Global, regional va lokal hisoblash tarmoq birlashtirish ko`p tarmoqli ierarxiyani barpo etadi. Ular ulkan informatsion massivlarni qayta ishlovchi iqtisodiy maqsadli vositalarni va cheklanmagan informatsion resurslarga murojaat qilishni quvvatli ravishda ta`minlaydilar. Bunda lokal hisoblash tarmog`i, ratsional tarmoq tarkibiga, ratsional tarmoq esa global tarmoq tarkibiga kirib, global tarmoqlar murakkab strukturalarni tashkil etishi mumkin. Tarmoqlar vazifalariga ko`ra: hisoblovchi, informatsion, informatsion-hisoblovchi yoki aralash tarmoqlarga bo`linadi. Hisoblash tarmoqlarning vazifalariga axborotlarni qayta ishlash kiradi. Informatsion tarmoq – foydalanuvchilarni talabiga mos so`rov ma`lumotlarini beradi. - Global, regional va lokal hisoblash tarmoq birlashtirish ko`p tarmoqli ierarxiyani barpo etadi. Ular ulkan informatsion massivlarni qayta ishlovchi iqtisodiy maqsadli vositalarni va cheklanmagan informatsion resurslarga murojaat qilishni quvvatli ravishda ta`minlaydilar. Bunda lokal hisoblash tarmog`i, ratsional tarmoq tarkibiga, ratsional tarmoq esa global tarmoq tarkibiga kirib, global tarmoqlar murakkab strukturalarni tashkil etishi mumkin. Tarmoqlar vazifalariga ko`ra: hisoblovchi, informatsion, informatsion-hisoblovchi yoki aralash tarmoqlarga bo`linadi. Hisoblash tarmoqlarning vazifalariga axborotlarni qayta ishlash kiradi. Informatsion tarmoq – foydalanuvchilarni talabiga mos so`rov ma`lumotlarini beradi.
- Hisoblash tarmoqlari boshqarish usuli bo`yicha markazlashtirilgan va aralash boshqarishli tarmoqlarga bo`linadi.
- Markazlashgan tarmoqda bitta yoki bir nechta boshqaruvchi organlar mavjud. Nomarkazlashgan tarmoqda har bir abonent tizimi tarmoqni boshqarish uchun vositaga ega bo`ladi. Aralash boshqarishli tarmoqda ham markazlashgan, ham nomarkazlashgan tarmoqlarning birgalikda doimiy bo`lmagan munosabatda hisoblash va informatsion funktsiyalar bajariladi.
- Tarmoqlar axborot uzatishni tashkil etish bo`yicha selektsiyali va marshrutlashgan axborot tarmoqlariga bo`linadi. Selektsiyali axborot tarmoqlarda monokanal asosida quriladigan abonent sistemasining o`zaro aloqasi, ular adreslangan ma`lumot bloklarini tanlash orqali amalga oshiriladi.
- Marshrutlashgan axborot tarmoqlarida uzatuvchidan qabul qiluvchiga kadrlarni uzatish uchun bir nechta marshrutlar ishlatilishi mumkin. Topologiya bo`yicha, ya`ni hisoblash tarmoq konfiguratsiyasi bo`yicha ikki sinfga bo`linadi: keng etkazuvchi (shirokovehatel`no`y) va ketma-ket tarmoqlar. Abonent va stantsiyalarning yig`indisi abonent sistemasi deb ataladi. Abonentlarni o`zaro aloqasini tashkil etish uchun uzatuvchi fizik muhit lozim. Uzatuvchi fizik muxit – bu aloqa yo`llari yoki kenglik (prostranstvo) bo`lib, ularda elektrik signallari tarqatiladi va ma`lumotlarni uzatuvchi apparaturalardan tashkil topadi. Uzatuvchi fizik muhit bazasidan kommuniktsion tarmoq tuziladi va u abonent sistemalari orasida axborotlarni uzatilishini ta`minlaydi. Bunday yondashish har qanday kompyuter tarmog`ini abonent sistemalarini va kommunikatsion tarmoq yig`indisi deb qarashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |