan muhimlari 
hisobga olinadi. 
3. Bu qonunlarga qo‘shimcha holda, zarurat bo‘lsa, sistema va uning sistema 
ostilarining ishlashi haqida gipotezalar bayon qilinadi. 
4. Qonunlar va gipotezalar matematik munosabatlar shaklida ifodalanadi va bu 
matematik munosabatlar birlashtiriladi. Modelь yordamida o‘rganilayotgan sistemaning 
mohiyatiga monand dinamik, statik, determinirlangan, stoxastik, ochiq, yopiq 
modellar haqida gapirish mumkin. SHu munosabat bilan modellarni dinamik va statik 
modellarga, determinirlangan va stoxastik modellarga, ochiq va yopiq modellarga 
ajratish mumkin. SHuningdek matematik modellarning deskriptiv, optimallash, ko‘p 
kriteriyli, ehtimoliy, o‘yinli, imitatsion deb nomlanuvchi sinflarini uchratish 
mumkin.


Modellashtirish maqsadlariga bog‘liq holda algoritmik jarayonlarning modellari 
yuqorida sanab o‘tilgan xossalarning ixtiyoriysiga ega bo‘lishi mumkin. Algoritmlarni 
ishlab chiqishda ularning va algoritmik jarayonlarning struktura bo‘yicha, aniqlik 
bo‘yicha , resurstalablik va vaqt bo‘yicha ko‘rsatkichlarini baholovchi modellardan 
foydalaniladi. Ayniqsa, algoritmik jarayonlarning strukturali modellar sinfini alohida 
ajratib ko‘rsatish lozim. Odatda ular D → D munosabatning formallashtirilgan 
ifodasidan iborat bo‘ladi. Maxsus ilmiy adabiyotlarda ular algoritmlarning mantiqiy 
sxemalari (Lyapunov sxemalari), YAnov dasturlari sxemalari, Bloxe-Neverov 
algoritmlarining kanonik sxemalari, Markov algoritmlari sxemalari va tipik algoritmik 
jarayonlar sxemalari nomlari bilan ma’lum. SHuningdek bularga ko‘p sonli chekli 
avtomatlar modellarini ham kiritish mumkin. 

Download 438,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish